Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Sarvar Olimjonovich Azimov (1923-yil 20-may, Jizzax – 1994-yil, Toshkent) — taniqli sovet va oʻzbek yozuvchisi, shuningdek davlat arbobi va diplomat. Istedodli

Sarvar Azimov

Sarvar Olimjonovich Azimov (1923-yil 20-may, Jizzax – 1994-yil, Toshkent) — taniqli sovet va oʻzbek yozuvchisi, shuningdek davlat arbobi va diplomat. Istedodli shoir Hamid Olimjonning kenja ukasi. Rossiyalik diplomat Anvar Azimovning otasi.

Sarvar Oimjonovich Azimov
 Oʻzbekiston SSR Tashqi ishlar vaziri
 
Mansab davri
1988-yil  1991-yil sentyabr
Oʻtmishdoshi Sobitxon Qurbonov
Vorisi Shahlo Mahmudova
Mansab davri
1959-yil  1969-yil
Oʻtmishdoshi Gʻani Sultonov
Vorisi Minavar Tursunov
 SSSRning Pokistondagi favqulodda va muxtor elchisi
 
Mansab davri
1974-yil 5-dekabr  1980-yil 11-iyul
Oʻtmishdoshi Aleksey Rodionov
Vorisi Vitaliy Smirnov
 SSSRning Livandagi favqulodda va muxtor elchisi
 
Mansab davri
1969-yil 20-may  1974-yil 17-oktyabr
Oʻtmishdoshi Pyotr Dedushkin
Vorisi Aleksandr Soldatov
 Oʻzbekiston SSR Madaniyat vaziri
 
Mansab davri
1957-yil  1959-yil
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 20-may 1923-yil
Jizzax, Samarqand viloyati (Rossiya imperiyasi), Turkiston general-gubernatorligi
Vafoti 23-fevral 1994-yil(1994-02-23)
(70 yoshda)
Toshkent shahri, Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Fuqaroligi Oʻzbekiston SSR
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Siyosiy partiyasi Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi (1953–1991-yillar)
Taʼlim Oʻrta Osiyo davlat universiteti
Kasbi filolog, davlat arbobi, diplomat
Ilmiy unvoni filologiya fanlari doktori
Mukofotlari
Unvoni Favqulodda va muxtor elchi
Oʻzbekiston SSR xalq yozuvchisi

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1973). Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1983). Filologiya fanlari doktori (1968). Oʻrta Osiyo davlat universitetini tugatgan (1946). Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutida ilmiy xodim, sektor mudiri, direktor oʻrinbosari (1948–1955). OʻzKP MK fan va madaniyat boʻlimi mudiri (1955–1956). Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvi birinchi kotibi (1957-1958, 1980-1985), Oʻzbekiston SSR madaniyat vaziri (1958–1959), Oʻzbekiston SSR Ministrlar Soveti raisi oʻrinbosari va Oʻzbekiston SSR Tashqi ishlar vaziri (1959-1969, 1988-1991). Sobiq SSSRning Livandagi (1969–1974), Pokistondagi (1974–1980) favqulodda va muxtor elchisi. Sarvar Azimov pyesalar („Qonli sarob“, 1964; „Yulduzlar jamoli“, 1966; „Zamon dramasi„“, 1968), qissalar („Kamalak“, 1964; „Ikki dil – ikki olam“, 1967), hikoyalar, kinossenariylar muallifi. U adabiy jarayon masalalariga bagʻishlangan adabiy-tanqidiy va publisistik maqolalar yozdi. Hamid Olimjon ijodini tadqiq etdi.As: Saylanma, 2 jildli, T., 1988.

1946-yilda Oʻrta Osiyo davlat universitetining Filologiya fakultetini tamomlagan, Filologiya fanlari doktori. 1953-yildan Kommunistik partiya aʼzosi. Favqulodda va muxtor elchi diplomatik martabasiga ega. 1973-yilda Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan fan arbobi, 1983-yilda esa Oʻzbekiston xalq yozuvchisi.

  • 1948 – 1955-yillarda Oʻzbekiston SSRda A.S.Pushkin nomidagi Ilmiy tadqiqot markazi direktori oʻrinbosari, sektor mudiri, ilmiy xodim.
  • 1955 – 1956-yillarda Oʻzbekiston Kommunistik Partiyasi markaziy qoʻmitasining Fan va Madaniyat boʻlimi mudiri.
  • 1956 – 1957-yillarda Oʻzbekiston Yozuvchilar Ittifoqi boshqarmasining birinchi kotibi.
  • 1957 – 1959-yillarda Oʻzbekiston SSR madaniyat vaziri.
  • 1959 – 1969-yillarda Oʻzbekiston SSR Tashqi ishlar vaziri, Vazirlar mahkamasi raisi oʻrinbosari.
  • 1969 – 1974-yillarda Sovet Ittifoqining Livandagi Favqulodda va Muxtor elchisi.
  • 1974 – 1980-yillarda Sovet Ittifoqining Pokistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi
  • 1980 – 1988-yillarda Oʻzbekiston Yozuvchilar Ittifoqi boshqarmasining birinchi kotibi.
  • 1988 – 1991-yillarda Oʻzbekiston SSR Tashqi Ishlar vaziri.
  • 1990 – 1991-yillarda Oʻzbekiston Prezidenti kengashi aʼzosi, Sovet Ittifoqi Yuqori kengashining Milliy kengashida Oʻzbekiston SSRdan deputat sifatida.
  • 1959 -1971-yillarda va 1981-yildan Oʻzbekiston SSR Yuqori kengashi deputati.
  • 1961 – 1970-yillarda va 1981-yildan Oʻzbekiston Kommunistik Partiyasi markaziy qoʻmitasi aʼzosi.
Yuqori