| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Tarık Çetin | ||
| Tavallud sanasi | 1997-yil 8-yanvar | ||
| Tavallud joyi | Kadıköy, Turkiya | ||
| Boʻyi | 1.93 m | ||
| Ampluasi | Darvozabon | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Fenerbahçe | ||
| Raqami | 13 | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| 2008–2009 | Derincespor | ||
| 2009–2018 | Fenerbahçe | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2018–2019 | Fenerbahçe | 0 | (0) |
| 2018–2019 | → Fatih Karagümrük | 44 | (0) |
| 2019–2025 | Çaykur Rizespor | 75 | (0) |
| 2025– | Fenerbahçe | 2 | (0) |
| Milliy terma jamoa | |||
| 2012–2013 | Turkiya U16 | 11 | (0) |
| 2013–2014 | Turkiya U18 | 11 | (0) |
| 2014 | Turkiya U19 | 2 | (0) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2025-yil 19-oktyabr uchun) | |||
Tarık Çetin (1997-yil 8-yanvarda tugʻilgan) – turkiyalik professional futbolchi, Turkiya Superligasining „Fenerbahçe“ klubi darvozaboni.
Klublardagi karyerasi
Yoshlik yillari
U futbolchilik faoliyatini „Fenerbahçe“ akademiyasida boshlagan hamda 2018–2019-yilgi mavsumda klub bilan ilk professional shartnomasini imzolagan. Shundan soʻng u ijara asosida „Fatih Karagümrük“ jamoasiga yuborilgan.
Çaykur Rizespor (2019–2025)
2019-yil 17-iyul kuni u Vedat Muriqi transferi doirasida Burak Albayrak va Mahsun Çapkan bilan birga „Rizespor“ klubiga oʻtkazilgan. 2019-yil 24-iyul kuni Çetin klub bilan rasmiy shartnoma imzolagan.
2019-yil 1-noyabr kuni u „Çaykur Rizespor“ safida „Galatasaray“ga qarshi 0:2 hisobida yakunlangan uchrashuvda Turkiya Superligasidagi professional debyutini amalga oshirgan.
2022-yil noyabr oyida esa u „Rizespor“ bilan shartnomasini 2024–2025-yilgi mavsum oxirigacha uzaytirgan.
Fenerbahçe (2025—hozirgi vaqtgacha)
2025-yil 13-iyul kuni u futbolchilik faoliyatini boshlagan „Fenerbahçe“ klubi bilan bir yillik shartnoma imzolagan.
2025-yil 5-oktabr kuni u Turkiya Superligasining sakkizinchi turi doirasida safarda „Samsunspor“ga qarshi uchrashuvda „Fenerbahçe“ safida asosiy tarkibda maydonga tushib, klubdagi debyutini amalga oshirgan. Uchrashuv 0:0 hisobida yakunlangan.
Terma jamoadagi karyerasi
Çetin Turkiyaning 16, 18 va 19 yoshgacha bo'lgan yoshlar terma jamoalari safida to'p surgan.
Statistikasi
- 2025-yil 23-dekabr holatiga koʻra
| Klub | Mavsum | Liga | Turkiya Kubogi | Mintaqaviy | Boshqa | Umumiy | ||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Divizion | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | ||
| Fatih Karagümrük (ijara) | 2017–18 | 2. Lig | 8 | 0 | 0 | 0 | — | — | 8 | 0 | ||
| 2018–19 | 36 | 0 | 0 | 0 | — | — | 36 | 0 | ||||
| Umumiy | 44 | 0 | 0 | 0 | — | — | 44 | 0 | ||||
| Çaykur Rizespor | 2019–20 | Turkiya Superligasi | 9 | 0 | 4 | 0 | — | — | 13 | 0 | ||
| 2020–21 | 8 | 0 | 2 | 0 | — | — | 10 | 0 | ||||
| 2021–22 | 11 | 0 | 1 | 0 | — | — | 12 | 0 | ||||
| 2022–23 | 1. Lig | 27 | 0 | 0 | 0 | — | — | 27 | 0 | |||
| 2023–24 | Turkiya Superligasi | 9 | 0 | 2 | 0 | — | — | 11 | 0 | |||
| 2024–25 | 11 | 0 | 4 | 0 | — | — | 15 | 0 | ||||
| Umumiy | 75 | 0 | 13 | 0 | — | — | 88 | 0 | ||||
| Fenerbahçe | 2025–26 | Turkiya Superligasi | 2 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 3 | 0 |
| Karyerasidagi umumiy | 121 | 0 | 14 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 135 | 0 | ||
- 8-yanvarda tugʻilganlar
- 1997-yilda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Alifbo boʻyicha futbolchilar
- Turkiyalik erkak futbolchilar
- Erkak futbol darvozabonlari
- Fenerbahçe S.K. futbolchilari
- Çaykur Rizespor futbolchilari
- Fatih Karagümrük S.K. futbolchilari
- Turkiya Super Ligasi futbolchilari