| Ibrohim Hamroqulov | |
Ibrohim Hamroqulov 2008-yilda | |
| Tugʻilgan sanasi: | 1982-yil 28-iyul |
| Tugʻilgan joyi: | Samarqand viloyati, Oʻzbekiston |
| Yashash joyi: | |
| Unvoni: | Grossmeyster |
| Maksimal reytingi: | 2420 (2022-yil, avgust) |
| Hozirgi reytingi : | 2604 (2007-yil, avgust) |
Ibrohim Hamroqulov (1982-yil 28-iyul, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston) — oʻzbekistonlik va ispaniyalik (2005)grossmeyster (2006) darajasidagi shaxmatchi.
Tarjimai holi
Ibrohim Hamroqulov shaxmat boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi jahon va osiyo chempionatlarida bir necha bor Oʻzbekiston erkaklar terma jamoasi sharafini himoya qilgan. 1998-yilda Oropesa del Mar shahrida oʻtkazilgan 16 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan.
Ibrohim Hamroqulovning boshqa shaxsiy muvaffaqiyatlari:
- 2001-yil — Oldenburgda 1-oʻrin;
- 2002-yil — Cáceresda 1-oʻrin, Condomda 1-oʻrin;
- 2004-yil — Malagada va San Lorenzo del Cadezarda 1-oʻrin;
- 2005-yil — Malaga va Cáceresda 1-oʻrin;
- 2006-yil — Condom va Cáceresda 1-oʻrin;
- 2007-yil — Shaxmat boʻyicha Ispaniya chempionatida 3-oʻrin, Benidorm va Albaseteda 1-oʻrin, Salouda 1-oʻrin;
- 2008-yil — Sevillada 2-oʻrin.
IbrohimHamroqulov Ispaniya terma jamoasida safida ham shaxmat olimpiadasida ishtirok etgan:
- 2008-yil — Drezdenda boʻli oʻtgan 38-shaxmat Olimpiadasida toʻrtinchi oʻrin (+2, =1, −3).
Shuningdek, Ispaniya terma jamoasi safida shaxmat boʻyicha Yevropa jamoaviy chempionatida ishtirok etgan:
- 2007-yil — Iraklion shahrida boʻlib oʻtgan 16-jamoaviy shaxmat boʻyicha Yevropa chempionatida toʻrtinchi oʻrinni egallaydi (+1, =4, −1).
U 2000-yilda FIDE tomonidan xalqaro master (IM) unvoniga sazovor boʻldi va olti yildan soʻng grossmeyster (GM) unvoniga loyiq koʻrildi.
- 28-iyulda tugʻilganlar
- 1982-yilda tugʻilganlar
- Shaxmatchilar
- Oʻzbekiston shaxmatchilari
- Yashayotgan insonlar
- Samarqand viloyatidan tugʻilganlar
- Shaxmat grossmeysterlari
- Shaxmat olimpiadasi ishtirokchilari
- Alifbo boʻyicha sportchilar