
Toha Husayn (arabcha: طه حسين; 1889.14.11, Yuqori Misr, Magaga shahri yaqinidagi Kilu qishlogʻi — 1973.28.10, Qohira) — arab yozuvchisi, adabiyotshunos va tarixchi (Misr), professor (1919). Qohiradagi Arab tili akademiyasi prezidenti (1965-yildan). „Vafd“ partiyasi aʼzosi (1932). Iskandariya universiteti rektori (1943-1946), Maorif vaziri (1950—1952), 1956-yildan Misr Yozuvchilari ittifoqi raisi.
Toʻrt yoshida koʻr boʻlib qolgan. Arab shoiri va faylasufi Abulaʼlo al-Maarriy ijodi boʻyicha ilmiy tadqiqotlar olib borgan. „Kunlar“ (1—2-kitob, 1929—1939; 3-kitob, 1972), „Kaklik nidosi“ (1934), „Adib“ (1935), „Baxtsizlik daraxti“ (1944), „Yer zahmatkashlari“ (1948) va boshqa asarlar muallifi. Toha Husaynning adabiyotshunoslikka oid „Sheʼriyat va nasr haqida suhbatlar“ (1936), „Hozirgi zamon adabiyotimizdan“ (1958) kabi asarlari ham bor. „Memuarlar“i 1967-yil nashr etilgan. Misr Davlat mukofoti (1959) va „Nilufar“ jur mukofoti (1971) laureati.
Adabiyotlar
- Xalidov A. B., Xudojestvennaya proza Taxa Xuseyna, L., 1954;
- Kotsarev N. K., Pisateli Yegipta. XX vek, M., 1975.
| Shaxsiyat haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
- Nuqsonli RERO identifikatorlari boʻyicha Vikipediya maqolalari
- Shaxsiyatlar haqidagi chala maqolalar
- Adabiyotshunoslar
- Al-Azhar universiteti bitiruvchilari
- Qohira universiteti bitiruvchilari
- Parij universiteti bitiruvchilari
- Minyo muhofazasi