- Vikipediyada ismi Ilhom va familiyasi Moʻminjonov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Ilhom Moʻminjonov Ibrohimovich | ||
| Tavallud sanasi | 1979-yil 21-yanvar | ||
| Tavallud joyi | Toshkent, Oʻzbekiston SSR | ||
| Boʻyi | 184 cm (6 ft 1⁄2 in) | ||
| Ampluasi | Hujumchi | ||
| Vazni | 75 kg | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Metallurg (bosh murabbiy) | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 1998 | MHSK | 3 | (0) |
| 1999—2002 | Traktor (Toshkent) | 103 | (38) |
| 2003 | Navbahor | 14 | (4) |
| 2004—2006 | Traktor (Toshkent) | 79 | (29) |
| 2006—2007 | Lokomotiv (Toshkent) | 44 | (5) |
| 2007 | Quruvchi | 32 | (15) |
| Milliy terma jamoa | |||
| 2001—2007 | Oʻzbekiston | 3 | (0) |
| Boshqargan klublari | |||
| 2011—2012 | NBU-Osiyo | ||
| 2013 | Paxtakor-2 | ||
| 2014 | Oʻzbekiston (U-16) assistent | ||
| 2016 | Paxtakor-2 | ||
| 2016—2018 | Navbahor | ||
| 2019 | Surxon | ||
| 2021—2022 | Metallurg | ||
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Ilhom Moʻminjonov Ibrohimovich (1979-yil 21-yanvar; Oʻzbekiston SSR, SSSR) – oʻzbekistonlik sobiq futbolchisi, hujumchi pozitsiyasida oʻynagan. Futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan soʻng futbol jamoalarida murabbiy bilan shugʻillangan.
Tarjimai holi
Mehnat faoliyatini 1998-yilda Toshkent MHSK (Markaziy harbiy sport klubi)da boshlagan. Keyingi toʻrt mavsumni Toshkentning „Traktor“ jamoasida oʻtkazgan. Yana bir mavsum Namanganning „Navbahor“ jamoasida toʻp surgan. Yana ikki mavsum Toshkentning „Traktor“ jamoasida oʻynay boshlagan.
2006 va 2007-yillarda Toshkentning „Lokomotiv“ va „Toshkent Quruvchi“ (klub nomi 2008-yilda „Bunyodkor“ deb oʻzgartirilgan) jamoalarida oʻynagan.
2007-yilda „Quruvchi“da Oʻzbekiston Oliy ligasi toʻpurari boʻlgan va oʻsha mavsumda Oʻzbekiston chempionati va kubogi kumush medallarini qoʻlga kiritgan.
2001-yilda Oʻzbekiston milliy terma jamoasida ikkita (Birlashgan Arab Amirliklari va Xitoy terma jamoalariga qarshi); 2007-yilda Estoniya terma jamoasiga qarshi bittadan oʻyin oʻtkazgan.
Murabbiylik faoliyati
Futbolchilik faoliyatini yakunlagach, murabbiylik faoliyatini boshlagan. Ikki yil davomida Toshkentning „NBU-Osiyo“ (Toshkentning sobiq oʻzbek futbol klubi, Oʻzbekiston Milliy banki jamoasi)klubini, 2013-yilda „Paxtakor-2“ jamoasini boshqargan.
2014-yilda Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi murabbiylar shtabi aʼzosi boʻlgan. 2016-yilda Toshkentning „Paxtakor“ klubi zaxira jamoasi va „Paxtakor-2“ klubini boshqargan. 2016—2018-yillarda Namanganning „Navbahor“ klubi bosh murabbiyi, 2019-yilning yanvar oyidan „Surxon Termiz“ jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan, biroq fevral oyida u besh yilga diskvalifikatsiya qilingan. 2020-yilgi mavsumda „Surxon“ jamoasi kafilligi ostida, OʻFA Etika qoʻmitasi qaroriga koʻra diskvalifikasiyasi 2020-yilning 31-dekabriga qadar etib belgilangan.
2021-yilgi mavsumda diskvalifikatsiya muddati yakunlanganidan soʻng Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasi bilan toʻrt yillik shartnoma imzoladi. Dastlabki mavsumidayoq Fargʻona jamoasi Oʻzbekiston Pro ligasidan, Oʻzbekiston Superligasiga qaytardi. 2022-yilgi masvumda „Neftchi“ jamoasining Oʻzbekiston Superligasidagi natijalari yomonligi sababli yoz oyida bosh murabbiylikdan ozod qilingan.
Yutuqlar
Futbolchi sifatida
- Oʻzbekiston Superligasi ikkinchi oʻrin: 2007
- Oʻzbekiston Kubogi ikkinchi oʻrin: 2007
- Oʻzbekiston Superligasi toʻpurari: (1) 2007
- Gennadiy Krasnitskiy klubi aʼzosi
Murabbiy sifatida
- Oʻzbekiston Superligasi uchinchi oʻrin: 2018
- Oʻzbekiston Pro ligasi gʻolibi: 2021
- 21-yanvarda tugʻilganlar
- 1979-yilda tugʻilganlar
- Toshkentda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Toshkentlik futbolchilar
- Futboldagi erkak hujumchilar
- Alifbo boʻyicha futbol murabbiylari
- Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari
- MHSK klubi futbolchilari
- Traktor klubi futbolchilari
- Navbahor futbolchilari
- Lokomotiv Toshkent futbol klubi futbolchilari
- Bunyodkor klubi futbolchilari
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari
- Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari
- Paxtakor-2 klubi murabbiylari
- NBU-Osiyo futbol klubi murabbiylari
- Navbahor klubi murabbiylari
- Surxon murabbiylari
- Neftchi futbol klubi murabbiylari
- Metallurg Bekobod klubi bosh murabbiylari
- Osiyo oʻyinlari 2002 futbolchilari
- Oʻzbekistonning Osiyo oʻyinlaridagi sportchilari
- Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari
- Oʻzbekiston Superligasi murabbiylari
- Oʻzbekiston Pro ligasi murabbiylari
- Oʻzbekistonning eng yaxshi toʻpurarlari