Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Jitiqara tumani- Qoʻstanoy viloyatining gʻarbiy tomonida joylashgan. Maydoni 7,3 ming km²ni tashkil etadi. Aholisi 2010-yilgi maʼlumotlarga koʻra 51,15 ming kis

Jitiqara (tuman)

Jitiqara tumani
Жітіқара ауданы
Gerb
Gerb
tuman
Tarkibida Qoʻstanoy viloyati
Maʼmuriy markazi Jitiqara shahri
Asos solingan sanasi 1928-yil
Akim Uteshov Meyram Oʻljabayevich
Rasmiy tillar qozoq, rus
Aholi (2010) 51,15 ming
Zichligi 7 kishi./km²
Millatlar tarkibi qozoqlar — 40,23%
ruslar — 37,34%
ukrainlar — 11,04%
olmonlar — 3,20%
tatarlar — 2,52%
beloruslar — 2,19%
boshqirdlar — 0,69
Dinlar tarkibi musulmonlar, xristianlar
Vaqt mintaqasi UTC+6
Pochta indeksi 110702-110718.
Avtomobil raqami kodi P, 10
Rasmiy sayti http://zhitikara.kostanay.gov.kz/
Xaritada
Jitiqara tumani xaritada
52°0′0″N 61°0′0″E / 52.00000°N 61.00000°E / 52.00000; 61.00000

Jitiqara tumani- Qoʻstanoy viloyatining gʻarbiy tomonida joylashgan. Maydoni 7,3 ming km²ni tashkil etadi. Aholisi 2010-yilgi maʼlumotlarga koʻra 51,15 ming kishini tashkil etadi. Tuman markazi — Jitiqara shahri hisoblanadi.

Iqlimi

Iqlimi keskin kontinental, yanvar oyining oʻrtacha harorati −17 °C, iyulniki 20 °C atrofida boʻladi. Yogʻingarchilikning yillik oʻrtacha miqdori hsarqdan gʻarbga tomon 250 mm-dan 350 mm-gacha oʻzgaradi.

Aholisi

Tuman aholisi 2010-yilgi maʼlumot boʻyicha 51,15 ming kishi, oʻrtacha zichligi 1 km² -ga 8 kisidan toʻgʻri keladi. Aholisining 68 %-i shaharda va shahar uslubidagi qishloqlarda istiqomat qilishadi (Jitiqara shahri va Prigorodniy qishlogʻi). Katta qishloqlari: Toqtarov, Chaykovskoe, Turgenevka, Miqtikoʻl, Milyutinka, Jaltirkoʻl, v.h. Tuman aholisining milliy tarkibi (1-yanvar 2010-yil):

  • qozoqlar — 20 555 kishi (40,23 %)
  • ruslar — 19 076 kishi (37,34 %)
  • ukrainlar — 5 639 kishi (11,04 %)
  • olmonlar — 1 635 kishi (3,20 %)
  • tatarlar — 1 285 kishi (2,52 %)
  • beloruslar — 1 119 kishi (2,19 %)
  • boshqirdlar — 355 kishi (0,69 %)
  • moldavanlar — 205 kishi (0,40 %)
  • chechenlar — 136 kishi (0,27 %)
  • koreyslar — 122 kishi (0,24 %)
  • mordvalar — 112 kishi (0,22 %)
  • ozarbayjonlar — 108 kishi (0,21 %)
  • boshqalari — 742 kishi (1,45 %)
  • Umumiy — 51 089 kishi (100,00 %)

Korxonalari

Sanoati „Kostanayasbest“ aksionerlik jamoati, davlat „Jitiqara jilu energetikaliq kompaniyasi“ gʻaznachilik korxonasi, „Buludov“ xususiy korxonasi, shuningdek non, sut zavodlari, v.h. korxonalari faoliyat yuritmoqda. Jitiqara tumanining qishloq xoʻjaligiga foydalanadigan yeri 440,5 ming ga, shulardan haydalgan eri 259,2 ming ga, yaylovlari 180,0 ming ga (2000).

Ijtimoiy soha

Tumanda 30 ta maktab, 1 madaniyat uyi, 2 ta kutubxona, 1 tuman kasalxonasi, 18 feldsher-akusherlik, 6 shifokor-ambulatoriyalik punktlar faolayt yuritadi. iqtisodiy-ijtimoiy aloqalari Qoʻstanoy — Jitiqara temir yoʻli bilan va Qoʻstanoy — Jitiqara, Jitiqara — Zabelovka, Jitiqara — Volgogradskoe — Jaltirkoʻl avtomobil yoʻllari orqali amalga oshiriladi.

Yuqori