Ushbu sahifani Mumtoza Isʼhoqzoda bilan birlashtirish taklif etiladi. (munozara) |
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Tavallud sanasi | 2005-yil 31-dekabr | ||
| Tavallud joyi | Toshkent, | ||
| Daraja | Xalqaro elita | ||
| Bosh murabiy(lar) | Rano Muxamedova | ||
| Assistent murabbiy(lar) | Luiza Gʻaniyeva | ||
| Xoreograf | Maria Axrarova | ||
| Medal record | ||||||||||||||||||||||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Badiiy gimnastika | ||||||||||||||||||||||||||
| Representing Oʻzbekiston | ||||||||||||||||||||||||||
| ||||||||||||||||||||||||||
| Medal soni | ||
|---|---|---|
| Osiyo chempionati | ||
| 2022 Patayya | Jamoaviy | |
| 2022 Patayya | Umumiy guruh | |
| 2022 Patayya | 3ta lenta + 2ta toʻp | |
| 2022 Patayya | 5ta halqa | |
| Islom birdamlik oʻyinlari [yo'qotish] | ||
| 2021 Konya | 5ta halqa | |
| 2021 Konya | Umumiy guruh | |
| 2021 Konya | 3ta lenta + 2ta toʻp | |
| Badiiy gimnastika | ||
Mumtozabonu Mirafzal qizi Isxoqzoda (2005-yil 31-dekabrda tugʻilgan) — oʻzbek badiiy gimnastikachisi, milliy terma jamoa aʼzosi.
Shaxsiy hayoti
Ota-onasining xohishi bilan Mumtozabonu toʻrt yoshida badiiy gimnastika bilan shugʻullana boshlagan. Uning kumiri rossiyalik badiiy gimnastikachi Aleksandra Soldatova. O‘zbekistonda sport ustasiga nomzod unvonini oldi.
Faoliyati
Isxoqzoda Moskvada oʻtkazilgan 1-oʻsmirlar jahon chempionatida debyut qilib, umumjamoa hisobida 11-oʻrin, koʻpkurashda 17-oʻrin, 5 ta lenta bilan 14-oʻrin va 5 ta halqa bilan 20-oʻrinni egalladi.
2022-yilda Toshkentda oʻtkazilgan Jahon kubogida debyut qilib, koʻpkurash va 5 ta halqa bilan kumush hamda 3 ta lenta va 2 ta toʻp bilan oltin medalni qoʻlga kiritdi. Bir haftadan soʻng guruh Bokudagi usobaqada ishtirok etib, koʻpkurashda 6-oʻrinni, 5 ta halqa va 3 ta lenta boʻyicha hamda 2 ta toʻp bilan 7-oʻrinni egalladi. Iyun oyida u Pesaroda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ishtirok etib, koʻpkurashda 8-oʻrinni, 5 ta halqa bilan 7-oʻrinni egalladi. Shundan soʻng u Pattaya shahrida boʻlib oʻtgan badiiy gimnastika boʻyicha Osiyo chempionati ishtirokchisi boʻlib, koʻpkurashda va 3 ta lenta va 2 ta toʻp boʻyicha oltin, 5 ta halqa bilan kumush medalni qoʻlga kiritdi. Avgust oyida Mumtozabonu Koʻniyada boʻlib oʻtgan 2021-yilgi Islom birdamligi oʻyinlarida ishtirok etib, guruh koʻpkurashida kumush, 3 ta lenta va 2 ta toʻp, 5 ta halqa bilan oltin medalni qoʻlga kiritdi.
Sentyabr oyida Ibragimova Sofiya shahrida boʻlib oʻtgan jahon chempionatida Nilufar Azamova, Nargiza Jumaniyozova, Mariya Pak, Shaxzoda Ibragimova, Xurshidabonu Abduraufova hamda ikki nafar yakkalik qatnashuvchilar — Taxmina Ikromova va Yosmina Raximovalar bilan qatnashib, umumiy hisobda 18-oʻrinni va 3 ta lenta + 2 toʻp bilan 20-chi oʻrinni egalladi.
- 31-dekabrda tugʻilganlar
- 2005-yilda tugʻilganlar
- Oʻzbekiston badiiy gimnastikachilari
- Toshkentda tugʻilganlar