Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Qizil chittak (inglizcha: Red Sparrow — „Qizil chumchuq“) 2018-yilda ekranlarga chiqqan, Francis Lawrence tomonidan suratga olingan, Jason Matthews qalamiga man

Qizil chittak

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Qizil chittak
Red Sparrow

Film posteri
Rejissyor(lar) Francis Lawrence
Prodyuser(lar)
  • Peter Chernin
  • Steven Zaillian
  • Jenno Topping
  • David Ready
Ssenariy
muallif(lar)i
Justin Haythe
Qaysi asarga
asoslangan
Red Sparrow
Rollarda
Bastakor(lar) James Newton Howard
Operator(lar) Jo Willems
Montajyor(lar) Alan Edward Bell
Studiya
Distribyutor 20th Century Fox
Premyera
sanasi
  • 2018-yil 1-mart (2018-03-01) (Oʻzbekiston)
  • 2018-yil 2-mart (2018-03-02) (AQSh)
Davomiylik 140 daqiqa
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSH
Til inglizcha
Byudjet $69 million
Daromad $151.6 million

Qizil chittak (inglizcha: Red Sparrow — „Qizil chumchuq“) 2018-yilda ekranlarga chiqqan, Francis Lawrence tomonidan suratga olingan, Jason Matthews qalamiga mansub hamda 2013-yilda yozilgan shu nomli romaniga asoslangan josuslar haqidagi Amerika triller filmidir. Filmda bosh qahramonlarni Jennifer Lawrence, Joel Edgerton, Matthias Schoenaerts, Charlotte Rampling, Mary-Louise Parker va Jeremy Irons jonlantirishgan.

Qizil chittak filmi premyerasi Oʻzbekistonda 31-may 2018-yilda, Amerika Qoʻshma Shtatlarida esa 2-mart 2018-yilda boʻlib oʻtdi. Rotten Tomatoes kinotanqid saytida bu film haqida 273 ta maqola yigʻilib, ulardan 43 % foizi filmni ijobiy baholadi. Film budjeti $69 millionni tashkil qilib, kartina umumjahon boʻylab $151 million daromad koʻrishga muvaffaq boʻldi.

Jennifer Lawrencening ijrosi tanqidchilar tomonidan yuqori baholandi.

Syujeti

Zamonaviy Rossiyada istiqomat qiluvchi goʻzal Dominika Egorova kasal onasiga gʻamxoʻrlik qiluvchi taniqli balerinadir. U raqs vaqtida jiddiy jarohati tufayli, majburiy ravishda balet truppasidan chetlashtiriladi. Shundan soʻng, amakisi yordami bilan agent boʻlishga qaror qiladi. Maxfiy chittaklar maktabiga taklif qilingan Dominika tez orada ularni ishonchiga kiradi. Natijada maxfiy uyushma tarixidagi eng yaxshi agent boʻlib yetishadi. U keyinchalik Sovet davlatiga xiyonat qilib, Amerika hukumati ichki razvedkasida faoliyat yuritadi.

Rollarda

  • Jennifer Lawrence — Dominika Egorova (sirli nomi DIVA)
  • Joel Edgerton — Nathaniel „Nate“ Nash
  • Jeremy Irons — general Vladimir Andreyevich Korchnoy
  • Matthias Schoenaerts — Ivan Dimitrevich Egorov
  • Charlotte Rampling — Matron
  • Mary-Louise Parker — Senator Stephanie Boucher (sirli nomi SWAN)
  • Ciaran Hinds — Kolonel Aleksey Ivanovich Zyuganov
  • Bill Camp — Marty Gable
  • Hugh Quarshie — Simon Benford
  • Sakina Jaffrey — Trish Forsyth
  • Joely Richardson — Nina Egorova
  • Thekla Reuten — Marta Yelenova
  • Douglas Hodge — Maxim Volontov
  • Sasha Frolova — Anya
  • Kristof Konrad — Dimitriy Ustinov

Relizi

MamlakatPremyera sanasiManba (lar)
AQSH bayrogʻi AQSH2-mart 2018-yil
Buyuk Britaniya bayrogʻi Buyuk Britaniya1-mart 2018-yil
Belgiya bayrogʻi Belgiya28-fevral 2018-yil
Fransiya bayrogʻi Fransiya4-aprel 2018-yil
Italiya bayrogʻi Italiya1-mart 2018-yil
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston31-may 2018-yil

Daromad

Dastlab, 20th Century Fox bu filmni 2017-yil 10-noyabrda chiqarishni rejalashtirgandi. Biroq, ushbu kinokompaniya Murder on the Orient Express klassik detektiv filmini ishlab chiqarganligi tufayli kartina premyerasi 2018-yil martiga kechiktirildi.

Filmning budjeti $69 million boʻlib (shundan $15-20 million Jennifer Lawrencening gonorori boʻlgan), kartina umumjahon boʻylab $151 milliondan oshiq (bundan $46.8 million AQSh va Kanada, $104.7 million esa qolgan mamlakatlarda) daromad koʻrishga muvaffaq boʻldi.

Yuqori