Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Karim Qajimqanovich Masimov (qozoqcha: Кәрім Қажымқанұлы Мәсімов, 15-iyun 1965, Astana, Qozoq SSR) — Qozogʻiston davlat arbobi, Qozogʻistonning ikki karra bosh

Karim Masimov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismi Karim va familiyasi Masimov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Karim Qajimqanovich Masimov
Кәрім Қажымқанұлы Мәсімов
 Qozogʻiston Milliy Xavfsizlik qoʻmitasi raisi
Mansab davri
8-sentabr 2016-yildan  5-yanvar 2022-yilgacha
Prezident Nursulton Nazarboyev
Qosim-Joʻmart Toqayev
Oʻtmishdoshi Vladimir Jumakanov
Vorisi Yermek Sagʻimboyev
 Qozogʻiston Bosh vaziri
Mansab davri
2-aprel 2014-yil  8-sentabr 2016-yilgacha
Prezident Nursulton Nazarboyev
Bosh vazir Karim Masimov
Oʻtmishdoshi Serik Axmetov
Vorisi Baktijan Sagintayev
 Qozogʻiston Respublikasi Prezident Maʼmuryatining rahbari
Mansab davri
21-sentabr 2012-yil  2-aprel 2014-yil
Prezident Nursulton Nazarboyev
Oʻtmishdoshi Aslan Musin
Vorisi Nurlan Nigʻmatulin
 7-Qozogʻiston Respublikasining Bosh Vaziri
Mansab davri
10-yanvar 2007-yil  24-sentabr 2012-yil
Prezident Nursulton Nazarboyev
Oʻtmishdoshi Daniyal Axmetov
Vorisi Serik Axmetov
 Qozogʻiston Respublikasi transport va kommunikatsiya vaziri
Mansab davri
20-aprel  oktabr 2006-yil
Prezident Nursulton Nazarboyev
Bosh vazir Daniyal Axmetov
Oʻtmishdoshi Qayrat Kelimbetov
Vorisi Aslan Musin
 
Mansab davri
2000-yil  2001-yil
Bosh vazir Qasim-Joʻmart Toʻqayev
Oʻtmishdoshi Serik Burkitbayev
Vorisi Ablay Mizahmetov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1965-yil 15-iyun (1965-06-15) (61 yosh)
Astana shahri,
Qozoq SSR, SSRI
Siyosiy partiyasi Nur Oʻtan
Turmush oʻrtogʻi Masimova Dilyaram Azatovna
Bolalari 3 ta bolasi bor
Otasi Qajimqan Qasimovich Masimov
Mukofotlari

Karim Qajimqanovich Masimov (qozoqcha: Кәрім Қажымқанұлы Мәсімов, 15-iyun 1965, Astana, Qozoq SSR) — Qozogʻiston davlat arbobi, Qozogʻistonning ikki karra bosh vaziri (2007—2012, 2014-yildan), QR Prezident Maʼmuryatining rahbari (2012—2014).

Avtobiografiya

Karim Qajimqanovich Masimov — 1965-yil 15-iyunda Qozoq SSRning Tselinograd shahrida tavallud topgan. Otasi — Qajimqan Qasimovich Masimov. Onasi — Eleonora (Ajibekova) Karimovna Masimova. 1982-yil Almati shahridagi Respublika fizika-matematika maktabini bitirdi. 1985-yili Moskva shahridagi P.Lumumba nomli Xalqlar Doʻstligi universitetida arab filologiyasi boʻyicha tahsil oldi. 1988-yil Pekindagi Til bilimi institutida tahsil olgan. 1991-yil Xitoydagi Uxan adliya universitetini, 1995-yil Qozoq davlat boshqaruv akademiyasini bitirgan. Rus, qozoq, ingliz, xitoy va arab tillarini biladi.

Xizmat yoʻli

1991-1992 — Qozogʻiston Respublikasi Mehnat vazirligida tashqi iqtisodiy aloqalar boʻlimining rahbari, bosh iqtisodchi.

1992-1995 — Qozogʻiston tijorat tuzilmalari boʻyicha Xitoyda va Gonkongda ishladi.

1995-1996 — „Almati Savdo Moliya banki“ning rahbari.

1996-1997 — „TuranAlembank“ boshqarma rahbarining vazifasini bajaruvchi.

1997-2000 — „Qozogʻiston xalq jamgʻarma banki“ning rahbari.

2000-2001 — Qozogʻiston Respublikasi transport va kommunikatsiya vaziri.

2001-2003 — Qozogʻiston Respublikasi bosh vazir muovini.

2003-2006 — Qozogʻiston Respublikasi Prezidentining yordamchisi.

2006-2007 — Qozogʻiston Respublikasi bosh vazir muovini (bir vaqtning oʻzida 2006-yil apreldan oktyabrgacha byudjet va iqtisodiy rejalashtirish vaziri).

2007-2012 — Qozogʻiston Respublikasi bosh vaziri.

2012-2014 — Qozogʻiston Respublikasi Prezident Maʼmuryatining rahbari.

2014-2016 — Qozogʻiston Respublikasi bosh vaziri.

2016-2022 — Qozogʻiston Milliy Xavfsizlik qoʻmitasi raisi

2022-yil yanvar oyida namoyishlar ortidan hibsga olingan. Uning uyidan 17,2 million AQSh dollari miqdorida naqd pul, shuningdek, koʻplab hashamatli buyumlar olib qoʻyilgan.

2023-yil 24-aprelda davlatga xiyonat va yana ikkita modda bilan aybdor deb topilib, jazolarni qisman qoʻshish yoʻli bilan uzil-kesil 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

Yuqori