- Vikipediyada ismi Nigora va familiyasi Tursunqulova boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
| Nigora Akmalovna Tursunqulova | |
|---|---|
| | |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Fuqaroligi | |
| Tavallud sanasi | 1999-yil 4-aprel Jizzax, Oʻzbekiston |
| Sport | |
| Qaysi sport | taekvondo |
| Sport mukofotlari | ||
|---|---|---|
| Osiyo chempionati | ||
| Bronza | Manila 2016 | 67kg gacha |
| Oltin | Xoshimin 2018 | 67kg gacha |
| Yozgi Osiyo oʻyinlari | ||
| Bronza | Jakarta 2018 | 67kg gacha |
| Butunjahon harbiylar oʻyinlari | ||
| Kumush | Uxan 2019 | 67kg gacha |
Nigora Akmalovna Tursunqulova (1999-yil 4-aprel, Jizzax, Jizzax viloyati, Oʻzbekiston) — oʻzbekistonlik taekvondochi, Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. 2016-yilda Osiyo chempionatida taekvondo boʻyicha bronza medalini, 2018-yilda oltin medalini qoʻlga kiritdi. Xuddi shu yili yana Yozgi Osiyo oʻyinlarida bronza, 2019-yilda esa Butunjahon harbiy oʻyinlarida kumush, shuningdek, Tibadagi taekvondo boʻyicha jahon Gran-prisida bronza medallarini sohibasi boʻldi.
Sportdagi faoliyati
Tursunqulova 2016-yilda Maniladagi (Filippin) taekvondo boʻyicha Osiyo chempionati yarim finalida vyetnamlik Xa Txi Nguyenga magʻlub boʻlib, bronza medalini qoʻlga kiritadi.
Shu yili yana Rio-de-Janeyrodagi XXXI Yozgi Olimpiada oʻyinlari chorak finalida ozarbayjonlik Farida Azizovaga imkoniyatni boy beradi.
Shundan soʻng Nigora Tursunqulova 2018-yilda Jakartada (Indoneziya) boʻlib oʻtgan 2018-yilgi Yozgi Osiyo oʻyinlarida 67 kilogrammgacha vazn toifasida ishtirok etib, bronza medalini qoʻlga kiritadi. U yarim finalda raqibi janubiy koreyalik Kim Jan-Diga imkoniyatni boy beradi. Xuddi shu yili Xoshimindagi (Vyetnam) taekvondo boʻyicha Osiyo chempionatida raqibi iordaniyalik sportchi Juliana Al-Sodiqdan ancha kuchli boʻlib uni magʻlub etdi va oltin medal sohibasiga aylandi.
2019-yilda Uxanda (Xitoy) boʻlib oʻtgan Butunjahon harbiylar oʻyinida 67 kilogrammgacha vazn toifasida ishtirok etib, u finalda xitoylik Chjan Menyuyga imkoniyatni boy beradi va kumush medal oladi. Mazkur yilda Nigora Tursunqulova Tibadagi (Yaponiya) taekvondo boʻyicha jahon Gran-prida 67 kilogrammgacha vazn toifasida yarim finalda ishtirok etib, fransiyalik raqibi Magda Vit-Enenga imkoniyatni boy beradi va bronza medali sohibasi boʻladi.
2021-yilda Ommonda (Iordaniya) oʻtkazilgan Osiyo qitʼa sportchilari uchun taekvondo boʻyicha Yoʻllanma turnirida u 2020-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlari uchun yoʻllanmani qoʻlga kiritadi.
Nigora Tokiodagi (Yaponiya) 2020-yilgi XXXII Yozgi Olimpiya oʻyinlarida bokschi Bahodir Jalolov bilan birga Oʻzbekiston terma jamoasi bayroqdoriga aylanishdi. Tokiodagi oʻyinlarda u 67 kilogrammgacha vazn toifasida ishtirok etdi va 1/8 finalda xitoyli raqibi Chjan Menʼyuy bilan toʻqnashib, 9:12 hisobida magʻlub boʻldi.
- 4-aprelda tugʻilganlar
- 1999-yilda tugʻilganlar
- Jizzaxda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- 2016-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi tekvondochilari
- 2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi tekvondochilari
- 2018-yilgi Osiyo oʻyinlari taekvondochilari
- 21-asrda Oʻzbekiston ayol sportchilari
- Osiyo oʻyinlarida taekvondo boʻyicha sovrindorlar
- Oʻzbekistonlik ayol taekvondochilar