Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Uzoqboy Qaramanovich Qaramanov (20-avgust 1937-yil, Qiziloʻrda viloyati – 25-sentyabr 2017-yil, Olmota, Qozogʻiston) – Qozogʻiston davlat arbobi, ilk bosh vazir

Uzakbay Karamanov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Uzakbay Karamanov
 17-Qozoq SSR Vazirlar Kengashi raisi
Mansab davri
1989-yil 27-iyuldan – 1990-yil 20-noyabrgacha
Prezident Nursulton Nazarboyev
Oʻtmishdoshi Nursulton Nazarboyev
Vorisi lavozimi bekor qilingan
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 20-avgust 1937-yil
Orol tumani
Vafoti 25-sentyabr 2017-yil(2017-09-25)
(80 yoshda)
Olmota, Qozogʻiston
Mukofotlari

Uzoqboy Qaramanovich Qaramanov (20-avgust 1937-yil, Qiziloʻrda viloyati – 25-sentyabr 2017-yil, Olmota, Qozogʻiston) – Qozogʻiston davlat arbobi, ilk bosh vazir.

Biografiyasi

1959-yilda Samaradagi qurilish institutini tugatgan;

1961 – SSSR arxitektura va qurilish akademiyasi qoshidagi Oliy muhandislik kursi tinglovchisi.

1960 – „Qiziloʻrdastroy“ qurilish boshqarmasi katta muhandisi.

1961 – 27-sonli qurilish boshqarmasi katta quruvchisi.

1962 – Kommunistik partiya aʼzosi.

1964 – Almatypromstroy qurilish materiallari va qurilmalar boʻlimi direktori;

1966 – Qozoq SSR nazorat va qurilish maʼmuriyati boshligʻi;

1967 – Almatypromstroy № 22-qurilish boshqarmasi boshligʻi

1975 – Qozogʻiston Sovet sotsialistik Respublikasi Ogʻir sanoat vazirligi korxonalari qurilishi bosh boshqarmasi boshligʻi;

1980 – Qozoq SSR yengil sanoati vaziri oʻrinbosari;

1982 – Qozoq SSR Qurilish Kengashi aʼzosi;

1984 – Qozoq SSR ogʻir sanoat va qurilish vazirining birinchi oʻrinbosari;

1987 – Qozoq SSR davlat qurilish qoʻmitasi raisi;

1989 – Qozoq SSR Vazirlar Kengashi Raisining oʻrinbosari;

1990 – Qozoq SSR Bosh vaziri.

1990-1991 – KPSS aʼzosi.

1991 – Qozog'istonRespublikasi prezidentining davlat maslahatchisi;

1993 – Orolni qutqarish Xalqaro Jamgʻarmasi Prezidenti;

1996-yilda Majilis (Parlament)ning atrof-muhit va tabiiy resurslardan foydalanish boʻyicha Qoʻmitasi raisi.

Qozogʻiston Quruvchilar Uyushmasi asoschisi.

2017-yil 25-sentabrda Olmaota shahrida vafot etgan. Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboyev Karamanovning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi. Kensay qabristoniga dafn etilgan.

Mukofotlari

  • 1967 – Qozogʻiston SSR Oliy Prezidiumining Faxriy yorligʻi
  • 1978 – Qozogʻiston SSR Oliy Prezidiumining Faxriy yorligʻi
  • 1985 – "Mehnat faxriysi" medali
  • 1987 – Qozogʻiston SSR Oliy Prezidiumining Faxriy yorligʻi
  • 1991 – Mehnat Qizil Bayroq ordeni
  • 1996 – Xalqaro muhandislik akademiyasi akademigi
  • 1997 – Qozogʻiston muhandislik akademiyasi akademigi
  • 2000 – Qoʻrqit ota nomidagi Qiziloʻrda universiteti faxriy professori
  • 2000 – Qozogʻiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 24-oktabrdagi farmoni bilan 2-darajali „Baris“ ordeni bilan taqdirlangan.
  • 2001 – Olmaota shahri faxriy fuqarosi
  • 2006 – Kazalinskiy tumani faxriy fuqarosi
  • 2007 – Qiziloʻrda viloyati va Orol tumani faxriy fuqarosi
  • 2011 – „Qozogʻiston Respublikasi mustaqilligiga 20 yil“ medali
  • 2013 – Parasat ordeni
  • 2015 – „Qozogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasiga 20 yil“ medali
  • „Oltin globus“ atrof-muhit boʻyicha Yevropa mukofoti laureati
  • „Muhandislik shon-sharafi“ oltin medali (Xalqaro muhandislik akademiyasi, 2016-yil)
Yuqori