Iordan yoki Urdun Nahr ushshariʼa — Gʻarbiy Osiyodagi daryo, koʻp qismi Iordaniya xududida. Uzunligi 252 km. Jabal ush-Shayx (Harmun) tizmasidan boshlanadi. Meridional yoʻnalishdagi Hor (Al-hor) tektonik choʻkmasidan oqib, chuchuk suvli Havla va Tabariya (Gʻani-saret) koʻllari orqali oʻtadi va Oʻlik dengizga quyiladi. Iordanning yuqori oqimida vodiysi tor, ostonalardan oʻtgan joylarda sharsharalar hosil qilgan. Suv sarfi 50 m3/sek. Grunt va koʻllardan suv oladi. Eng katta irmogʻi — Yarmukning Iordanga quyilishiga yaqin joyda toʻgʻon va katta GES qurilgan. Daryodan sugʻorishda foydalaniladi. Iordan vodiysi — Iordaniyaning asosiy dehqonchilik rayoni.
| Iordan (daryo) | |
|---|---|
| |
| Tavsif | |
| Uzunligi | 252 |
| Davlat | Livan, Falastin, Iordaniya, Suriya va Isroil |
| Iordan (daryo) | |
