- Vikipediyada ismi Malik va familiyasi Babayev boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
| Malik Boboyev | |
|---|---|
![]() | |
| Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Prezidenti | |
| Oʻtmishdoshi | Rustambek Qurbonov |
| Vorisi | Mirabror Usmonov |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 1962-yil 30-iyun Toshkent |
| Fuqaroligi | |
Boboyev Malik Qurbonaliyevich – oʻzbekistonlik davlat va jamoat arbobi, sport funksioneri. Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi sobiq prezidenti.
Biografiyasi
1962-yil 30-iyunda Toshkent shahrida tugʻilgan.
1984-yili Toshkent universiteti (hozirgi O'zMU)ning sharqshunoslik fakultetini tugatgan.
1984—1987 – Sovet Ittifoqi Iroqdagi elchixonasining iqtisod boʻyicha maslahatchisi apparatida referent-tarjimon.
1987—1991 – Chet mamlakatlar bilan doʻstlik va madaniy aloqalar jamiyati katta referenti.
1991—1997 – „Intersport“ sport firmasining bosh direktori.
1993—1994 – Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi bosh kotibi.
1995—1999 – „Arms“ firmasi direktori.
1999—2009 – Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasining Olimpiya birdamligi dasturi boʻyicha milliy kurslari direktori.
1999—2003 – Osiyo Olimpiya Kengashining axborot va statistika qoʻmitasining doimiy aʼzosi.
2000—2004 – Osiyo Olimpiya Kengashi ijroiya qoʻmitasi aʼzosi.
2001—2009 – Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Bosh kotibi.
2009—2013 – Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Prezidenti.
2013—2017 – Oʻzbekiston boks federatsiyasi vitse-prezidenti.
- 30-iyunda tugʻilganlar
- 1962-yilda tugʻilganlar
- Toshkentda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Oʻzbekiston MOQ Prezidentlari
- Oʻzbekiston sport amaldorlari
