Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Mir Sayyid Ali Hamadoniy tumani yoki Hamadoniy tumani (tojikcha: ноҳияи Мир Сайид Алии Ҳамадонӣ — Tojikiston Respublikasi Xatlon viloyatidagi maʼmuriy birlik. T

Hamadoniy tumani

Hamadoniy tumani
tojikcha: ноҳияи Ҳамадонӣ
tuman
Tegishli Xatlon viloyati
Maʼmuriy markazi Moskva shaharchasi
Hukumat raisi Mirzozoda Nurullo Abdulxay (2023-yildan beri)
Rasmiy tili Tojik tili
Aholi (2022) 154 300
Zichligi 308,6 kishi./km²
Millatlar tarkibi tojiklar
Maydoni 500 km²
Vaqt mintaqasi UTC+5
Qisqacha BA
Kod ISO 3166-2 TJ.KL.
Internet domeni .tj
Avtomobil raqami kodi 03РТ
Rasmiy sayti www.hamadoni.tj
Xaritada
Hamadoniy tumani xaritada
37°39′24″N 69°37′45″E / 37.65667°N 69.62917°E / 37.65667; 69.62917

Mir Sayyid Ali Hamadoniy tumani yoki Hamadoniy tumani (tojikcha: ноҳияи Мир Сайид Алии Ҳамадонӣ — Tojikiston Respublikasi Xatlon viloyatidagi maʼmuriy birlik. Tuman markazi Moskva shaharchasi.

Tarixi

1950-yil 15-sentyabrda Tojikiston SSR Koʻlob viloyati tarkibida Chubak tumani nomi bilan Farxor tumani (maʼmuriy markazi Chubak qishlogʻi) parchalanishi natijasida tashkil topgan.

1952-yil 13-dekabrda Chubak qishlogʻi Moskva qishlogʻi, Chubak tumani esa Moskva tumani deb qayta nomlandi.

1959-yil 4-martda Moskva tumani Shoʻroobod tumani bilan birlashtirib yuborildi.

2004-yil 12-fevralga qadar Moskva tumani deb atalgan. Fors allomasi Mir Sayyid Ali Hamadoniy sharafiga qayta nomlangan.

Aholisi

2016-yil 1-yanvar holatiga aholisi 137 900 kishini tashkil qiladi, shu jumladan shahar aholisi — Moskva shaharchasida 16,7% yoki 22 500 kishi.

Aholining oʻsishi
YilAholi±% y.oʻ.s.
2019146,2—    
2020148,8+1.78%
2021152+2.15%
2022154,3+1.51%

Maʼmuriy-hududiy boʻlinishi

Tuman tarkibiga 1 ta shaharcha — Moskva va 7 ta jamoat: Panjroʻd, Dashtigulo, Mehnatobod, Turdiyev, Chubak, Qahramon kiradi. Ular quyidagilar:

Hamadoniy tumani qishloq jamoalari
Jamoat nomi Aholisi
Moskva, shaharcha22 500
Panjroʻd13 092
Dashtigulo19 331
Mehnatobod21 816
Turdiyev10 385
Chubak18 490
Qahramon18 294
Panjob10,418

Hamadoniy tumani rahbari Tojikiston prezidenti tomonidan tayinlanadigan Hukumat raisi hisoblanadi. Qonun chiqaruvchi organi umumxalq saylovi orqali 5 yilga saylanadigan Xalq deputatlari majlisi sanaladi.

Yuqori