Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

„California Gurls“ — amerikalik xonanda Katy Perry hamda reper Snoop Dogg tomonidan hamkorlikda ijro etilgan qoʻshiqdir. Qoʻshiq Perryning Teenage Dream (2010)

California Gurls

Vikipediya, erkin ensiklopediya
„California Gurls“
Katy Perry (Snoop Dogg bilan hamkorlikda) singli
Teenage Dream albomidan
Chiqarilgan sanasi 2010-yil 7-may (2010-05-07)
Format
  • CD
  • Raqamli oʻlaroq koʻchirib olish
Yozib olingan 2009
Studiya Conway Recording Studios, (Hollywood, Kaliforniya)
Janr
  • Disco-pop
  • funk-pop
Davomiyligi 3:56
Leybl Capitol
Qoʻshiq muallif(lar)i
Prodyuser(lar)
  • Dr. Luke
  • Benny Blanco
  • Max Martin
Katy Perry xronologiyasi
„If We Ever Meet Again“
(2009)
„California Gurls“
(2010)
„Teenage Dream“
(2010)

„California Gurls“ — amerikalik xonanda Katy Perry hamda reper Snoop Dogg tomonidan hamkorlikda ijro etilgan qoʻshiqdir. Qoʻshiq Perryning Teenage Dream (2010) nomli uchinchi studiyaviy albomining asosiy singli oʻlaroq chiqarilgan. Qoʻshiq matnini Perry, Snoop Dogg, Bonnie McKee, Dr. Luke va Max Martin yozishgan. Perryning soʻzlariga koʻra, „California Gurls“ qoʻshigʻi Jay-Z va Alicia Keys hamkorlikda ijro etgan „Empire State of Mind“ (2009) qoʻshigʻi uchun javob qoʻshigʻidir.

„California Gurls“ ashulasi musiqa tanqidchilari tomonidan xush qarshilangan. Billboard Hot 100 chartida ketma-ket olti hafta davomida birinchi pogʻonani egallab turgan. AQShdan tashqari, yana yetti mamlakat chartlarida ham birinchi pogʻonaga koʻtarilgan. 2010-yili Kanadada yilning eng savdosi chaqqon qoʻshigʻi deb topilgan. Bundan tashqari, toʻqqiz mamlakatda platina sertifikati bilan taqdirlangan.

Qoʻshiq uchun klip ham olingan boʻlib, unga Mathew Cullen rejissorlik qilgan. Klip 2010-yilning 15-iyunida omma eʼtiboriga havola etilgan. Klip voqealari „Candyfornia“ („Candy“ („Shirinlik“) va „California“ („Kaliforniya“) soʻzlari birlashmasi) nomli xayoliy shaharda boʻlib oʻtadi.

2010-yilning 2-dekabrida qoʻshiq „Eng yaxshi pop hamkorligi“ nominatsiyasida Grammy mukofoti bilan taqdirlangan.

Perry 2011-yilda California Dreams Tour gastrolida „California Gurls“ ashulasini ijro etmoqda.

Trek-list

  • Digital download
  1. „California Gurls“ (Snoop Dogg bilan hamkorlikda) — 3:56
  • CD single
  1. „California Gurls“ (featuring Snoop Dogg) — 3:56
  2. „Hot n Cold“ (Yelle Remix) — 4:07
  • US digital download — remix EP
  1. „California Gurls“ (Armand Van Helden Remix) — 5:48
  2. „California Gurls“ (Innerpartysystem Main Mix) — 4:27
  3. „California Gurls“ (Manhattan Clique Long Beach Mix) — 7:00
  • UK digital download — remix EP
  1. „California Gurls“ (MSTRKRFT Main Mix) — 3:59
  2. „California Gurls“ (Innerpartysystem Main Mix)  — 4:27
  3. „California Gurls“ (Manhattan Clique Long Beach Mix)  — 7:00

Chartlar

Yuqori