Internat maktab — Oʻzbekistonda oila, maktab va maktabdan tashqari taʼlim-tarbiya vazifasini oʻtaydigan umumiy oʻrta taʼlim maktabi. I.m.da bolalar yashab, tarbiyalanadi va oʻqiydi (bolalarning bir qismi yakshanba va kanikul kunlarini uylarida oʻtka-zadi). Ayrim I.m.lar muayyan mutaxassislik boʻyicha ixtisoslashadi, mas, musiqa I.m., sport I.m. Uning yaxshi jihozlangan oʻquv binolari, tajriba uchastkalari, i.ch. ustaxonalari, laboratoriyalari va boshqalar boʻladi. I.m.da taʼlim-tarbiya ishlari mehnat bilan uzviy bogʻlangan holda olib boriladi. I.m.ga bolalar, ota-onalari yoki ularning oʻrnini bo-suvchi shaxslarning ixtiyorlari bilan qabul qilinadi. Jismoniy kamchiligi boʻlgan bolalar uchun maxsus I.m. mavjud (qarang Maxsus maktablar). I.m.ga, birinchi navbatda, yetim bolalar, urush va mehnat nogironlarining, yolgʻiz, yoxud koʻp bolali onalarning bolalari, shuningdek, tarbiyalanish uchun oilasida zarur sharoiti boʻlmagan bolalar qabul qilinadi. Ota-onali bolalar uchun ota-onadan belgilangan miqdorda haq olinadi; yetim bolalar esa toʻliq davlat taʼminotida boʻladi. OʻzR da 232 ta I.m. boʻlib, bularda 48 ming 646 ta bola tarbiyalanadi (2002).
Internat maktab — Oʻzbekistonda oila, maktab va maktabdan tashqari taʼlim-tarbiya vazifasini oʻtaydigan umumiy oʻrta taʼlim maktabi. I.m.da bolalar yashab, tarb