Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Lumen yoki Lyumen - yorugʻlik oqimining SI Xalqaro birliklar sistemasidagi oʻlchov birligi. Bir lumen - yorugʻlik kuchi bir kandelaga teng boʻlgan nuqtaviy izot

Lumen (birlik)

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Lumen
lm
Umumiy maʼlumot
Kattalik Yorugʻlik oqimi
Tizim SI
Turi hosilaviy
Belgisi lm
Lumen (birlik) Vikiomborda

Lumen yoki Lyumen - yorugʻlik oqimining SI Xalqaro birliklar sistemasidagi oʻlchov birligi. Bir lumen - yorugʻlik kuchi bir kandelaga teng boʻlgan nuqtaviy izotropik manbaning bir steradian fazoviy burchak ostiga tarqatgan yorugʻlik oqimiga tengdir (1 lm = 1 kd*st).

100 Vattli uy-ro'zg'or yorug'lik lampalari 220 Voltli kuchlanish ostida qiymati o'rtacha 1300 lm ga teng boʻlgan yorug'lik oqimini tarqatishadi. AQSH birlik sistemalarida tarqatilgan va qabul qilingan yorug'lik oqimi farqlangandir.

Lumen (lot. lumen — yorugʻlik) — Xalqaro birliklar tizimi SI da yorugʻlik oqimi birligi; lm bilan belgilanadi. 1 lm — yorugʻlik kuchi 1 kandela boʻlganda 1 steradian fazoviy burchak ichidagi nuqtaviy yorugʻlik manba tarqatadigan yorugʻlik oqimi. 1lm=1 Kd-lcp. Yoruglikning spektral tarkibiga qarab 1 lm yorugʻlik oqimiga turlicha quvvat mos keladi. Mas, 0,555 mkm uchun 1 lm = 0,00155 Vt.

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Yuqori