| Arbil bekligi turkcha: Erbil Beyliği | ||||
| ||||
|---|---|---|---|---|
| Poytaxti | Arbil | |||
| Til(lar)i | Turk tili | |||
| Dini | Islom | |||
| Boshqaruv shakli | Mutlaq monarxiya | |||
| Sulola | Begteginliler | |||
| Bek | ||||
| - 1146—?(ilk) | Zeynüddin Ali Küçük | |||
| - ?—1233 (soʻngi) | Muzafferüddin Kökbörü | |||
| Tarix | ||||
| - 1146 | Zeynüddin Ali Küçük beklikka asos soldi | |||
| - 1233 | Muzafferüddin Kökbörüning vorisi boʻlmaganligi sababli beklik Bagʻdod xalifaligiga qoʻshib olingan | |||
Arbil bekligi, Arbil Otabekligi yoki Begteginliler (turkcha: Arbil Beyliği, Arbil Atabeyliği) — 1146-1233-yillar orasida Arbil va tutash hududlarda hukmronlik qilgan markazi Arbil boʻlgan Onadoʻlidagi turk-islom bekligi. Beklikning asoschisi Zeynüddin Ali Küçükdir. Beklik oʻz ismini asoschisining dadasi Begtegindan olgan.
Tarix
Begtegin Saljuqiylar imperiyasining sarkardalaridan hisoblangan. Uning oʻgʻli Zeynüddin Ali Küçük Zangiylar davlatining hukmdori İmadeddin Zengi qoʻl ostida xizmat qilgan va 1144-yilda Mosul hokimi etib tayinlangan. 1146-yilda İmadeddin Zengining vafotidan soʻngra Zeynüddin Ali Küçük Mosul bilan birlikta Şehrizor, Hakkâri, Sincar, El-Hamidiye, Tikrit ve Harran hududlarini oʻz hokimiyatiga qoʻshib olgan. Bu voqeadan soʻng, markazi Arbil boʻlgan Arbil bekligiga asos solingan.
1233-yilda beklikning soʻnggi beki Muzafferüddin Kökbörü vafot etishi bilan merosxoʻr qolmadi. Shu sababli beklik Bagʻdod xalifaligiga qoʻshib olindi.
- 1146-yilda paydo boʻlganlar
- 1233-yilda yoʻq boʻlganlar
- Onadoʻli bekliklari