Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Ramatov Ochilboy Jumaniyozovich (oʻzbekcha: Раматов Ачилбай Джуманиязович; 21.08.1962, Xorazm viloyati) — oʻzbekistonlik muhandis va davlat arbobi. 2016-yildan

Ochilboy Ramatov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Ramatov Ochilboy Jumaniyozovich
Раматов Ачилбай Жуманиязович

2019
 Oʻzbekiston Respublikasi Transport vaziri
 
Mansab davri
2019-yil 1-fevraldan  2020-yil 22-yanvargacha
Hukumat boshligʻi Abdulla Oripov (siyosatchi)
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi lavozim ta'sis etilgan
Vorisi Elyor Gʻaniyev
 Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi prezidenti
 
Mansab davri
2018-yil 23-yanvardan  2019-yil 15-iyulgacha
Oʻtmishdoshi Umid Ahmadjonov
Vorisi Abdusalom Azizov
 Oʻzbekiston Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari
 
Mansab davri
2016-yil 20-dekabr
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Rustam Azimov
Vorisi hozirgacha
 Oʻzbekiston boks federatsiyasi prezidenti
 
Mansab davri
2012-yil  hozirgacha
Oʻtmishdoshi Gʻofur Rahimov
 Oʻzbekiston temir yoʻllari boshqaruv raisi
 
Mansab davri
2002-yildan  2019-yilgacha
Prezident Islom Karimov
Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Normat Ermetov
Vorisi Husniddin Hosilov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1962-yil 20-avgust (1962-08-20) (63 yosh)
Shovot tumani, Xorazm viloyati, OʻzSSR
Mukofotlari Oʻzbekiston qahramoni
Mehnat shuhrati ordeni

Ramatov Ochilboy Jumaniyozovich (oʻzbekcha: Раматов Ачилбай Джуманиязович; 21.08.1962, Xorazm viloyati) — oʻzbekistonlik muhandis va davlat arbobi. 2016-yildan hozirgacha Oʻzbekiston Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, 2019—2020-yillarda Transport vaziri, 2002—2019-yillarda „Oʻzbekiston temir yoʻllari“ davlat kompaniyasining boshqaruv raisi, 2015—2020-yillarda Oliy Majlis Senatining aʼzosi, 2012-yildan hozirgacha Oʻzbekiston boks federatsiyasi prezidenti. 2018—2019-yillarda Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi prezidenti boʻlgan.

Biografiyasi

1962-yil 21-avgustda Xorazm viloyatining Shovot tumanida tugʻilgan. Millati — oʻzbek.

Taʼlim

1984-yildan 1988-yilgacha Toshkent temir yoʻl muhandislari institutida tahsil olgan.

Mehnat faoliyati

1980-yildan 1984-yilgacha Urganch lokomotiv deposida mashinist yordamchisi lavozimidan mehnat faoliyatini boshlagan. 1988-yildan 1995-yilgacha Toshkent teplovozlarni taʼmirlash zavodining ustasi, teplovoz sexi boshligʻi oʻrinbosari va vagon taʼmirlash sexi boshligʻi, 1995-yildan 2001-yilgacha „Oʻztemiryoʻlmashtaʼmir“ davlat unitar korxonasi bosh direktori, 2001-yildan 2002-yilgacha „Oʻzbekiston temir yoʻllari“ning bosh bosh muhandisi sifatida ishlagan.

2002-yildan 2019-yilgacha „Oʻzbekiston temir yoʻllari“ning boshqaruv raisi.

1999—2004-yillarda Oliy Majlis deputati.

2012-yildan buyon — Oʻzbekiston boks federatsiyasi prezidenti.

2016-yildan buyon — Oʻzbekiston Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — kommunal soha, qurilish, transport majmuasi rahbari vazifalarida ishlab kelmoqda.

2017—2018-yillarda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti, 2018—2019-yillarda esa assotsiatsiya prezidenti boʻlgan.

2015—2020-yillarda Oliy Majlis Senati aʼzosi boʻlgan.

2019—2020-yillarda Oʻzbekiston transport vaziri vazifasini ham bajargan.

Mukofotlari

2000-yilda „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanoat xodimi“ davlat unvoni bilan taqdirlandi.

2007-yil avgust oyida Fidokorona xizmatlari uchun ordeni bilan taqdirlandi.

2011-yil avgust oyida El-yurt hurmati ordeni bilan taqdirlandi.

2013-yilda „Oʻzbekiston Qahramoni“ unvoni berildi.

2013-yilda Latviya davlati tomonidan Eʼtirof xochi ordeni bilan taqdirlandi.

2015-yilda Rossiya Federatsiyasining "Doʻstlik" ordeni bilan taqdirlandi.

2022-yil 21-avgustda 60 yillik yubileyi munosabati bilan Mehnat shuhrati ordeni berilgan.

Yuqori