| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Francesco Troise | ||
| Tavallud sanasi | 1972-yil 5-fevral | ||
| Tavallud joyi | Neapol (shahar) | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Oʻzbekiston (yordamchi murabbiy) | ||
| Boshqargan klublari | |||
| Yillar | Jamoalar | ||
| 2013 | Chievo Verona (yordamchi) | ||
| 2013—2014 | Watford (yordamchi) | ||
| 2014 | Catania (yordamchi) | ||
| 2015—2016 | Al-Nassr (yordamchi) | ||
| 2016—2017 | TJ Quanjian (yordamchi) | ||
| 2017—2021 | GZ Evergrande (yordamchi) | ||
| 2019 | Xitoy (yordamchi) | ||
| 2022—2023 | Benevento (yordamchi) | ||
| 2024 | Udinese (yordamchi) | ||
| 2024—2025 | Dinamo Zagreb (yordamchi) | ||
| 2025— | Oʻzbekiston (yordamchi) | ||
Francesco „Ciccio“ Troise (1972-yil 5-fevralda tugʻilgan) – italiyalik futbol murabbiy va sobiq futbolchi. Francesco avvalroq Giuseppe Sannino va Fabio Cannavaro bilan ishlagan. Oʻzbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Cannavaroga yordamchi murabbiylik qiladi.
Biografiyasi
Futbolchilik faoliyatini yakunlagach, Troise Neapolda havaskor jamoalarga murabbiylik qila boshlagan. 2013-yilda „Kievo Verona“ jamoasida Juzeppe Sanninoning texnik yordamchisi sifatida ish boshladi. 2013-yil dekabrda Troise Angliya Chempionship turniridagi „Uotford“ jamoasida Sanninoga yordamchi murabbiy etib tayinlangan. Troise 2014-yil avgustda Sannino bilan birga klubni tark etgan. Shu yilning oʻzida Giuseppe Sannino bilan birgalikda „Kataniya“ jamoasi shartnoma imzolagan. Troise, Giuseppe bilan birgalikda Kataniya klubi murabbiylar shtabida uch davomida ishlagan.
2015-yilda Troise Fabio Cannavaro taklifi bilan „Guanchjou Evergrande“ jamoasida ishlash uchun Xitoyga yoʻl olgan. 2016-yilda Cannavaro bilan Saudiya Arabistonining „Al-Nasr“ klubida yana hamkorlikda ishlagan. Cannavaro „Tianjin Quanjian“ jamoasini boshqarish uchun Xitoyga qaytganida, Ciccio yordamchi murabbiy sifatida yana Cannavaro bilan yangi jamoaga oʻtgan. Xitoyda ular ikkinchi divizion gʻolibligini qoʻlga kiritib, jamoani yuqori ligaga koʻtarilishida hissa qoʻshishgan va keyingi mavsumda Xitoy Superligasida uchinchi oʻrinni egallab, Osiyo Chempionlar Ligasiga yoʻllanma olishgan.
2017-yilda Cannavaro Guanchjou Evergrande klubi bosh murabbiyi etib tayinlangandan soʻng, Ciccio ham Fabio bilan birgalikda yangi jamoa murabbiylar shtabida faoliyatini davom ettirgan. Cannavaro rahbarligida klub liga chempionligini qoʻlga kiritgan, ikki marta ikkinchi oʻrinni egallagan, shuningdek, Xitoy kubogini yutgan va Chempionlar ligasining yarim finaliga qadar yetib borgan. 2019-yilda Guanchjoudagi faoliyatlarining oʻrtalarida Cannavaro va Troise Xitoy milliy terma jamoasini ham boshqardilar. 2024-yil aprel oyida murabbiylar jamoasi Calcio Udinese klubiga tayinlangan va mavsum soʻngiga qadar faoliyat olib borishgan.
2025-yil 6-oktyabrda Oʻzbekiston terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan Fabio Cannavaroning murabbiylar shtabidan oʻrin olgan.
- 5-fevralda tugʻilganlar
- 1972-yilda tugʻilganlar
- Neapolda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Italiyalik erkak futbolchilari
- Italiyalik futbol murabbiylar
- Guangzhou F.C. klubiga aloqador shaxslar
- Watford F.C. klubiga aloqador shaxslar
- Italiyalik futbolchi haqidagi chala maqolalar
- Oʻzbekistondagi muhojir futbol murabbiylar