Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Falastin yerlari yoki Falastin hududlari – sobiq Falastinda Britaniya mandatining ikki hududi boʻlib, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili (jumladan, Sharqiy Quddu

Falastin yerlari

Falastin yerlari yoki Falastin hududlari – sobiq Falastinda Britaniya mandatining ikki hududi boʻlib, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili (jumladan, Sharqiy Quddus) hamda Gʻazo sektoridan iborat. Bu ikki hudud 1967-yilda sodir boʻlgan Olti kunlik urushdan beri Isroil okkupatsiyasi ostida qolmoqda. Xalqaro sud Gʻarbiy Sohil, jumladan, Sharqiy Quddusni „Ishgʻol ostidagi Falastin hududi“ (inglizcha: Occupied Palestinian Territory) deb nomlaydi. Sud 2004-yilda eʼlon qilgan izohda aynan shu atama ishlatilgan. 1999-yilning oktyabridan to 2012-yilning dekabriga qadar Birlashgan Millatlar Tashkiloti hamda boshqa xalqaro tashkilotlar „Ishgʻol ostidagi Falastin hududi“ atamasini Falastin milliy maʼmuriyati nazorati ostidagi hududlarga nisbatan qoʻllagan, ammo 2012-yilda Falastin BMTning aʼzo boʻlmagan kuzatuvchi davlatiga aylanganidan keyin, BMT Falastin Davlati atamasini qoʻllay boshlagan. Yevropa Ittifoqi ham „ishgʻol ostidagi Falastin hududi“ atamasidan foydalanadi. Isroil hukumati hamda uning tarafdorlari esa „munozarali hududlar“ atamasini ishlatadi.

Falastin yerlari
الأراضي الفلسطينية
al-Arāḍī al-Filasṭīniyya
Yashil chiziq asosida chizilgan Falastin hududlari xaritasi
Yashil chiziq asosida chizilgan Falastin hududlari xaritasi
Eng katta shahar Gʻazza
Maydon
• Butun
6 220 km2
Aholi
• Roʻyxat
4 816 503
• Zichlik 654/km2
Pul birligi
  • Misr funti (EGP)
  • Isroil yangi shekeli (ILS)
  • Iordaniya dinori (JOD)
Vaqt mintaqasi UTC+2 EET
Telefon prefiksi +970
Internet domeni
  • .ps
  • فلسطين.
Yuqori