Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Bahodir Qurbonov (1972-yil 5-dekabrda tugʻilgan) — oʻzbek yunon-rum kurashchisi, Osiyo chempioni. Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi (2000).

Bahodir Qurbonov

Bahodir Qurbonov (1972-yil 5-dekabrda tugʻilgan) — oʻzbek yunon-rum kurashchisi, Osiyo chempioni. Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi (2000).

Bahodir Qurbonov
Shaxsiy ma'lumotlar
Millati  Oʻzbekiston
Tug'ilishi 1972-yil 5-dekabr (52 yoshda)
Ishtixon, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR
Balandligi Andoza:Infobox shaxs/balandligi
o'g'irligi 63 kg (139 lb)
Sport
Sport Yunon-rum kurashi
Medallari va yutuqlari
Yunon-rum kurashi (erkaklar)
Osiyo oʻyinlari
BronzaXirosima 199462 kg
KumushBangkok 199863 kg
Osiyo chempionati
KumushManila 199562 kg
KumushToshkent 199963 kg
OltinSeul 200063 kg

Tarjimai holi

1972-yilda Ishtixon shahrida tugʻilgan. 1994-yilda Osiyo oʻyinlarining bronza medalini qoʻlga kiritgan. 1995-yili Osiyo chempionatining kumush medali sohibi. 1996-yilda Atlantadagi Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan, ammo u yerda atigi 16-oʻrinni egallagan. 1998-yilda Osiyo oʻyinlarining kumush medalini qoʻlga kiritgan. 1999-yilda Osiyo chempionatining kumush medali sovrindori boʻlgan. 2000-yilda Osiyo chempioni, Sidneydagi Olimpiya oʻyinlarida esa 5-oʻrinni egallagan.

Bahodir Qurbonov gimnastika boʻyicha Olimpiada chempioni Oksana Chusovitinaga uylangan. Ularning Alisher ismli oʻgʻillari tugʻilgan, shifokorlar unga leykemiya tashxisini qoʻyishgan. Oʻzbekistonda bu kasallikni davolashning iloji boʻlmagani uchun 2002-yilda oila Germaniyaga koʻchib oʻtishga majbur boʻlgan va Bahodir Qurbonov sport faoliyatini yakunlashga majbur boʻlgan.

Yuqori