Sherzod Miragʻlamovich Fayziyev — oʻzbek iqtisodchisi va diplomati. 2012-yildan 2020-yilgacha Oʻzbekistonning Ozarbayjon va Gurjistondagi elchisi boʻlgan.
| Sherzod Miragʻlamovich Fayziyev | |
|---|---|
| Mansab davri 2012-yil 26-apreldan – 2020-yil 26-aprelgacha | |
| Prezident | Islom Karimov Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | Ismatilla Ergashev |
| Vorisi | Bahrom Ashrafxonov |
| Mansab davri 2009-yildan – 2012-yilgacha | |
| Prezident | Islom Karimov Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | Alisher Qodirov |
| Vorisi | ? |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 1969-yil 1-fevral Toshkent |
Biografiyasi
Maʼlumoti
Toshkent davlat agrar universiteti va Moskvadagi Diplomatik akademiya bitiruvchisi.
Mehnat faoliyati
1993-yildan buyon Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida ishlagan.
2001—2006-yillarda Oʻzbekistonning Pokistondagi elchixonasi ikkinchi kotibi, 2006—2007-yillarda Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligining Osiyo va Afrika boʻlimi boshligʻi lavozimlarida ishlagan.
1993-1997 yillarda Oʻzbekistonning Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi attashesi, uchinchi va ikkinchi kotibi, 1997—2001-yillarda Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi siyosiy tahlil va prognozlash boshqarmasi ikkinchi kotibi lavozimlarida ishlagan.
2007—2008-yillarda Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyati Bosh kotibining oʻrinbosari boʻlgan.
2009-yildan 2012-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasining Turkmanistondagi favqulodda va muxtor elchisi lavozimida ishlagan.
2012-yildan 2020-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasining Ozarbayjondagi favqulodda va muxtor elchisi lavozimida ishlagan.


