![]() Becker 2018-yilda Brazilya terma jamoasi safida | |||||||||||||||||||
| Shaxsiy maʼlumot | |||||||||||||||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Alisson Ramsis Becker | ||||||||||||||||||
| Tavallud sanasi | 1992-yil 2-oktyabr | ||||||||||||||||||
| Tavallud joyi | Novo Hamburgo, Braziliya | ||||||||||||||||||
| Boʻyi | 1.93 m | ||||||||||||||||||
| Ampluasi | Darvozabon | ||||||||||||||||||
| Klub maʼlumoti | |||||||||||||||||||
Joriy klub | Liverpool | ||||||||||||||||||
| Raqami | 1 | ||||||||||||||||||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||||||||||||||||||
| 2002-2013 | Internacional | ||||||||||||||||||
Medallar
| |||||||||||||||||||
Alisson Becker (1992-yil 2-oktyabrda tugʻilgan) – Alisson Becker yoki oddiygina Alisson nomi bilan tanilgan, braziliyalik professional futbolchi. Premyer-liga klubi "Liverpool" va Braziliya terma jamoasida darvozabon sifatida oʻynaydi. Birga-bir vaziyatlarda agressiv harakati va doimo oʻziga boʻlgan ishonchi tufayli u dunyoning eng yaxshi darvozabonlaridan biri hisoblanadi. U 2016-yil iyul oyida "Roma" bilan shartnoma imzolagan va 2017-18-yilda A Seriyaning eng yaxshi darvozaboni boʻlgan. 2018-yilning iyul oyida „Liverpool“ Beckerni 66,8 million funt sterling (72,5 million yevro) evaziga sotib oldi va bu uni barcha davrlarning eng qimmat darvozaboniga aylantirdi. "Liverpool" da Becker Angliya Premiyer-liga, Angliya kubogi, Angliya liga kubogi, UEFA Chempionlar Ligasi va FIFA klublar oʻrtasidagi jahon chempionati sovrindori boʻldi. 2019-yilda u FIFAning eng yaxshi darvozaboni deb topildi va ilk bor Yashin mukofoti sohibi ham boʻldi.
Becker 2015-yilda oʻzining katta xalqaro debyutini oʻtkazgunga qadar Braziliyaning turli yosh toifasidagi jamoalarida mamlakat sharafini himoya qilgan. U 2018 va 2022-yillarda FIFA Jahon chempionatida va 2016, 2019 va 2021-yillarda Copa Amerika da qatnashgan va 2019-yilgi turnirda gʻolib chiqqan va shu bilan birga u eng yaxshi darvozabon nomini ham olgan.
Klublardagi faoliyati
Internacional
Alisson dastlab 2002-yilda Novo Hamburgo shahridagi "Internacional" akademiyasiga qabul qilingan. U 4 yil davomida muvaffaqiyatli harakat qilgach, 2016-yil Italiyaning Roma klubi bilan shartnoma imzolaydi.
Roma
A.Becker Italiya A seriyasining "Roma" klubiga oʻtishini 2016-yil iyul oyida yakunladi. U klubdagi debyutini shu yilning 17-avgustida UEFA Chempionlar Ligasi "Portu"ga qarshi 1:1 hisobidagi durrang bilan boshlagan. U 2017-2018-yilgi Chempionlar ligasidagi oʻyinlari bilan esda qoldi. "Liverpool"ga qarshi oʻyingacha "Olimpiko" stadionida birorta ham gol oʻtkazib yubormadi. 2018-yil 2-may kuni yarim finalda ular 4:2 hisobida gʻalaba qozonganiga qaramay, umumiy hisobda 7:6 hisobi bilan turnirdagi ishtirokini yakunlagan.
Liverpool
2018-yilning 19-iyul kuni "Liverpool" Beckerni sotib olganini tasdiqladi. U 12-avgust kuni "Liverpool" safida debyut qildi va "West Ham United FC"ga qarshi oʻyinda 4:0 hisobi bilan oʻz darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Avgust oyida Becker Chempionlar Ligasi mavsumining eng yaxshi darvozaboni uchun nomzodlar roʻyxatiga kiritildi va yakunda 2-oʻrinni egalladi. 2019-yilgi FA Community Shieldda "Manchester City"ga qarshi maydonga tushdi va 1:1 hisobidagi durangdan keyin penaltilar seriyasida 5:4 hisobi bilan "Manchester City"dan ustun keldi. 21-dekabr kuni Becker 2019-yilgi FIFA klublar oʻrtasidagi JCH finalida "Flamengo"ga qarshi kechgan bahsda oʻz darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi va ilk bor kulub ushbu kubokni qoʻlga kiritdi. 2020-yil 20-sentabrda "Chelsi" ustidan 2:0 hisobidagi gʻalaba qoʻlga kiritildi. 2021-yilda „Liverpool“ Becker bilan 2027-yilning yozigacha moʻljallangan yangi shartnomani imzoladi. 2022-yil 15-mayda Becker klubi bilan Angliya kubogi sohibi boʻldi. 2022-yil 16-oktabrda Becker Mohamed Salahning "Manchester City"ga urgan goliga assistentlik qildi.
Shaxsiy hayoti
Beckerning akasi Muriel ham darvozabon va u ham Internacional klubidan yetishib chiqqan. Uning otasi tomondan oilasi nemis millatiga mansub boʻlsa, onasi tomondan esa portugal millatiga mansubdir. Alisson italyan, portugal va ingliz tillarida gaplasha oladi. 2015-yilda braziliyalik shifokor Natalya Lengauer bilan turmush quradi. Ularning Xelena (2017-yil tugʻilgan) ismli qizi va Matteo (2019-yilda tugʻilgan) ismli oʻgʻli bor.
- 2-oktyabrda tugʻilganlar
- 1992-yilda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Alifbo boʻyicha futbolchilar
- Braziliyalik erkak futbolchilar
- SC Internacional futbolchilari
- AS Roma futbolchilari
- Liverpool F.C. futbolchilari
- Serie A futbolchilari
- Angliya Premyer-ligasi futbolchilari
- UEFA Chempionlar ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar
- Braziliyalik muhojir erkak futbolchilar
- Italiyadagi muhojir erkak futbolchilar
- Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar
- Braziliya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari
- FIFA Jahon chempionati 2018 oʻyinchilari
- FIFA Jahon chempionati 2022 oʻyinchilari
- Copa América Centenario oʻyinchilari
- Copa América 2019 oʻyinchilari
- Copa América 2021 oʻyinchilari
- Copa América 2024 oʻyinchilari
- Copa América Centenarioda gʻolib boʻlgan oʻyinchilar
- Alifbo boʻyicha sportchilar
