Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Al-Muzaffar Ahmad (arabcha: المظفر أحمد بن الشيخ‎‎; 1419-yil 27-may — 1430) Shayx al-Mahmudiyning oʻgʻli va 1421-yil 13-yanvardan 29-avgustga qadar qisqa muddat

Al-Muzaffar Ahmad

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Al-Muzaffar Ahmad
Misr va Suriya sultoni
Saltanat 1421-yil 13-yanvar — 1421-yil 29-avgust
Oʻtmishdoshi Shayx al-Mahmudiy
Davomchisi Sayfiddin Tatar
Tugʻilishi 27-may 1419-yil
Qohira
Vafoti 1430-yil (10-11 yoshda)
Aleksandriya
Otasi Shayx al-Mahmudiy
Onasi Xavand Saodat

Al-Muzaffar Ahmad (arabcha: المظفر أحمد بن الشيخ‎‎; 1419-yil 27-may — 1430) Shayx al-Mahmudiyning oʻgʻli va 1421-yil 13-yanvardan 29-avgustga qadar qisqa muddat Misrning mamluk sultoni boʻlgan.

Biografiyasi

Al-Muzaffar Ahmad 1421-yil 13-yanvarda, otasining vafotidan keyin 18 oyligida sulton boʻlgan. Amir Sayfiddin Tatar tez orada hokimiyatni mustahkamlab, 1421-yil 29-avgustda yosh sultonni taxtdan tushirdi. U sultonning onasi malika Saodat bilan nikohdan o‘tdi, ammo keyinchalik ajrashib ketdi. Al-Muzaffar Ahmad va ukasi Ibrohim Iskandariyada tutqunlikda saqlanib, har ikkisi ham oʻlatdan vafot etgan. Aka-uka dastlab Iskandariyada dafn etilgan, ammo keyinchalik otasining Qohiradagi maqbarasiga koʻchirilgan.

Adabiyotlar

  • Ibn Taghribirdi. Al-Nujūm al-Zāhirah fī Mulūk Miṣr wa-al-Qāhirah (ar). Egyptian Dar al-Kutub Press in Cairo, 1929. 
Humkdorlik unvoni
Oʻtmishdoshi:
Shayx al-Mahmudiy
Misrning mamluk sultoni
1421-yil 13-yanvar — 1421-yil 29-avgust
Vorisi:
Sayfiddin Tatar
Yuqori