Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Azimov, Anvar Sarvarovich (22-noyabr, 1950-yil) - rossiyalik taniqli diplomat. U 1950-yilning 22-noyabrida yozuvchi va diplomat Sarvar Azimovlar oilasida Toshke

Anvar Azimov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismi Anvar va familiyasi Azimov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.

Azimov, Anvar Sarvarovich (22-noyabr, 1950-yil) - rossiyalik taniqli diplomat. U 1950-yilning 22-noyabrida yozuvchi va diplomat Sarvar Azimovlar oilasida Toshkentda tavallud topgan. Millati jihatidan - Oʻzbek.

Tarjimai holi

Anvar Azimov 1973-yilda Moskva Davlat Xalqaro aloqalar Institutining (ruscha: МГИМО) "Xalqaro aloqalar" sohasini tamomlab va shu yilning oʻzida diplomatik faoliyatini boshlagan.

Faoliyati

  • 1994-1998-yillarda Rossiyaning Hindistondagi elchihonasida maslahatchi elchisi.
  • 1998-2000-yillarda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi (TIV) qoshidagi uchunchi Osiyo departamenti direktori oʻrinbosari.
  • 2000-2002-yillarda Rossiyaning Yugoslaviyadagi maslahatchi elchisi hamda Bosniya va Gersogovina boʻyicha Yuqori kengashida Rossiyaning vakili sifatida.
  • 2003 - 2005-yillarda Rossiya Tashqi Ishlar vazirligi (TIV) qoshidagi Umumyevropa hamkorlik departamenti direktori oʻrinbosari.
  • 2005-yilning 10-oktabridan to 2008-yilning 31-iyuliga qadar Rossiya Federatsiyasining Zambiyadagi Favqulodda va Muxtor elchisi.
  • 2008-yilning 31-iyulidan а to 2011-yilning 7-iyuniga qadar Venadagi Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotida Rossiya Federatsiyasining doimiy vakili.
  • 2011-2015-yillarda Rossiya Federatsiyasining Tashqi Ishlar vazirligining muhim vazifalar boʻyicha elchisi.
  • 2015-yilning 30-iyunidan Rossiya Federatsiyaning Xorvatiyadagi Favqulodda va Muxtor elchisi.

Diplomatik rang

2009-yilning 17-noyabrida Rossiya Federatsiyasi Prezidenti qaroriga koʻra Anvar Azimovga Favqulodda va Muxtor elchi darajasi munosib koʻrilgan.

Mukofotlari

  • Sharaf ordeni (8-iyul, 2011-yil) — Rossiya Federatsiyasining Tashqi siyosatini amalga oshirishda qoʻshgan ulkan hissasi va uzoq yillik diplomatik hizmatlari uchun taqdirlangan.
  • 2013-yilda Vladimir Putin farmoniga oid Rossiyaning I - darajali diplomati unvoni bilan taqdirlangan...
Yuqori