Aragon ![]() | |
|---|---|
| Avtonom Jamoat | |
![]() | |
![]() Bayroq ![]() Gerb | |
| 41°00′0″N 1°00′0″W / 41.00000°N 1.00000°W | |
| Mamlakat | Ispaniya |
| Maydon | 47,719 km2 (18,424 kv mi) |
| Rasmiy til(lar)i | Ispancha, Aragon tili |
| Aholisi (2016) | 1,308,563 |
| Zichligi | 27 kishi/km2 |
| Vaqt mintaqasi | UTC+1, yozda UTC+2 |
| | |

Aragon — Ispaniyaning shimoli-sharqidagi tarixiy viloyat. IX asrda Rekonkista jarayonida Aragon grafligi barpo etilgan. 1035-yildan Aragon qirollik, 1137-yil shaxsiy uniya asosida Barselona grafligi bilan birlashgan. 1164-yil Barselona graflari Aragon qirollari boʻlganlar hamda Kataloniyaning barcha yerlarini qirollik tarkibiga qoʻshib olganlar. 13 — XV asrlarda A. qoʻshinlari Balear orollari, Valensiya, Sisiliya, Sardiniya, Neapolni bosib olgan. Aragon va Kastiliyaning 1479-yildagi sulolaviy uniyasi, yagona davlat — Ispaniyani barpo etilishiga olib kelgan. Maydon 47,7 ming km2. Aholisi 1,2 mln. kishi (1991). Aragon Ispaniyada aholi eng siyrak yashaydigan viloyat. Togʻlarida qoʻngʻir koʻmir, temir rudasi, uran, boksit, oltingugurt, marganes konlari mavjud. togʻ daryolariga qator GESlar qurilgan. Qoʻngʻir koʻmir bilan ishlaydigan issiqlik elektr markazlari bor. Qoʻngʻir koʻmir qazib chiqarish jihatidan (yiliga taxminan 1 mln. t) Aragon Ispaniyada 1-oʻrinda turadi. Oxos-Negros temir ruda havzasi Aragon iqtisodiyotida muhim oʻrin tutadi. Aragonning birdan-bir sanoat markazi Saragosa shahar. Bu yerda oziq-ovqat va yengil sanoat bilan birga metallsozlik va kimyo sanoati korxonalari mavjud. Aholining 2/3 qismi qishloq xoʻjaligida ishlaydi. Viloyatda zaytunzorlar, tokzorlar, qand lavlagi va donli ekinlar yetishtiriladi. Saragosa — havo yoʻllarining yirik tuguni. Maʼmuriy jihatdan 3 provinsiya — Huesca, Teruel, Zaragoza boʻlinadi.
Adabiyotlar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- Ispaniya viloyatlari
- Ispaniya geografiyasiga oid chala maqolalar


