Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Abdusattor Kenjayevich Jumanazarov (Abdusattor Jumanazar, Yofas Alpin) (1961-yil 25-iyulda tugʻilgan) – taniqli oʻzbek sharqshunos va manbashunos olimi. Oʻzbeki

A. Jumanazar

Abdusattor Kenjayevich Jumanazarov (Abdusattor Jumanazar, Yofas Alpin) (1961-yil 25-iyulda tugʻilgan) – taniqli oʻzbek sharqshunos va manbashunos olimi. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutining katta ilmiy xodimi. Buxoro va Samarqand taʼlim tizimi va madrasalari tarixiga atab yaratilgan ilk monografiyalarning muallifi. Oʻzbekiston yozuvchilari uyushmasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti huzuridagi Atamalar komissiyasi aʼzosi.

Abdusattor Kenjayevich Jumanazarov
Tavalludi 1961-yil 25-iyul (1961-07-25) (64 yosh)
SSSR, OʻzSSR, Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumani, Naymansaroy qishlogʻi
Istiqomat joylari Toshkent, Oʻzbekiston
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSROʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Millati Oʻzbek
Sohasi sharqshunos, manbashunos
Ish joylari Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti
Institutlar Toshkent davlat universiteti
Mashhur ishlari „Xilvat ahli“, „Oʻrgimchak kitobi“, „Nasaf“, „Mashrab“, „Vaxshuvor“, „Buxoro taʼlim tizimi tarixi“, „Samarqand taʼlim tizimi va madrasalari tarixi“ „Yakkabogʻ. Sohibqiron kamol topgan yurt“, „Tugʻli hikoyalar burji“
Dini Islom

Tarjimai holi

Abdusattor Jumanazar 1961-yil OʻzSSRning Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumani, Naymansaroy qishlogʻida tavallud topgan. Toshkent Davlat universitetining (hozirgi OʻzMU) sharqshunoslik fakultetini tamomlagan. Abdusattor Jumanazar turli yillar davomida bir nechta gazeta va jurnallarda faoliyat yuritgan. .

Abdusattor Jumanazar „Xilvat ahli“, „Madoris“, „Nasaf“, „Mashrab“, „Vaxshuvor“, „Buxoro taʼlim tizimi tarixi“, „Yakkabogʻ. Sohibqiron kamol topgan yurt“, „Tugʻli hikoyalar burji“, „Samarqand taʼlim tizimi va madrasalari tarixi“, „Qoratosh: Muhammad Ali Qoratoshiy tarixi“, „Bulungʻur“ kabi ilmiy-badiiy kitoblarning muallifi.

Yuqori