Blaise Pascal (talaffuzi: Blez Paskal; 19-iyun 1623 – 19-avgust 1662) fransuz matematigi, fizigi, ixtirochisi, adibi va faylasufi boʻlgan. "Konus kesimlar nazariyasining tajribasi" nomli asarida (1639) proyektiv geometriyaning asosiy teoremalaridan biri — Paskal teoremasini isbotlagan (qarang: Ikkilik prinsipi), 1641-yil jamlash mashinasini qurgan. Arifmetika, sonlar nazariyasi, algebra, ehtimollar nazariyasi, proyektiv geometriya va boshqa sohalarga oid ishlari muhim. Paskal birinchi marta matematik induksiya usulini qoʻllagan, Sharq matematiklaridan mustaqil holda binomial koeffitsiyentlarni hisoblash usulini topgan (qarang: Arifmetik uchburchak). Paskal qoʻllagan yuza va hajmlarni hisoblash usullari differensial hamda integral hisoblar yaratilishida asos boʻldi. Paskal gidrostatika asoschilaridan biri, 1648-yil atm bosimi mavjudligini isbotlaydigan tajriba oʻtkazgan. Paskal qonunini asoslagan.
| Blaise Pascal | |
|---|---|
![]() | |
| Tavalludi | 19-iyun 1623-yil Clermont-Ferrand, Fransiya |
| Vafoti | 19-avgust 1662-yil (39 yoshda) Parij, Fransiya |
| Fuqaroligi | Kingdom of France |
| Koʻrsatgan taʼsirlari | Avliyo Augustine, Michel de Montaigne, Descartes, Cornelius Jansen, Epictetus |
| Olgan taʼsirlari | Antoine Arnauld, Pierre Duhem, William James, Henri Bergson |
| Otasi | Étienne Pascal |
| Onasi | Antoinette Begon |
Paskal falsafiy qarashlari bilan ratsionalizm va skeptitsizm orasida ikkilanib turgan. Uning "provinsialga xatlar" asari fransuz prozasi va te-atrida muhim oʻrin tutadi. Paskal fransuz klassik prozasining shakllanishiga katta hissa qoʻshgan.
