Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Zomin tumani − Jizzax viloyatidagi tuman. 1926-yil 29-sentyabrda tashkil etilgan (1962-yil 24-dekabrda Jizzax tumani bilan birlashtirilgan, 1964-yil 31-dekabrda

Zomin tumani

Zomin tumani − Jizzax viloyatidagi tuman. 1926-yil 29-sentyabrda tashkil etilgan (1962-yil 24-dekabrda Jizzax tumani bilan birlashtirilgan, 1964-yil 31-dekabrda qayta tuzilgan. Shimolda viloyatning Zarbdor tumani, gʻarbda Baxmal va Jizzax tumanlari, sharqda, shimoliy-sharqda Yangiobod tumani, janubiy-sharqda Tojikston Respublikasi bilan chegaradosh. Maydoni 2,87 ming km2. Aholisi 150 ming kishi (2010). Zomin tumanida 2 shaharcha (Dashtobod, Zomin) va 11 qishloq fuqarolari yigʻini (Beshkubi, Gulshan, Duoba, Navoiy, Obihayot, Tinchlik, Toshkesgan, Istiqlol, Shirin, Yangi-hayot, Gʻallakor) bor. Eng yirik qishlogʻi Yom (Jom) (jamoalar jam boʻlgan hudud).Yom (Jom) miloddan avvalgi asrlarda vujudga kelgan.

Zomin tumani



Tuman
Tarkibida Jizzax viloyati
Maʼmuriy markazi Zomin
Rasmiy tillar Oʻzbek
Aholi 127 400
Dinlar tarkibi musulmonlar
Vaqt mintaqasi UTC+5
Xaritada
Zomin tumani xaritada
39°57′36.0″N 68°22′44.4″E / 39.960000°N 68.379000°E / 39.960000; 68.379000

Tarixi

Zomindagi qishloq. Surat 1865−1872-yillar oraligʻida olingan.

Oʻrta asrlarda Jizzax viloyati hududidan Buyuk Ipak yoʻli oʻtgan. 1868-yilda Buxoro amirligining sharqiy hududlari Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olingandan soʻng Rossiya imperiyasining Oʻrta Osiyo mulklari tarkibida maʼmuriy birlik − Zarafshon okrugi tashkil topdi.

Bu okrug tarkibiga Samarqand, Urgut, Panjikent, Kattaqoʻrgʻon, Chelak va Payshanba shaharlari hamda koʻplab qishloqlar kirgan. Zomin tumani Turkiston general-gubernatorligi tarkibiga kirgan.

1887-yil 1-yanvarda Zarafshon okrugi tugatilib, uning hududi yangi tashkil etilgan Samarqand viloyati tarkibiga kiritildi.

Bu viloyat 4 ta tumanga boʻlingan: Jizzax, Kattaqoʻrgʻon, Samarqand va Xoʻjand. Hozirgi Zomin tumani hududi Xoʻjand tumani tarkibida boʻlgan.

1918-yil 30-aprelda Samarqand viloyati hududi Turkiston Muxtor Sovet Sotsialistik Respublikasi tarkibiga kirdi, 1924-yil 14-oktyabrda SSSR tarkibida Oʻrta Osiyoning milliy-hududiy chegaralanishi boʻlib oʻtdi. 1926-yil 29-sentyabrda Oʻzbekiston SSR Jizzax viloyati tarkibida Zomin tumani tashkil etilgan.

1962-yil 24-dekabrda Zomin tumani Jizzax viloyati tarkibiga kiritilib, 1964-yil 31-dekabrda uning tarkibidan chiqarilib, mustaqil viloyatga aylantirildi.

Tabiati

Zomin togʻ-oʻrmon davlat qoʻriqxonasi

Zomin tumanining shimoliy, markaziy va sharqiy qismi pasttekislik, janubiy -gʻarbiy qir-adir va togʻlardan iborat. Yer yuzasi shimoldan janubga tomon koʻtarilib boradi. Iqlimi keskin kontinental, yozi issiq, quruq, qishi bir oz sovuq. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi − 1,5°, iyulniki 32°. Yillik yogʻin 350-360 mm. Vegetatsiya davri 240 kun. Adir qismi qumtosh, qum, mergel, lyosslardan tuzilgan, usti chaqirtoshlar bilan qoplangan. Jarlar va yezda qurib qoladigan soylar bor. Bahorda soylar toʻlib oqadi. Shimoliy va markaziy adirlarning tuprogi lyoss ustida hosil boʻlgan boʻz, och boʻz, tipik boʻz tuproqlardan, janubiy qismidagi adirlar gipsli och boʻz tuproqlardan tarkib topgan. Tekisliklarda boʻz, qoʻngʻir tuproq. Tuman hududidagi Zominsoy daryosi, Achchisoy, Peshagʻarsoy, Uvolsoy, Turkman, Jaloir, Xoʻjamushkentsoydan sugʻorishda foydalaniladi. Ekin ekilmaydigan yerlarda shoʻra, shuvoq, yantoq, kovrak, oqquray va boshqa oʻsimliklar oʻsadi. Janubiy togʻli qismi (Turkiston togʻ tizmasida)da qalin archazorlar, tabiiy oʻrmonlar bor. 3. t.da Zomin togʻ-oʻrmon davlat qoʻriqxonasi, Zomin xalq bogʻi joylashgan. Yovvoyi hayvonlardan ayiq, boʻri, silovsin, chiyaboʻri, tulki, kiyik, arhar, qushlardan burgut, lochin, qirgʻovul, kaklik, oʻrdak yashaydi. Suv havzalarida baliq turi koʻp.

Aholisi

Aholisi, asosan, oʻzbeklar. 2020-yilda aholi soni 165 100 kishiga yetgan. 1 km2 ga 42 kishi toʻgʻri keladi. Shaharliklar 28118 ming kishi (2018-yil 1-yanvar holatiga koʻra). Tuman aholisining aksariyati qishloq joylarda istiqomat qiladi. Tuman aholisining 93 foizdan ortigʻini oʻzbeklar tashkil qiladi. Oʻzbeklardan keyingi oʻrinda qirgʻizlar turadi. Shuningdek, qirgʻiz, rus, tatar, tojik va boshqa millat vakillari ham yashaydi.

Xoʻjaligi

Qishloq xoʻjaligida gʻallachilik va chorvachilik asosiy oʻrinni egallaydi. Tumanda shirkat, fermer, jamoa xoʻjaliklari, 2 oʻrmon xoʻjaligi mavjud. 197 ming gektar yerda dehqonchilik qilinadi. Gʻalla, poliz, sabzavot, yem-xashak ekinlari, kartoshka yetishtiriladi. Pichanzorlar, yaylovlar, tokzorlar va koʻchatzorlar bor. Qoramol, qoʻy-echki (shu jumladan qorakoʻl qoʻylari), ot, parranda boqiladi. 40 dan ziyod xususiy, 14 kichik korxona, 40 dan ortiq tijorat doʻkonlari faoliyat koʻrsatadi. 75 ta umumiy taʼlim maktabi boʻlib 30 mingga yaqin oʻquvchi taʼlim olmoqsa. Litsey, gimnaziya bor. 11 klub, 34 kutubxona, 385 oʻrinli 3 shifoxona, 8 qishloq davolash ambulato-riyasi, 6 qishloq vrachlik punkti, 5 dorixona, 94 maishiy xizmat koʻrsatish shaxobchasi, oʻlkashunoslik muzeyi ishlab turibdi. Tuman hududidan qadimgi Buyuk ipak yoʻli oʻtgan. Ustrushona, Zomin, Peshagʻar kabi tarixiy joylar, koʻhna qalʼa qoldiqlari, qadimiy qabristonlar saqlangan. 1933-yildan „Sharq tongi“ gazetasi chiqadi (adadi hozirda 1000). Tuman hududidan Toshkent − Samarqand temir yoʻli oʻtgan. Zomin − Toshkent, Zomin−Jizzax, Zomin − Guliston kabi yoʻnalishlarda avtobus va taksi qatnovi yoʻlga qoʻyilgan.

Turizm

Zomin milliy bogʻi

Oʻzbekistondagi eng yirik turistik infratuzilma tarmogʻi Zomin tumanida joylashgan. Tuman hududida koʻplab yozgi va qishki bolalar oromgohlari, alpinistlar bazalari, sport bazalari, dam olish maskanlari joylashgan.

Masalan, „Zomin“ sanatoriysi Markaziy Osiyodagi eng yirik va mashhur dam olish va sayyohlik markazlaridan biridir. Bu Zomin tumanining eng goʻzal goʻshalaridan birida − Turkiston tizmasining shimoliy yon bagʻrida (dengiz sathidan 2000 metr balandlikda), Zomin davlat togʻ-Archa qoʻriqxonasi hududida joylashgan.

Togʻ landshafti, toza havo va quyosh nuri − bularning barchasi nafas olish tizimi kasalliklari bilan ogʻrigan odamlar uchun iqlim-profilaktika va iqlim-terapevtik muolajalarni oʻtkazish uchun qulay sharoit yaratadi.

Zomin tumanida Ustrushona va Peshagʻar bilan bogʻliq tarixiy joylar (qadimiy shaharlar xarobalari, kam sonli meʼmoriy yodgorliklar, Zomin oʻlkashunoslik muzeyi) joylashgan.

Zomin osma dor yo‘li

25 avgust kuni Jizzax viloyatining Zomin tumanida barpo etilayotgan «Zomin» turistik-rekreatsion zonasida (TRZ) osma dor yo‘li foydalanishga topshirilgan. Loyihaning qurilish-montaj ishlari qiymati 122 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Duoba qishlog‘ida barpo etilgan «Dor yo‘li» majmuasining «Zomin» osma dor yo‘li 12 ta minorali 11 dona ustundan tashkil topgan. Dor yo‘lining eng katta qiyaligi 42 gradusni tashkil etadi. Uzunligi 2102 metrdan iborat bo‘lib, mijozlarni tashish uchun zamonaviy dizayndagi 36 ta kabina sayyohlar xizmatiga shay. Maksimal harakatlanish tezligi esa 6 m/sek ni tashkil etadi. Soatiga 1200 nafar sayyohga xizmat ko‘rsatish imkoniga ega. Quyi stansiya bilan yuqori stansiya o‘rtasida balandlikning farqi esa 529,5 metr.

Ziyoratgohlar

Qum ota ziyoratgohi

Jizzax viloyatining Zomin tumani O‘zbekistonning tarixiy, madaniy va diniy merosga boy hududlaridan biri hisoblanadi. Bu hududda qadimiy ziyoratgohlar, muqaddas maskanlar hamda tarixiy qadamjolar ko‘p uchraydi. Ana shunday muqaddas maskanlardan biri Zomin tumanida joylashgan Qum ota ziyoratgohidir. Ushbu ziyoratgoh asrlar davomida mahalliy aholi hamda boshqa hududlardan kelgan ziyoratchilar uchun muhim qadamjo bo‘lib xizmat qilib kelmoqda.

Qum ota ziyoratgohi Zomin tumanining Laylakuya qishlog‘i hududida joylashgan bo‘lib, tarixiy va diniy ahamiyatga ega maskan hisoblanadi. Mahalliy rivoyatlarga ko‘ra, bu yerda qadim zamonlarda yashab o‘tgan ulug‘ zot – Qum ota nomi bilan mashhur bo‘lgan avliyo shaxs dafn etilgan. U kishining ilmli, dono va taqvodor inson bo‘lgani, odamlarga ilm o‘rgatgani hamda xalq orasida katta hurmat qozongani haqida ko‘plab rivoyatlar mavjud. Shu sababli bu joy vaqt o‘tishi bilan muqaddas ziyoratgoh sifatida e’zozlanib kelgan.

Parpi ota ziyoratgohi

Parpi ota qadamjosi — Zomin tumani hududidagi muqaddas ziyorat maskanlaridan biri bo‘lib, mahalliy aholi orasida katta e’tiqod va hurmatga ega. Ushbu qadamjo asosan tog‘oldi hududida joylashgan bo‘lib, tabiiy manzaralari va musaffo havosi bilan ajralib turadi.Tarixiy manbalarga ko‘ra, Parpi ota taxminan XVII–XVIII asrlarda yashagan deb rivoyat qilinadi. U kishining hayoti haqida yozma manbalar kam bo‘lsa-da, xalq og‘zaki ijodida Parpi ota dono, taqvodor va xalqparvar inson sifatida tilga olinadi. Mahalliy rivoyatlarga ko‘ra, u kishi odamlar dardiga malham bo‘lgan va ko‘plab ezgu ishlar qilgan.Qadamjo hududi taxminan 0,5–1 gektar maydonni egallaydi.Bu yerda:Parpi ota qabri joylashgan maqbara, ziyoratchilar uchun ayvon va dam olish joylari, ichimlik suvi manbai (buloq) mavjud. Har yili bahor va yoz oylarida bu maskanga yuzlab ziyoratchilar tashrif buyuradi. Ayniqsa, Navro‘z va diniy bayram kunlarida keluvchilar soni sezilarli darajada oshadi.

So‘nggi yillarda qadamjo hududida obodonlashtirish ishlari olib borilib, yo‘llar qisman ta’mirlangan, ziyoratchilar uchun qulay sharoitlar yaratilgan.

Parpi ota qadamjosi — Zomin tumanining muhim ma’naviy maskanlaridan biri bo‘lib, u nafaqat diniy ziyorat joyi, balki tarixiy va madaniy meros sifatida ham ahamiyat kasb etadi. Bu yer aholi orasida ezgulik, e’tiqod va qadriyatlarning timsoli sifatida qadrlanadi.

Peshag‘or g‘ori

Peshag‘or g‘ori Zomin tumani hududida, Turkiston tog‘ tizmasining g‘arbiy qismiga kiruvchi Molguzar tog‘lari bag‘rida joylashgan. G‘or Peshag‘or qishlog‘idan taxminan 5–6 kilometr uzoqlikda, Zomin–Jizzax avtomobil yo‘lidan esa 20 kilometr janubda joylashgan.Hududning dengiz sathidan balandligi o‘rtacha 1000–2000 metrni tashkil etadi. G‘or tog‘ darasining ichkarisida joylashib, bir nechta kirish yo‘llari va ichki yo‘laklarga ega murakkab tuzilishga ega. Ichki qismi qorong‘i, nam va tabiiy labirint shaklida bo‘lib, unda ko‘rshapalaklar va boshqa yer osti jonzotlari yashaydi. XV asr oxiri — XVI asr boshlarida yashagan buyuk sarkarda va adib Zahiriddin Muhammad Bobur o‘zining “Boburnoma” asarida Zomin hududi haqida ma’lumot bergan, ammo Peshag‘or g‘ori haqida aniq ma’lumotlar keltirilmagan. Bu esa g‘orning uzoq vaqt davomida kam o‘rganilgan holda qolganini ko‘rsatadi.

“Peshag‘or” — “g‘or oldidagi hudud” degan ma’noni anglatadi

Peshag‘or g‘ori Zomin tumanining eng noyob tabiiy va tarixiy obyektlaridan biridir. U nafaqat tabiiy tuzilishi, balki milodiy VII asrga oid tarixiy manbalarda qayd etilgani bilan ham ahamiyatlidir.

Qo‘tirbuloq ziyoratgohi

O‘zbekiston hududi qadimdan muqaddas qadamjolar va ziyoratgohlarga boy bo‘lib, ular xalqning diniy e’tiqodi, urf-odatlari va an’analari bilan chambarchas bog‘liqdir. Jizzax viloyatining Zomin tumanida joylashgan Qo‘tirbuloq ziyoratgohi ana shunday maskanlardan biri hisoblanadi. Ushbu ziyoratgoh nafaqat diniy e’tiqod markazi, balki shifobaxsh buloq manbai sifatida ham mashhurdir. Mazkur maqolada Qo‘tirbuloq ziyoratgohining joylashuvi, tarixiy shakllanishi, shifobaxsh xususiyatlari hamda bugungi kundagi ahamiyati yoritiladi. Qo‘tirbuloq ziyoratgohi Jizzax viloyati Zomin tumani hududida, tog‘li va ekologik toza hududlardan birida joylashgan. Bu maskan odatda qishloqlarga yaqin bo‘lib, aholiga qulay yetib borish imkonini beradi. Ziyoratgohning asosiy qismi tabiiy buloqdan iborat bo‘lib, uning suvi yil davomida deyarli bir xil haroratda saqlanadi. Buloq atrofida daraxtlar, toshli hududlar va dam olish uchun qulay tabiiy sharoit mavjud. Ziyoratgoh markazida joylashgan buloq: yil davomida barqaror oqimga ega, suv harorati nisbatan doimiy, tabiiy filtratsiya jarayonidan o‘tgan. Bu omillar uning tabiiy shifobaxsh manba sifatida shakllanishiga zamin yaratgan.

Zomin tumani mahallalari

Mustaqillik MFY

Mustaqillik mahalla fuqarolar yig‘ini — Zomin tumanidagi mahallalardan biri. Mahalla hududining umumiy yer maydoni 2932.73 gektarni tashkil etadi. Mahallaning asosiy ixtisoslashuvi chorvachilik, dehqonchilik va xizmat ko‘rsatish sohasiga yo‘naltirilgan. Hududda 1783 ta xonadon mavjud bo‘lib, ularda jami 1962 ta oila istiqomat qiladi. Mahalla hududida asosan yakka tartibdagi uylar joylashgan bo‘lib, mahallada ko‘cha infratuzilmasi va xizmat ko‘rsatish obyektlari rivojlangan.

Istiqlol MFY

Istiqlol mahalla fuqarolar yig‘ini — Zomin tumanidagi mahallalardan biri. Mahalla hududining umumiy yer maydoni 14133.58 gektarni tashkil etadi. Mahallaning asosiy ixtisoslashuvi chorvachilik va dehqonchilik sohasiga yo‘naltirilgan. Hududda 1503ta xonadon mavjud bo‘lib, ularda jami 2344ta oila istiqomat qiladi. Mahalla hududida asosan yakka tartibdagi uylar joylashgan bo‘lib, mahallada ko‘cha infratuzilmasi va xizmat ko‘rsatish obyektlari rivojlangan.

Nihol MFY

Nihol mahalla fuqarolar yig‘ini — Zomin tumanidagi mahallalardan biri. Mahalla hududining umumiy yer maydoni 2574 gektarni tashkil etadi. Mahallaning asosiy ixtisoslashuvi chorvachilik va dehqonchilik sohasiga yo‘naltirilgan. Hududda 962 ta xonadon mavjud bo‘lib, ularda jami 1264ta oila istiqomat qiladi. Mahalla hududida asosan yakka tartibdagi uylar joylashgan bo‘lib, mahallada ko‘cha infratuzilmasi va xizmat ko‘rsatish obyektlari rivojlangan.

Sh. Rashidov MFY

Sh. Rashidov MFY — Zomin tumani hududidagi muhim va rivojlanib borayotgan mahallalardan biridir. Aholi asosan qishloq xo‘jaligi, chorvachilik hamda kichik biznes faoliyati bilan shug‘ullanadi. Mahalla nomi mashhur davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov sharafiga qo‘yilgan.

Mahalla tog‘oldi hududlariga yaqin joylashgani sababli toza havo va salqin iqlimga ega bo‘lib, yashash uchun qulay tabiiy sharoit yaratadi. Bu esa aholi salomatligi va turmush sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Mahalla hududining umumiy yer maydoni 206 gektarni tashkil etadi. Hududda 504 ta xonadon mavjud bo‘lib, ularda jami 577 ta oila istiqomat qiladi.

Aholining etnik tarkibi asosan o‘zbeklardan iborat bo‘lib (2456 kishi), shuningdek, qozoq (1 kishi), tojik (3 kishi), tatar (1 kishi) va qirg‘iz (39 kishi) millatiga mansub fuqarolar ham istiqomat qiladi. Bu esa mahallada millatlararo totuvlik va hamjihatlik muhitini shakllantiradi.

Mahalla hududida 1 ta davlat va 1 ta nodavlat maktab, shuningdek, 1 ta davlat maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyat yuritadi.

Qayirma MFY

Qayirma MFY — Zomin tumani hududidagi muhim va rivojlanib borayotgan mahallalardan biridir. Aholi asosan qishloq xo‘jaligi, chorvachilik hamda kichik biznes faoliyati bilan shug‘ullanadi.Mahalla tog‘oldi hududlariga yaqin joylashgani sababli toza havo va salqin iqlimga ega bo‘lib, yashash uchun qulay tabiiy sharoit yaratadi. Bu esa aholi salomatligi va turmush sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Mahalla hududining umumiy yer maydoni 1897 gektarni tashkil etadi. Hududda 650 ta xonadon mavjud bo‘lib, ularda jami 820 ta oila istiqomat qiladi.Aholining etnik tarkibi asosan o‘zbeklardan iborat bo‘lib (2456 kishi), shuningdek, rus (1 kishi), tojik (3 kishi), tatar (1 kishi) va qirg‘iz (22 kishi) millatiga mansub fuqarolar ham istiqomat qiladi. Bu esa mahallada millatlararo totuvlik va hamjihatlik muhitini shakllantiradi.Mahalla hududida 1 ta davlat va 1 ta nodavlat maktab, shuningdek, 1 ta davlat maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyat yuritadi.

Oq tepa MFY

    Oq tepa MFY — Zomin tumani hududidagi muhim va rivojlanib borayotgan mahallalardan biridir. Aholi asosan qishloq xo‘jaligi, chorvachilik, sanoat hamda kichik biznes faoliyati bilan shug‘ullanadi.

Mahalla tog‘oldi hududlariga yaqin joylashgani sababli toza havo va salqin iqlimga ega bo‘lib, yashash uchun qulay tabiiy sharoit yaratadi. Bu esa aholi salomatligi va turmush sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Mahalla hududining umumiy yer maydoni 156 gektarni tashkil etadi. Hududda 926 ta xonadon mavjud bo‘lib, ularda jami 1109 ta oila istiqomat qiladi.

Aholining etnik tarkibi asosan o‘zbeklardan iborat bo‘lib (3853 kishi), shuningdek, tatar (16 kishi), tojik (1kishi), tatar (1 kishi) va qirg‘iz (2 kishi) millatiga mansub fuqarolar ham istiqomat qiladi. Bu esa mahallada millatlararo totuvlik va hamjihatlik muhitini shakllantiradi.

Mahalla hududida 1 ta davlat va 1 ta nodavlat maktab, shuningdek 5 ta davlat maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyat yuritadi.

Navbahor MFY — Zomin tumani hududidagi muhim va rivojlanib borayotgan mahallalardan biridir. Aholi asosan qishloq xo‘jaligi, chorvachilik, sanoat hamda kichik biznes faoliyati bilan shug‘ullanadi. Mahalla tog‘oldi hududlariga yaqin joylashgani sababli toza havo va salqin iqlimga ega bo‘lib, yashash uchun qulay tabiiy sharoit yaratadi. Bu esa aholi salomatligi va turmush sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Mahalla hududining umumiy yer maydoni 311 gektarni tashkil etadi. Hududda 846 ta xonadon mavjud bo‘lib, ularda jami 1268 ta oila istiqomat qiladi.Shuningdek mahalla hududuida 10 ta ko‘p qavatli uylar mavjud bo‘lib ,120 nafar oilalar ko‘p qavatli uylarda istiqomat qiladi. Aholining etnik tarkibi asosan o‘zbeklardan iborat bo‘lib (4279 kishi), shuningdek, tatar (7 kishi), tojik (2kishi),qozoq (1 kishi) va qirg‘iz (61 kishi) millatiga mansub fuqarolar ham istiqomat qiladi. Bu esa mahallada millatlararo totuvlik va hamjihatlik muhitini shakllantiradi. Mahalla hududida 1 ta davlat va 1 ta nodavlat maktab, shuningdek 4 ta davlat maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyat yuritadi.

Xalqabod MFY

Xalqabod MFY — Zomin tumani hududidagi muhim va rivojlanib borayotgan mahallalardan biridir. Aholi asosan qishloq xo‘jaligi, chorvachilik, sanoat hamda kichik biznes faoliyati bilan shug‘ullanadi. Mahalla tog‘oldi hududlariga yaqin joylashgani sababli toza havo va salqin iqlimga ega bo‘lib, yashash uchun qulay tabiiy sharoit yaratadi. Bu esa aholi salomatligi va turmush sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Mahalla hududining umumiy yer maydoni 282 gektarni tashkil etadi. Hududda 1348 ta xonadon mavjud bo‘lib, ularda jami 1405 ta oila istiqomat qiladi.Shuningdek mahalla hududuida 14 ta ko‘p qavatli uylar mavjud bo‘lib ,358 ta oilalar ko‘p qavatli uylarda istiqomat qiladi. Aholining etnik tarkibi asosan o‘zbeklardan iborat bo‘lib (7004 kishi), shuningdek, rus (12 kishi), tojik (1 kishi),qozoq (1 kishi) va qirg‘iz (24 kishi) millatiga mansub fuqarolar ham istiqomat qiladi. Bu esa mahallada millatlararo totuvlik va hamjihatlik muhitini shakllantiradi. Mahalla hududida 1 ta davlat maktabi, 5 ta maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyat yuritadi, bulardan 2 tasi davlat maktabgacha ta’lim muassasasi, 3 tasi nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi hisoblanadi.

Qo‘rg‘on MFY

Qo‘rg‘on MFY — Zomin tumani hududidagi muhim va rivojlanib borayotgan mahallalardan biridir. Aholi asosan qishloq xo‘jaligi, chorvachilik, sanoat hamda kichik biznes faoliyati bilan shug‘ullanadi. Mahalla tog‘oldi hududlariga yaqin joylashgani sababli toza havo va salqin iqlimga ega bo‘lib, yashash uchun qulay tabiiy sharoit yaratadi. Bu esa aholi salomatligi va turmush sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Mahalla hududining umumiy yer maydoni 241 gektarni tashkil etadi. Hududda 1350 ta xonadon mavjud bo‘lib, ularda jami 1505 ta oila istiqomat qiladi. Aholining etnik tarkibi asosan o‘zbeklardan iborat bo‘lib (6461 kishi), shuningdek, tatar (16 kishi), tojik (26 kishi), rus (6 kishi) va qirg‘iz (1 kishi) koreys (6 kishi) millatiga mansub fuqarolar ham istiqomat qiladi. Bu esa mahallada millatlararo totuvlik va hamjihatlik muhitini shakllantiradi. Mahalla hududida 1 ta davlat va 1 ta davlat maktabgacha ta’lim muassasasi, 8 ta nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi  faoliyat yuritadi.

G‘ofur G‘ulom MFY

G‘ofur G‘ulom MFY — Zomin tumani hududidagi muhim va rivojlanib borayotgan mahallalardan biridir. Aholi asosan qishloq xo‘jaligi, chorvachilik, sanoat hamda kichik biznes faoliyati bilan shug‘ullanadi. Mahalla tog‘oldi hududlariga yaqin joylashgani sababli toza havo va salqin iqlimga ega bo‘lib, yashash uchun qulay tabiiy sharoit yaratadi. Bu esa aholi salomatligi va turmush sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Mahalla hududining umumiy yer maydoni 86 gektarni tashkil etadi. Hududda 738 ta xonadon mavjud bo‘lib, ularda jami 1167 ta oila istiqomat qiladi. Aholining etnik tarkibi asosan o‘zbeklardan iborat bo‘lib (2414 kishi), shuningdek, tatar (8 kishi), tojik (17kishi),koreys (2 kishi) (1 kishi) va qirg‘iz (37 kishi) millatiga mansub fuqarolar ham istiqomat qiladi. Bu esa mahallada millatlararo totuvlik va hamjihatlik muhitini shakllantiradi. Mahalla hududida 2 ta davlat va 4 ta davlat maktabgacha ta’lim muassasasi, 2 ta nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi  faoliyat yuritadi.

Birlik MFY

Birlik MFY — Zomin tumani hududidagi muhim va rivojlanib borayotgan mahallalardan biridir. Aholi asosan qishloq xo‘jaligi, chorvachilik, sanoat hamda kichik biznes faoliyati bilan shug‘ullanadi.

Mahalla tog‘oldi hududlariga yaqin joylashgani sababli toza havo va salqin iqlimga ega bo‘lib, yashash uchun qulay tabiiy sharoit yaratadi. Bu esa aholi salomatligi va turmush sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Mahalla hududining umumiy yer maydoni 186 gektarni tashkil etadi. Hududda 612 ta xonadon mavjud bo‘lib, ularda jami 947 ta oila istiqomat qiladi. Aholining etnik tarkibi asosan o‘zbeklardan iborat bo‘lib 3909 kishi istiqomat qiladi. Mahalla hududida 1 ta davlat maktabi va 1 ta nodavlat maktab, shuningdek 3 ta davlat maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyat yuritadi.

Beshkubi MFY

Beshkubi MFY — Zomin tumani hududidagi muhim va rivojlanib borayotgan mahallalardan biridir. Aholi asosan qishloq xo‘jaligi, chorvachilik, sanoat hamda kichik biznes faoliyati bilan shug‘ullanadi. Mahalla tog‘oldi hududlariga yaqin joylashgani sababli toza havo va salqin iqlimga ega bo‘lib, yashash uchun qulay tabiiy sharoit yaratadi. Bu esa aholi salomatligi va turmush sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Mahalla hududining umumiy yer maydoni 3220 gektarni tashkil etadi. Hududda 1112 ta xonadon mavjud bo‘lib, ularda jami 1705 ta oila istiqomat qiladi. Aholining etnik tarkibi asosan o‘zbeklardan iborat bo‘lib (7013 kishi), shuningdek, va qirg‘iz (1930 kishi) millatiga mansub fuqarolar ham istiqomat qiladi. Bu esa mahallada millatlararo totuvlik va hamjihatlik muhitini shakllantiradi. Mahalla hududida 6 ta davlat va 8 ta davlat maktabgacha ta’lim muassasasi, 1 ta nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi  faoliyat yuritadi.

Gulshan MFY

Gulshan MFY — Zomin tumani hududidagi muhim va rivojlanib borayotgan mahallalardan biridir. Aholi asosan qishloq xo‘jaligi, chorvachilik bilan shug‘ullanadi. Mahalla tog‘oldi hududlariga yaqin joylashgani sababli toza havo va salqin iqlimga ega bo‘lib, yashash uchun qulay tabiiy sharoit yaratadi. Bu esa aholi salomatligi va turmush sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Mahalla hududining umumiy yer maydoni 5257 gektarni tashkil etadi. Hududda 975 ta xonadon mavjud bo‘lib, ularda jami 1255 ta oila istiqomat qiladi. Aholining etnik tarkibi asosan o‘zbeklardan iborat bo‘lib 5625 kishi istiqomat qiladi. Shulardan  41 nafar qirg‘iz, 10 nafar tatar va 4 nafar boshqa millat vakillari istiqomat qilib kelmoqdalar.shuningdek mahalla hududida yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tqazish uchun 2 ta kichik fudbol maydoni , 1 ta kutibxona faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.   Mahalla hududida 2 ta davlat maktabi va 2 ta nodavlat maktab, shuningdek 5 ta davlat maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyat yuritadi.

Nurlikent MFY

Nurlikent MFY — Zomin tumani hududidagi muhim va rivojlanib borayotgan mahallalardan biridir. Aholi asosan qishloq xo‘jaligi, chorvachilik, sanoat hamda kichik ishlab chiqarish  faoliyati bilan shug‘ullanadi. Mahalla tog‘oldi hududlariga yaqin joylashgani sababli toza havo va salqin iqlimga ega bo‘lib, yashash uchun qulay tabiiy sharoit yaratadi. Bu esa aholi salomatligi va turmush sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Mahalla hududining umumiy yer maydoni 1209 gektarni tashkil etadi. Hududda 807 ta xonadon mavjud bo‘lib, ularda jami 964 ta oila istiqomat qiladi. Aholining etnik tarkibi asosan o‘zbeklardan iborat bo‘lib (5146 kishi), shuningdek, va qirg‘iz (38 kishi) millatiga mansub fuqarolar ham istiqomat qiladi. Bu esa mahallada millatlararo totuvlik va hamjihatlik muhitini shakllantiradi. Mahalla hududida 1 ta davlat va 6 ta davlat maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyat yuritadi.

Galereya

Yuqori