Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Gerhart Hauptmann (1862.15.11, Oberzalsbrunn — 1946-yil, 6-iyun, Agnetendorf) — nemis yozuvchisi. Nemis adabiyotida naturalizmnk boshlovchilardan. Ilk ijodida i

Gerhart Hauptmann

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Gerhart Hauptmann
Tavalludi 15-noyabr 1862
Vafoti 6-iyun 1946
Ijod qilgan tillari Nemis tili
Fuqaroligi Prussiya qirolligi va Veymar Respublikasi

Gerhart Hauptmann (1862.15.11, Oberzalsbrunn — 1946-yil, 6-iyun, Agnetendorf) — nemis yozuvchisi. Nemis adabiyotida naturalizmnk boshlovchilardan. Ilk ijodida ijtimoiy tanqid, biologiya qonuniyatlarini mutlaqlashtirish ("Kun chiqish oldidan", 1889; "Roza Bernd", 1903; "Kun botish oldidan", 1932, dramalar) sezilarli darajada boʻlsa, keyinroq ramziy ("Choʻkkan qoʻngʻiroq", 1896, drama-ertak), tasavvufga moyil boʻlgan. "Toʻqimachilar" (1892) dramasi Sileziya toʻqimachilari qoʻzgʻoloni haqida. "Qishki ballada" (1917), "Xaloskor Beliy" (1920), "Indipodi" (1920) dramalari, "Buyuk Ona orol" (1924), "Yoshlik davrim sarguzashtlari" (1937) va b. romanlar muallifi. Nobel mukofoti laureata (1912).

Yuqori