Qunduz xonligi — Shimoliy Afgʻonistonda mavjud boʻlgan oʻzbek davlati (XVIII—XIX asrlar). Xonlik hududiga, shuningdek, Amudaryoning oʻng qirgʻogʻidagi ayrim viloyatlar (Koʻlob, Qubodiyon) ham kirgan. Poytaxti Qunduz shahri boʻlgan. XIX asrning 20-yillarida Murodbek davrida nihoyatda kuchaygan. XIX asrning 50-yillarida afgʻon amiri Doʻstmuhammad tomonidan boʻysundirilgan. Qunduz xonligi hukmdorlari Qatagʻon urugʻidan boʻlib, oʻzbek urugʻlari tarkibiga kiradi. Qunduz Qoʻqon xonligi hamda Buxoro amirligi bilan har tomonlama aloqalar oʻrnatgan hamda oʻzaro ittifoqdosh boʻlgan.
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Turkumlar::
- Oʻzbekiston tarixi
- Turkiy davlatlar