| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Arsen Georgievich Avakov | ||
| Tavallud sanasi | 1971-yil 28-may | ||
| Tavallud joyi | Dushanbe, Tojikiston SSR, Soviet Union | ||
| Boʻyi | 1.85 m (6 ft 1 in) | ||
| Ampluasi | Strayker | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 1988—1992 | Pomir Dushanbe | 7 | (0) |
| 1992—1994 | Temp Shepetivka | 48 | (7) |
| 1994—1996 | Torpedo Zaporijjia | 48 | (25) |
| 1996—1997 | Torpedo Lujniki | 25 | (6) |
| 1996 | → Torpedo-Lujniki-d | 5 | (8) |
| 1997 | Shinnik Yaroslavl | 17 | (4) |
| 1996—1997 | Torpedo Lujniki | 23 | (5) |
| 1996 | → Torpedo-Lujniki-d | 2 | (1) |
| 1999 | Lokomotiv Nijniy Novgorod | 28 | (13) |
| 1996—1997 | Torpedo Lujniki | 23 | (3) |
| 2001—2002 | Uralan Elista | 53 | (16) |
| Total | 278 | (84) | |
| Milliy terma jamoa | |||
| 1992—1999 | Tojikiston | 10 | (5) |
| Boshqargan klublari | |||
| 2014—2018 | TSK Simferopol (jamoa boshligʻi) | ||
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Arsen Georgiyevich Avakov (1971-yil 28-mayda Dushanbeda tugʻilgan) – sovet, tojik va rossiyalik sobiq professional futbolchi, himoyachi va hujumchi pozitsiyalarida oʻynagan. Avakov Tojikiston milliy terma jamoasi safida ham toʻp tepgan.
Futbolchilik faoliyati
Arsen Dushanbedagi futbol maktabining tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning futboldagi birinchi murabbiysi Stepan Konstantinovich Burlachko hisoblanadi. Futbolcchilik faoliyatining dastlablik davrlarida „Pomir“ klubining oʻrinbosarlar jamoasida, keyinchalik asosiy tarkibda oʻynagan. 1991-yilda SSSRning soʻnggi chempionatining oliy ligasida yetti oʻyin oʻtkazgan. 1992-yil Moskvada soʻngi bor oʻtkazilgan SSSR/MDH kubogining yarim final uchrashuvida CSKA Moskva klubiga qarshi oʻyinda ishtirok etgan.
Tojikiston mustaqilligining ilk yillaridagi harbiy vaziyat tufayli „Pomir“ futbolchilarining katta qismi Rossiyaga yoʻl olgan vaqtida, Arsen Moskvaning „Lokomotiv“ jamoasi tavsiyasi orqali Ukraina jamoasiga oʻtgan. Uni dastlab Lokomotiv jamoasiga Yuriy Syomin taklif qilgan. SSSR parchalanishi natijasida boshqa respublikalardan kelgan oʻyinchilar yetarli edi, shu bois Avakov oʻsha paytda Moskvada boʻlgan Shepetovkaning „Temp“ klubi prezidenti Jumber Nishnianidzega tavsiya etilgan.
Arsen „Pomir“ klubida oʻynagan davrida himoyachi pozitsiyasida oʻynab kelgan, chunki hujum chizigʻidagi kuchli raqobat tufayli mudofaaga oʻtkazilgandi. „Temp“ jamoasida Leonid Tkachenko hujumchilar yetishmasligi sababli uni hujum chizigʻiga koʻchirgan boʻlsa-da, Avakovning oʻz soʻzlariga koʻra, u himoyada oʻynashni maʼqul koʻrardi. Zaporijjyadagi „Torpedo“ jamoasiga oʻtgach, oʻng qanot himoyachisi sifatida oʻynagan (bu uning shartlaridan biri edi). 1994/95-yilgi chempionatning dastlabki 7 turida himoyada oʻynagan, ammo keyinchalik murabbiy Igor Nadein uni hujumchi pozitsiyasiga oʻtkazgan. Oʻsha mavsum yakunida Avakov 21 ta gol urib, Ukraina chempionatining eng samarali toʻpurari boʻlgan.
1996-yil qishida Moskvaning „Torpedo“ jamoasiga oʻtgan, ammo iyulgacha oʻynamagan: klublar oʻrtasidagi transfer summasi boʻyicha kelishmovchiliklar tufayli uni yarim yil davomida qaydnomaga kiritib boʻlmagan. Arsen „Spartak“ jamoasi oʻtish taklifini olgan, biroq rad etgan. Buning sababini uni „Torpedo“ga taklif qilgan Valentin Ivanovga bergan soʻzi bilan tushuntirgan. Keyingi yili u asosiy tarkibga kamdan-kam kiritila boshlagan. Janubiy Koreyaga mahalliy klublardan biriga sinov oʻyinlarida ishtirok etish uchun borgan, ammo klub bilan kelishuvga erisha olmagan. 1997-yil yozida Yaroslavlning „Shinnik“ jamoasiga oʻtgan, biroq keyingi mavsumni yana Moskvaning „Torpedo“ jamoasida boshlagan.
1999-yilgi mavsumda Nijniy Novgorodning „Lokomotiv“ jamoasida oʻynab, chempionatda 13 ta gol urishga erishgan. 2000-yilgi mavsumda yana „Torpedo“ klubiga qaytgan. 2001—2002-yillarda Elistaning „Uralan“ jamoasida toʻp surgan. 2001-yilgi mavsumda birinchi divizionda 13 ta gol kiritishga erishgan.
1997-yilgi Intertoto kubogining uchta oʻyinida va 2000/01-yilgi UEFA kubogining bitta uchrashuvida maydonga tushgan.
Terma jamoadagi faoliyati
1992—1999-yillarda Tojikiston terma jamoasi tarkibida oʻynagan. 1998-yilgi Osiyo oʻyinlari musobaqasida ishtirok etgan.
Futboldan keyingi faoliyati
Futbolchilik faoliyatini tugatgach oilasi bilan Moskvaga koʻchib oʻtgan. Arsen futboldagi yosh iqtidorlarini oʻzini koʻrsatishida yordamlashgan, futbolchilarga hizmat koʻrsatuvchi agent sifatida ish olib borgan.
2015-yilda Simferopolning „TSK-Tavriya“ jamoasida bosh menejer lavozimida faoliyat yuritgan. Matbuotda uni tez-tez boshqa inson, Ukrainaning Xarkov viloyati gubernatori boʻlgan Arsen Avakov bilan adashtirib yuborishadi.
Faoliyat statistikasi
Terma jamoadagi statistikasi
Terma jamoadagi gollari
Statistika 1997-yil 22-iyunga oid
| № | Sana | Stadion | Raqib | Hison | Natija | Musobaqa |
|---|---|---|---|---|---|---|
| 1. | 1996-yil 8-may | Markaziy stadion, Dushanbe, Tojikiston | 4–0 | 4–0 | 1996-yilgi Osiyo Kubogi saralashi | |
| 2. | 1997-yil 1-iyun | Thống Nhất stadioni, Xoshimin, Vyetnam | 0–3 | 0–4 | 1998-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi | |
| 3. | 1997-yil 22-iyun | Markaziy stadion, Dushanbe, Tojikiston | 1–0 | 5–0 | ||
| 4. | 3–0 | |||||
| 5. | 4–0 | |||||
Yutuqlar
Jamoaviy
- Tojikiston Oliy ligasi chempioni: 1992-yil
- Tojikiston kubogi gʻolibi: 1992-yil
- Rossiya chempionatining bronza medali sovrindori: 2000-yil
- Rossiyaning birinchi divizioni gʻolibi: 2001-yil
- Ukraina birinchi ligasining kumush medali sovrindori: 1992/93-yil
Shaxsiy
- Ukraina chempionatining eng yaxshi toʻpurari: 1994/95-yil
- „Ikkinchi nafas“ mukofoti sohibi: 1999-yil
- 28-mayda tugʻilganlar
- 1971-yilda tugʻilganlar
- Dushanbeda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Dushanbelik futbolchilar
- SSSR erkak futbolchilari
- Tojikistonlik erkak futbolchilar
- Rossiyalik erkak futbolchilar
- Futboldagi erkak hujumchilar
- FC Elista futbolchilari
- FC Lokomotiv Nizhny Novgorod futbolchilari
- CSKA Pomir Dushanbe futbolchilari
- FC Shinnik Yaroslavl futbolchilari
- FC Temp Shepetivka futbolchilari
- Torpedo Moskva klubi futbolchilari
- FC Torpedo-2 futbolchilari
- FC Torpedo Zaporizhzhia futbolchilari
- Ukraina Premyer-ligasi futbolchilari
- Ukraina Birinchi ligasi futbolchilari
- Rossiya Premyer-ligasi futbolchilari
- Tojikistonlik muhojir erkak futbolchilar
- Rossiyadagi muhojir erkak futbolchilar
- Ukrainadagi muhojir erkak futbolchilar
- Ukraina Premyer-ligasining eng yaxshi toʻpurarlari
- Tojikiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari
- Sovet armanlari
- Arman millatiga mansub Tojikiston kishilari