Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

José Julián Martí Pérez (28-yanvar, 1853 – 19-may, 1895) — Kuba milliy qahramoni, ispan mustamlakachilariga qarshi milliy ozodlik kurashining gʻoyaviy tashkilot

José Martí

Vikipediya, erkin ensiklopediya
José Martí
Tavalludi
José Julián Martí Pérez

28-yanvar 1858
La Habana, en:Captaincy General of Cuba, Ispan Imperiyasi
Vafoti 19-may 1895-yil(1895-05-19)
(42 yoshda)
Dos Ríos, en:Captaincy General of Cuba, Ispan Imperiyasi
Ijod qilgan tillari Ispan tili
Fuqaroligi Ispaniya va Meksika
Faoliyat turi faylasuf, yozuvchi, jurnalist va tarjimon

José Julián Martí Pérez (28-yanvar, 1853 – 19-may, 1895) — Kuba milliy qahramoni, ispan mustamlakachilariga qarshi milliy ozodlik kurashining gʻoyaviy tashkilotchisi, faylasuf, yozuvchi, jurnalist va tarjimon. Madrid va Saragosa universitetlarini tugatgan. Kuba inqilobiy partiyasi asoschisi (1892—1898). Turli sotsial qatlam vakillarini birlashtirgan bu partiya 24-fevral 1895-yilda boshlangan Kuba milliy ozodlik qoʻzgʻolonini tashkil etishda katta rol oʻynagan. "Abdala" nomli romantik drama (1869), sheʼrlar toʻplamlarining muallifi. 11-aprelda Martí va qoʻzgʻolonning boshqa rahbarlari tushgan kema Oryente viloyatiga kelgan, biroq oradan bir oy oʻtgach, Dosrios yaqinida ispanlar bilan boʻlgan jangda halok boʻlgan.

José Martí haykali (Sofiya, Bolgariya)
Yuqori