- Vikipediyada ismi Mirzabek va familiyasi Xolmedov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Mirzabek Xolmedov | |
|---|---|
| Tavalludi | Mirzabek Xolmedov 1961-yil 13-dekabr Toshkent, Oʻzbekiston SSR |
| Janrlar | anʼanaviy musiqa |
| Fuqaroligi | |
| Amplua | Qoʻshiqchi, aktyor va qiziqchi |
Mirzabek (Mirzatilla) Xolmedov (1961-yil 13-dekabr, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) — taniqli oʻzbek estradasi hajviy aktyori, qiziqchi, soʻz ustasi va qoʻshiqchi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist. Oʻzbekiston davlat satira teatri direktori (2025-yildan).
Bolalik yillari
Mirzabekning yoshlik yillari o'zi tugʻilib oʻsgan Toshkentda oʻtgan. Maktab tadbirlarida faol ishtirok etib, oʻsmirlik davridanoq hayotini sanʼat bilan bogʻlagan. Maktabda oʻqishga qiziqmagan boʻlsada, uni yaxshi bahoda tugatishga muvaffaq boʻlgan. Soʻngra, Toshkent sanʼat institutiga oʻqishga kirgan.
Ijodiy faoliyati
Mirzabek Xolmedov institutni tugallab, oʻzining shaxsiy „Mirzo teatri“ nomli teatriga asos soldi. Jamoa tarkibiga oʻzidan tashqari, talabalik yillarida tanishgan ikki nafar Oʻzbekistonlik qiziqchi Shukurullo Isroilov va Valijon Shamshiyevlarni qoʻshdi va bu jamoani yillar davomida yangilab, kengaytirib bordi. Uning teatridagi faoliyati spektaklni sahnalashtirishga qaratilgandir. Mirzabek Xolmedovning aytishicha u rus tilida rep yozishga va kuylashga harakat qilgan, lekin ushbu yoʻnalishdagi ijodi uzoqqa choʻzilmagan. Oʻzbek tilida bir qancha rep va pop janrida qoʻshiqlari mavjud. 1986-yilda oʻzbek xonandasi Rustam Gʻoipov ijro etgan „Davraga tush“ qoʻshigʻi Mirzabek Xolmedov yozgan sheʼr asosida bastalangan.
Diskografiyasi
| Qoʻshiqlari |
|---|
| Bir qop pul |
| Umr nima |
| Balo |
| Dunyoga keldik |
| Faqat meni otam yoʻq |
| Odamlar |
| Bale |
| Xizr |
| Imkon boʻlganda |
| Yoshlik |
| Aroq |
| Onaginam |
| Oh onajon |
| Onajon |
| Bolam, bolam |
Shaxsiy hayoti va oilasi
Xolmedov shaxsiy hayotining tafsilotlari haqida gapirishni yoqtirmaydi, shuning uchun qiziqchi oilasi haqidagi asosiy maʼlumotlarni sir saqlaydi. U turmush qurgan va uch nafar farzandi bor. Farzandlari Ulugʻbek va Oybek va Otabek Xolmedovlar eng katta ogil Otabek 2 Oybek 3 Ulugbek ham ota kasbida faoliyat yuritishadi.
Teatrdagi faoliyati
1985-yil Abror Hidoyatov nomidagi oʻzbek davlat drama teatrida Hamza Hakimzoda Niyoziy pyesasi, N. Abdurahmonov rejissyorligi asosida „Maysaraning nayranglari“ nomli spektaklida Hidoyatxon rolini ijro qilgan. 1986-yilda L. Gerchikov va N. Miroshnichenko rejissyorligi asosida „Iblis farishtalari“ nomli spektaklida rol ijro etgan.
1986-yilda P. Fayziev rejissyorligi asosida sahnalashtirilgan „Hur qizlar“ spektaklida Fashist rolini ijro etgan.
Filmografiyasi
| Yil | Kino |
|---|---|
| 2016-yil | „Seni sevdim“ |
| 2015-yil | „Uchinchi muammo“ |
| 2013-yil | „Lavz“ |
| 2011-yil | „Jiblajibon“ |
| 2010-yil | „Ulfatlar Tailandda“ |
| 2010-yil | „Bekorchilar makoni“ |
| 2008-yil | „Ulfatlar — 2“ |
| 2005-yil | „Ulfatlar“ |
| 2004-yil | „Muhabbat sinovlari — 2“ |
| 2003-yil | „Muhabbat sinovlari“ |
| 1992-yil | „Alif Leyla yoki makkora“ (अलिफ़ लैला) (hind va oʻzbek qoʻshma film) |
| 1989-yil | „Sherali va Oybarchin“ |
| 1989-yil | „Koʻzlarim yoʻlingda“ |
| 1989-yil | „Marhumni hurmati“ |
| 1987-yil | „Klinika“ |
Erishgan yutuq va mukofotlari
- „Yumorist-89“ saralash tanlovi g‘olibi (Qiziqchi, O‘zbekiston SSR).
- 1992-yil Filmni rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun — Finas diplomi (Malayziya Milliy kino taraqqiyot korporatsiyasi) sovrindori.
- 1998-yil „Zamin yulduzlari“ Milliy mukofoti sovrindori.
- 2025-yil mart oyida „Fidokorona xizmatlari uchun“ ordeni Milliy mukofoti sovrindori boʻlgan.
- 2025-yilda „Mehnat shuhrati“ ordeni bilan taqdirlangan.
- 13-dekabrda tugʻilganlar
- 1961-yilda tugʻilganlar
- Toshkentda tugʻilganlar
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar
- Fidokorona xizmatlari uchun ordeni sohiblari
- Alifbo boʻyicha aktyorlar