| |||
| Viloyat | |||
|---|---|---|---|
| Tegishli | Tojikiston SSR | ||
| Tarkibida | 1 shahar, 8 tuman, 6 shaharcha | ||
| Maʼmuriy markazi | Koʻlob | ||
| Asos solingan sanasi | 1939—1955 1973—1988 1990—1992 | ||
| Rasmiy tillar | Tojik tili, rus tili | ||
| Aholi (1987) | 570 ming kishi | ||
| Millatlar tarkibi | tojiklar, ruslar | ||
| Dinlar tarkibi | musulmonlar, xristianlar | ||
| Maydoni | 12,0 ming km² | ||
| Vaqt mintaqasi | UTC +5:00 | ||
| Pochta indeksi | 735140 | ||
| Avtomobil raqami kodi | КЮ | ||
| Xaritada | |||
![]() | |||
Koʻlob viloyati (tojikcha: Вилояти Кӯлоб, ruscha: Кулябская область) – 1939—1955, 1973—1988 hamda 1990—1992-yillarda mavjud boʻlgan Tojikiston SSR va Tojikiston Respublikasidagi maʼmuriy-hududiy birlik.
Maydoni – 12,0 ming km². Aholisi – 570 ming kishi (1987-yil), shundan shahar aholisi – 26%. Maʼmuriy jihatdan 8 tuman, 1 shahar va 6 shaharchadan iborat (1987).
Maʼmuriy-markazi – Koʻlob shahri.
Hisor-Oloy tizmasining janubiy etaklarida joylashgan.
Tarixi
Koʻlob viloyati respublikaning dastlabki toʻrt viloyatidan biri boʻlgan. SSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1939-yil 27-oktyabrdagi qaroriga binoan Koʻlob okrugi negizida tuzilgan. Viloyat tarkibiga Koʻlob shahri va Baljuvon, Dangʻara, Dashtijum, Kangurt, Qizil mozor, Kolxozobod, Koʻlob, Moʻminobod, Farxor, Sari Hisor, Xovaling, Shoʻrobod tumanlari kiritilgan.
1944-yil 7-yanvarda Dangʻara tumani yangidan tashkil etilgan Qoʻrgʻontepa viloyatiga oʻtkazilgan. SSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1955-yil 24-avgustdagi qaroriga binoan viloyat tugatilgan, uning tumanlari toʻgʻridan toʻgʻri respublika boshqaruviga oʻtkazilgan.
1973-yil 29-dekabrda Tojikiston SSR Oliy Soveti Prezidiumi qaroriga asosan viloyat qaytadan tashkil qilinadi. Uning tarkibiga Koʻlob shahri, Vosey, Dangʻara, Koʻlob, Leningrad, Moskva, Farxor, Panj, Sovet tumanlari kiritiladi.
1979-yil 6-dekabrda Panj tumani Koʻlob viloyatidan Qoʻrgʻontepa viloyatiga oʻtkaziladi.
1988-yil 8-sentyabrda viloyatning maʼmuriy tumanlari Xatlon viloyati tarkibiga kiritiladi.
1990-yil 24-yanvarda Xatlon viloyati tugatilishi bilan Koʻlob qisqa muddatga qayta tiklanadi va tarkibiga Koʻlob shahri, Vosey, Dangʻara, Koʻlob, Leningrad, Mosva, Farxor, Sovet, Xovali tumanlari kiritiladi. 1992-yil 2-dekabrda nihoyat tugatiladi va qayta tiklangan Xatlon viloyatiga qoʻshib yuboriladi.
Tabiati
Iqlimi – kontinental. Asosiy daryosi – Panj. Moʻminobod, Selbur va boshqa suv omborlari mavjud.
Maʼmuriy-hududiy boʻlinishi
1978-yil holatiga koʻra, Koʻlob viloyati maʼmuriy-hududiy boʻlinishi quyidagicha:
| Tuman | markazi | Tarkibidagi qishloqlar |
|---|---|---|
| Koʻlob shahri | – | |
| Vosey tumani | Vosey shaharchasi | Vosey shaharchasi, Guliston, Lohutiy, Mehnatobod, Michurin, Orol, Paxtaobod, Paxtakor, Tojikiston, Toʻgarak, Xovaling, Shugʻnov qishloq sovetlari |
| Dangʻara tumani | Dangʻara shaharchasi | Dangʻara shaharchasi, Oqsuv, Pushing, Sangtoʻda, Sebiston, Sharipov I. Nomidagi q.s. |
| Koʻlob tumani | Koʻlob sh. | Dahana, Koʻlob, Zarbdor, Ziraki q.s. |
| Leningrad tumani | Leningrad shaharchasi | Leningrad shaharchasi, Boggain, Dashtijum, Qulchashma, „SSSRning 50 yilligi“, Shoʻroobod q.s. |
| Moskva tumani | Moskva shaharchasi | Moskva shaharchasi, Kalinin, Mehnatobod, Qahramon, Turdiyev nomidagi, Chubak q.s. |
| Farxor tumani | Farxor shaharchasi | Farxor shaharchasi, Gulshan, Dehqonariq, Farxor, Komsomol, Vatan, Gʻalaba, Gʻayrat q.s. |
| Panj tumani | Panj shaharchasi | Panj shaharchasi, Arab, Kuldamin, Namuna, Sarmant, Tugul q.s. |
| Sovet tumani | Sovet shaharchasi | Sovet shaharchasi, Boboyunus nomidagi, Kangurt, Koʻshkiya, Tanobchi Vatan q.s. |
Iqtisodiyoti
- Yengil (paxta tozalash, charm-poyabzal), oziq-ovqat (moy press, goʻsht, un qirqish), metallga ishlov berish sanoatlari rivojlangan.
- Tosh tuzi qazib olindi.
- Sugʻorma dehqonchilik rivojlangan. Ular paxta, gʻalla (bugʻdoy, arpa), kartoshka, sabzavot yetishtirishgan. Meva yetishtirish. Uzumchilik. Hisor va qorakoʻl qoʻylarini koʻpaytirish, sogʻin chorvachilik. Ipakchilik.
- Tanobchi-Qizilsuv balneologik va loy kurort zonasi.
- Tojikiston SSR
- Tojikiston SSRning tugatilgan viloyatlari


