Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Jessica Claire Timberlake (talaffuzi: Jessika Kler Timberleyk; qizlik familiyasi Biel /biːl/; 1982-yil 3-martda tugʻilgan) amerikalik aktrisa, model, produser v

Jessica Biel

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Jessica Biel

Biel Cannes film festivalida (2013-yil iyun)
Tavalludi
Jessica Claire Biel

1982-yil 3-mart (1982-03-03) (44 yosh)
Fuqaroligi AQSH bayrogʻi AQSH
Kasbi
  • Aktrisa
  • model
  • produser
  • qoʻshiqchi
Faoliyat yillari 1994–hozirgacha
Turmush oʻrtogʻi
Justin Timberlake (turm. 2012)
Bolalari 2

Jessica Claire Timberlake (talaffuzi: Jessika Kler Timberleyk; qizlik familiyasi Biel /biːl/; 1982-yil 3-martda tugʻilgan) amerikalik aktrisa, model, produser va xonandadir. Biel oʻz karyerasini vokalist oʻlaroq 7th Heaven (1996—2006) oilaviy dramasida Mary Camden rolini jonlantirgunga qadar boshlagan. Bu serial The WB telekanali orqali efirga uzatilgan eng uzoq davom etgan serial, teleseriallar tarixida esa eng uzoq davom etgan oilaviy dramadir.

1997-yilda Biel Ulee's Gold nomli drama filmdagi roli ortidan Young Artist Awardga loyiq topilgan. U The Texas Chainsaw Massacre (2003) dahshatli filmidagi Erin Hardesty personajini gavdalantirganligi uchun yanada koʻproq maqtovlarga sazovor boʻldi. Shunday buyon u The Rules of Attraction (2002), Blade: Trinity (2004), Stealth (2005), The Illusionist (2006), I Now Pronounce You Chuck & Larry (2007), Valentine's Day (2010), The A-Team (2010), New Year's Eve (2011), Total Recall (2012) va Hitchcock (2012) kabi filmlarda rol oʻynagan.

Hayoti

U AQShning Minnesota shtatidagi Ely nomli shaharchasida biznes-maslahatchi va General Electric ishchisi Jonathan Biel hamda uy bekasi Kimberly Biel (qizlik familiyasi Conroe) oilasida tugʻilgan. Uch yildan soʻng, bu oilada Justin ismli oʻgʻil tugʻildi. Bolaligida, Biel oilasi bilan Texas, Konnektikut va Vudstokda (Illinious) yashagan. Oxir-oqibat, oila Kolorado shtatidagi Boulder shahriga joylashdi.

Filmografiyasi

Kino

Yil Film Rol Izohlar
1994 It's a Digital World Regrettal Qisqa hajmli film; debyut
1997 Ulee's Gold Casey Jackson
1998 I'll Be Home for Christmas Allie Henderson
2001 Summer Catch Tenley Parrish
2002 The Rules of Attraction Lara Holleran
2003 The Texas Chainsaw Massacre Erin Hardesty
2004 Cellular Chloe
2004 Blade: Trinity Abigail Whistler
2005 Stealth Lt. Kara Wade
2005 London London
2005 Elizabethtown Ellen Kishmore
2006 The Illusionist Duchess Sophie von Teschen
2006 Home of the Brave Vanessa Price
2007 Next Liz Cooper
2007 I Now Pronounce You Chuck & Larry Alex McDonough
2008 Hole in the Paper Sky Karen Watkins Qisqa hajmli film; ijrochi produser
2008 Easy Virtue Larita Whittaker
2009 Powder Blue Rose-Johnny
2009 Planet 51 Neera Ovoz bergan
2010 Valentine's Day Kara Monahan
2010 The A-Team Capt. Charisa Sosa
2011 New Year's Eve Tess Byrne
2012 The Tall Man Julia Denning
2012 Total Recall Melina
2012 Hitchcock Vera Miles
2012 Playing for Keeps Stacie Dryer
2013 The Truth About Emanuel Linda
2015 Accidental Love Alice Eckle
2015 Bleeding Heart May
2016 The Book of Love Penny Herschel Produser
2016 A Kind of Murder Clara Stackhouse
2016 Spark Vix Ovoz bergan
2017 Shock and Awe Lisa

Televideniye

Yil Nomi Rol Izohlar
1996-2003, 2006 7th Heaven Mary Camden 136 ta qism
2004 Johnny Bravo Oʻzi (ovoz bergan) Qism: Johnny Bravo Goes to Hollywood
2005, 2013 Family Guy Brooke (ovoz bergan) 2 ta qism
2009 Saturday Night Live Jessica Rabbit Qism: „Dwayne Johnson/Ray LaMontagne“
2014 New Girl Kat Qism: „The Last Wedding“
2016-2018 BoJack Horseman Oʻzi (ovoz bergan) 4 ta qism
2017-bugun The Sinner Cora Tannetti Asosiy rol (1 fasl; 8 ta qism)
Produser (1 fasl-hozirgacha)
2019-bugun Limetown Lia Haddock Asosiy rol

Musiqiy videolar

Yil Kuy Artist Izohlar
2001 "Fly Away from Here" Aerosmith
2018 "Man of the Woods" Justin Timberlake
Yuqori