Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Jennifer Shrader Lawrence (talaffuzi: Jennifer Shreydr Lourens; 15-avgust 1990-yilda tugʻilgan) amerikalik aktrisadir. 2013-yilda Time jurnali tuzgan dunyoning

Jennifer Lawrence

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Jennifer Lawrence

Lawrance 2016-yilda
Tavalludi
Jennifer Shrader Lawrence

1990-yil 15-avgust (1990-08-15) (36 yosh)
Indian Hills, Kentucky, AQSh
Fuqaroligi AQSH bayrogʻi AQSH
Kasbi Aktrisa
Faoliyat yillari 2006—hozirgacha
Turmush oʻrtogʻi
Cooke Maroney (turm. 2019)
Bolalari 1

Jennifer Shrader Lawrence (talaffuzi: Jennifer Shreydr Lourens; 15-avgust 1990-yilda tugʻilgan) amerikalik aktrisadir. 2013-yilda Time jurnali tuzgan dunyoning eng nufuzli 100 kishisi roʻyxatiga kiritilgan. Lawrence suratga tushgan filmlar shu kungacha umumjahon boʻylab $6 milliarddan oshiq daromad qilgan.

Lawrence Kentucky shtatining Indian Hills shahrida tavallud topgan. Bolalik chogʻlarida cherkov pyesalari va maktab myuzikllarida turli rollarni ijro etgan. Keyinchalik, oilasi bilan Los Angeles shahriga koʻchib oʻtgan hamda oʻsha paytlarda teleseriallarda suratga tusha boshlagan. The Bill Engvall Show (2007—2009) sitkomida birinchi marta bosh rolni ijro etgan. Garden Party (2008) dramasida ikkinchi darajali rolni oʻynagan. Winter's Bone (2010) mustaqil dramasida jonlantirgan Ree ismli oʻspirin qiz obrazi unga shuhrat keltirgan. Gʻaroyib odamlar filmlar seriyasidagi (2011—2019) Mystique hamda Hayot-mamot oʻyinlari filmlar seriyasidagi (2012—2015) Katniss Everdeen rollari ortidan olamshumul shuhrat qozongan.

Lawrence aktrisa oʻlaroq karyerasi davomida koʻplab nufuzli mukofotlar bilan taqdirlangan. Silver Linings Playbook (2012) romantik filmida jonlantirgan yosh beva ayol roli unga „Eng yaxshi aktrisa“ nominatsiyasida Oscarni olib kelgan va buning ortidan 22 yoshida Oscar bilan taqdirlangan ikkinchi eng yosh aktrisaga aylangan. Shuningdek, American Hustle (2013) qora komediyasidagi Rosalyn Rosenfeld roli ortidan „Eng yaxshi ikkinchi darajali aktrisa“ nominatsiyasida BAFTAga loyiq topilgan. Bundan tashqari, Joy (2015) filmida gavdalantirgan Joy Mangano roli uchun Oltin globusga sohib boʻlgan.

Aktrisalikdan tashqari, Lawrence feministlik bilan shugʻullanadi. 2015-yilda „Boys & Girls Clubs of America“ va „Maxsus olimpiadalar“ tashkilotlarini dastaklovchi Jennifer Lawrence Foundation („Jennifer Lawrence Jamgʻarmasi“) ga asos soldi. 2018-yilda esa Excellent Cadaver nomli produserlik kompaniyasini tuzdi.

Lawrence 2007-yilgi Movieguide mukofoti taqdirlash marosimida.

Hayoti

Jennifer Shrader Lawrence 1990-yil 15-avgustda AQShdagi Kentucky shtatining Indian Hills shahrida tugʻilgan. Otasi Gary qurilish shirkati egasi boʻlgan, onasi Karen (qizlik familiyasi Koch) esa yozgi oromgohda menejer boʻlgan. Jenniferning Ben va Blaine ismli ikkita akasi bor. U Louisville shahridagi Kammerer oʻrta maktabida tahsil olgan.

Filmografiyasi

Lawrence 83-Oscar topshirish marosimida (2011).
Lawrence Toronto xalqaro kinofestivalida (2012).
Lawrence 2014-yilda
dagger Bu belgi film hali ekranlarga chiqarilmaganligini bildiradi.

Kino

Yil Nom Rol Izohlar
2008 Garden Party Tiffany „Tiff“
2008 The Poker House Agnes
2008 The Burning Plain Mariana
2010 Winter's Bone Ree Dolly
2011 Like Crazy Sam
2011 The Beaver Norah
2011 Gʻaroyib odamlar: Birinchi sinf Raven Darkhölme / Mystique
2012 Hayot-mamot oʻyinlari Katniss Everdeen
2012 Silver Linings Playbook Tiffany Maxwell
2012 House at the End of the Street Elissa Cassidy
2013 The Devil You Know Yosh Zoe Hughes
2013 Hayot-mamot oʻyinlari 2 Katniss Everdeen
2013 American Hustle Rosalyn Rosenfeld
2014 Gʻaroyib odamlar: Oʻtgan kelajak Raven Darkhölme / Mystique
2014 Serena Serena Pemberton
2014 Hayot-mamot oʻyinlari 3 Katniss Everdeen
2015 Dior and I Oʻzi Hujjatli film
2015 Hayot-mamot oʻyinlari 4 Katniss Everdeen
2015 Joy Joy Mangano
2016 A Beautiful Planet Sharhlovchi Hujjatli film
2016 Gʻaroyib odamlar: Hal qiluvchi on Raven Darkhölme / Mystique
2016 Passengers Aurora Lane
2017 Mother! Mother
2018 Qizil chittak Dominika Egorova
2019 Gʻaroyib odamlar: Feniks zulmati Raven Darkhölme / Mystique
2021 Yuqoriga qarama Kate Dibiasky
2022 Causeway Lynsey
2023 No Hard Feelings Maddie

Televideniye

Yil (lar) Nom Rol Izohlar
2006 Monk Mascot Qism: „Mr. Monk and the Big Game“
2007 Cold Case Abby Bradford Qism: „A Dollar, a Dream“
2007-2008 Medium Young Allison / Claire Chase 2 ta qism
2007-2009 The Bill Engvall Show Lauren Pearson Asosiy rol
2013 Saturday Night Live Oʻzi Qism: „Jennifer Lawrence/The Lumineers“
2017 Jimmy Kimmel Live! Oʻzi Qism: „November 2, 2017“

Musiqiy videolar

Yil Nomi Artist Rol Manba(lar)
2010 „The Mess I Made“ Parachute Yosh ayol

Mukofotlari

Manba: IMDb

Mukofotlar va nomzodliklar
Mukofot Yil Turkum Film Natija
AACTA International Award 2013 Eng yaxshi ayol rol Silver Linings Playbook Gʻolib boʻlgan
2014 Eng yaxshi ikkinchi darajali ayol rol American Hustle Gʻolib boʻlgan
Oscar 2011 Eng yaxshi ayol rol Winter's Bone Nomzodlikka qoʻyilgan
2013 Eng yaxshi ayol rol Silver Linings Playbook Gʻolib boʻlgan
2014 Eng yaxshi ikkinchi darajali ayol rol American Hustle Nomzodlikka qoʻyilgan
2016 Eng yaxshi ayol rol Joy Nomzodlikka qoʻyilgan
Austin Film Critics Association 2012 Eng yaxshi aktrisa Silver Linings Playbook Gʻolib boʻlgan
Australian Film Institute 2013 Eng yaxshi ayol rol Silver Linings Playbook Nomzodlikka qoʻyilgan
BAFTA 2013 Eng yaxshi ayol rol Silver Linings Playbook Nomzodlikka qoʻyilgan
2014 Eng yaxshi ikkinchi darajali ayol rol American Hustle Gʻolib boʻlgan
Broadcast Film Critics Association Awards 2011 Eng yaxshi yosh aktrisa Winter's Bone Nomzodlikka qoʻyilgan
Eng yaxshi ayol rol Nomzodlikka qoʻyilgan
2013 Eng yaxshi ayol rol Silver Linings Playbook Nomzodlikka qoʻyilgan
Eng yaxshi ayol rol (jangari filmlarda) Hayot-mamot oʻyinlari Gʻolib boʻlgan
Eng yaxshi ayol rol v komedii Silver Linings Playbook Gʻolib boʻlgan
2014 Eng yaxshi ayol rol (jangari filmlarda) Hayot-mamot oʻyinlari 2 Nomzodlikka qoʻyilgan
Eng yaxshi ikkinchi darajali ayol rol American Hustle Nomzodlikka qoʻyilgan
Eng yaxshi aktyorlar ansambli Gʻolib boʻlgan
Capri, Hollywood 2012 Eng yaxshi aktyorlar ansambli Silver Linings Playbook Gʻolib boʻlgan
Central Ohio Film Critics Association 2011 Boʻsa Winter's Bone 2-oʻrin
Eng yaxshi ayol rol 2-oʻrin
2013 Eng yaxshi ayol rol Silver Linings Playbook Gʻolib boʻlgan
Chicago kinotanqidlar assotsiatsiya 2010 Eng yaxshi ayol rol Winter's Bone Nomzodlikka qoʻyilgan
Eng istiqbolli aktyor Gʻolib boʻlgan
2013 Eng yaxshi ayol rol Silver Linings Playbook Nomzodlikka qoʻyilgan
2014 Eng yaxshi ikkinchi darajali ayol rol American Hustle Nomzodlikka qoʻyilgan
Chlotrudis Awards 2011 Eng yaxshi ayol rol Winter's Bone Nomzodlikka qoʻyilgan
Dallas-Fort Worth Film Critics Association Awards 2010 Eng yaxshi ayol rol Winter's Bone 2-oʻrin
2012 Eng yaxshi ayol rol Silver Linings Playbook 2-oʻrin
Imperia 2011 Eng yaxshi debyut Winter's Bone Nomzodlikka qoʻyilgan
2013 Eng yaxshi ayol rol Hayot-mamot oʻyinlari Gʻolib boʻlgan
2014 Eng yaxshi ayol rol Hayot-mamot oʻyinlari 2 Nomzodlikka qoʻyilgan
Eng yaxshi ikkinchi darajali ayol rol American Hustle Nomzodlikka qoʻyilgan
2016 Eng yaxshi ayol rol Hayot-mamot oʻyinlari 4 Nomzodlikka qoʻyilgan
Florida Film Critics Circle Awards 2010 Pauline Kael Breakout Award Winter's Bone Gʻolib boʻlgan
2014 Eng yaxshi ikkinchi darajali ayol rol American Hustle 2-oʻrin
Oltin globus 2011 Eng yaxshi ayol rol — drama Winter's Bone Nomzodlikka qoʻyilgan
2013 Eng yaxshi ayol rol — komediya yoki myuzikl Silver Linings Playbook Gʻolib boʻlgan
2014 Eng yaxshi ayol rol — Kinofilm American Hustle Gʻolib boʻlgan
2016 Eng yaxshi ayol rol — komediya yoki myuzikl Joy Gʻolib boʻlgan
Gotham Awards 2010 Boʻsa Winter's Bone Gʻolib boʻlgan
Eng yaxshi aktyorlar ansambli Gʻolib boʻlgan
2012 Eng yaxshi aktyorlar ansambli Silver Linings Playbook Nomzodlikka qoʻyilgan
Independent Spirit 2011 Eng yaxshi ayol rol Winter's Bone Nomzodlikka qoʻyilgan
2013 Eng yaxshi ayol rol Silver Linings Playbook Gʻolib boʻlgan
Irish Film and Television Awards 2011 Eng yaxshi ayol rol v inostrannom filme Winter's Bone Nomzodlikka qoʻyilgan
2013 Eng yaxshi ayol rol Silver Linings Playbook Nomzodlikka qoʻyilgan
Kansas City Film Critics Circle Awards 2013 Eng yaxshi ayol rol Silver Linings Playbook Gʻolib boʻlgan
Las Vegas Film Critics Society Awards 2010 Filmdagi yosh aktrisa Winter's Bone Nomzodlikka qoʻyilgan
Eng yaxshi ayol rol Nomzodlikka qoʻyilgan
2012 Eng yaxshi ayol rol Silver Linings Playbook Gʻolib boʻlgan
London Critics Circle Film Awards 2011 Yil aktrisasi Winter's Bone Nomzodlikka qoʻyilgan
2013 Yil aktrisasi Silver Linings Playbook Nomzodlikka qoʻyilgan
2014 Ikkinchi darajali aktrisa American Hustle Nomzodlikka qoʻyilgan
Los Angeles Film Critics Association Awards 2010 Eng yaxshi ayol rol Winter's Bone 2-oʻrin
2012 Eng yaxshi ayol rol Silver Linings Playbook Gʻolib boʻlgan
Los Angeles Film Festival 2008 Eng yaxshi aktrisa The Poker House Gʻolib boʻlgan
MTV Movie Awards 2012 Eng yaxshi boʻsa Hayot-mamot oʻyinlari Nomzodlikka qoʻyilgan
Eng yaxshi qahramon Nomzodlikka qoʻyilgan
Eng yaxshi ansambl Nomzodlikka qoʻyilgan
Eng yaxshi jang Gʻolib boʻlgan
Eng yaxshi ayol rol Gʻolib boʻlgan
2013 Eng yaxshi boʻsa Silver Linings Playbook Gʻolib boʻlgan
Eng yaxshi ayol rol Gʻolib boʻlgan
Eng yaxshi musiqiy lahza Nomzodlikka qoʻyilgan
Eng yaxshi ekranlashtirilgan duet Nomzodlikka qoʻyilgan
Eng yaxshi dahshat House at the End of the Street Nomzodlikka qoʻyilgan
2014 Eng yaxshi boʻsa American Hustle Nomzodlikka qoʻyilgan
Eng yaxshi musiqiy lahza Nomzodlikka qoʻyilgan
Eng yaxshi ayol rol Hayot-mamot oʻyinlari 2 Gʻolib boʻlgan
Eng yaxshi jang Nomzodlikka qoʻyilgan
Sevimli qahramon Nomzodlikka qoʻyilgan
2015 Eng yaxshi ayol rol Hayot-mamot oʻyinlari 3 Nomzodlikka qoʻyilgan
Eng yaxshi musiqiy lahza Gʻolib boʻlgan
Eng yaxshi qahramon Nomzodlikka qoʻyilgan
2016 Eng yaxshi ayol rol Joy Nomzodlikka qoʻyilgan
Eng yaxshi ansambl Hayot-mamot oʻyinlari 4 Nomzodlikka qoʻyilgan
Eng yaxshi ekshn-rol Nomzodlikka qoʻyilgan
Eng yaxshi qahramon Gʻolib boʻlgan
The National Board of Review of Motion Pictures 2010 Boʻsa Winter's Bone Gʻolib boʻlgan
National Society of Film Critics Awards 2013 Eng yaxshi ayol rol Silver Linings Playbook 2-oʻrin
2014 Eng yaxshi ikkinchi darajali ayol rol American Hustle Gʻolib boʻlgan
New York Film Critics Circle Awards 2012 Eng yaxshi ayol rol Hayot-mamot oʻyinlari
Silver Linings Playbook
2-oʻrin
2013 Eng yaxshi ikkinchi darajali ayol rol American Hustle Gʻolib boʻlgan
Online Film Critics Society Awards 2011 Eng yaxshi ayol rol Winter's Bone Nomzodlikka qoʻyilgan
2013 Eng yaxshi ayol rol Silver Linings Playbook Nomzodlikka qoʻyilgan
2014 Eng yaxshi ikkinchi darajali ayol rol American Hustle Nomzodlikka qoʻyilgan
Palm Springs International Film Festival 2011 Yuksalgan yulduz Winter's Bone Gʻolib boʻlgan
2013 Aktyorlar ansambli mukofoti American Hustle Gʻolib boʻlgan
People's Choice Awards 2012 Sevimli superqahramon Gʻaroyib odamlar: Birinchi sinf Nomzodlikka qoʻyilgan
Sevimli aktyorlar ansambli Nomzodlikka qoʻyilgan
2013 Luchshee vzaimoponimanie Hayot-mamot oʻyinlari Gʻolib boʻlgan
Sevimli aktrisa Gʻolib boʻlgan
Sevimli qahramon Gʻolib boʻlgan
2015 Sevimli aktrisa Gʻaroyib odamlar: Oʻtgan kelajak Gʻolib boʻlgan
Jangari filmlardagi sevimli aktrisa Gʻolib boʻlgan
2017 Sevimli aktrisa Gʻaroyib odamlar: Apokalipsis Gʻolib boʻlgan
Jangari filmlardagi sevimli aktrisa Nomzodlikka qoʻyilgan
2018 Dramatik film yulduz Qizil chittak Nomzodlikka qoʻyilgan
Ayol film yulduz Nomzodlikka qoʻyilgan
Phoenix Film Critics Society Awards 2010 Boʻsa Winter's Bone Nomzodlikka qoʻyilgan
Eng yaxshi aktrisa Nomzodlikka qoʻyilgan
2012 Eng yaxshi aktyorlar ansambli Silver Linings Playbook Nomzodlikka qoʻyilgan
Eng yaxshi ayol rol Nomzodlikka qoʻyilgan
Prism Awards 2011 Boʻsa Winter's Bone Nomzodlikka qoʻyilgan
San Diego Film Critics Society Awards 2010 Eng yaxshi aktyorlar ansambli Winter's Bone Nomzodlikka qoʻyilgan
Eng yaxshi ayol rol Gʻolib boʻlgan
2013 Eng yaxshi ayol rol Silver Linings Playbook Nomzodlikka qoʻyilgan
2014 Eng yaxshi aktyorlar ansambli American Hustle Gʻolib boʻlgan
Eng yaxshi ikkinchi darajali ayol rol Nomzodlikka qoʻyilgan
Santa Barbara International Film Festival 2013 Yil aktrisasi Hayot-mamot oʻyinlari Gʻolib boʻlgan
Sputnik 2011 Eng yaxshi ayol rol (drama) Winter's Bone Nomzodlikka qoʻyilgan
2013 Eng yaxshi ayol rol Silver Linings Playbook Gʻolib boʻlgan
2014 Eng yaxshi ikkinchi darajali ayol rol American Hustle Nomzodlikka qoʻyilgan
Saturn 2013 Eng yaxshi aktrisa Hayot-mamot oʻyinlari Gʻolib boʻlgan
2014 Eng yaxshi aktrisa Hayot-mamot oʻyinlari 2 Nomzodlikka qoʻyilgan
2015 Eng yaxshi aktrisa Hayot-mamot oʻyinlari 3 Nomzodlikka qoʻyilgan
2017 Eng yaxshi aktrisa Passengers Nomzodlikka qoʻyilgan
Screen Actors Guild Award ili SAG Awards 2011 Eng yaxshi ayol rol Winter's Bone Nomzodlikka qoʻyilgan
2013 Eng yaxshi aktyorlar tarkibi (oʻyin haqidagi filmda) Silver Linings Playbook Nomzodlikka qoʻyilgan
Eng yaxshi ayol rol Gʻolib boʻlgan
2014 Eng yaxshi aktyorlar tarkibi (oʻyin haqidagi filmda) American Hustle Gʻolib boʻlgan
Eng yaxshi ikkinchi darajali ayol rol Nomzodlikka qoʻyilgan
Seattle International Film Festival 2010 Eng yaxshi ayol rol Winter's Bone Gʻolib boʻlgan
Southeastern Film Critics Association Awards 2010 Eng yaxshi ayol rol Winter's Bone 2-oʻrin
2012 Eng yaxshi ayol rol Silver Linings Playbook Gʻolib boʻlgan
Stokgolm xalqaro film festivali 2010 Eng yaxshi ayol rol Winter's Bone Gʻolib boʻlgan
Teen Choice Awards 2011 Tanlov: Eng yaxshi ekran kimyosi Gʻaroyib odamlar: Birinchi sinf Nomzodlikka qoʻyilgan
Tanlov: Ayollar sovrini Nomzodlikka qoʻyilgan
2012 Tanlov: Eng yaxshi ekran kimyosi Hayot-mamot oʻyinlari Gʻolib boʻlgan
Tanlov: Eng yaxshi boʻsa Gʻolib boʻlgan
Tanlov: Aktrisa — Fantastika / Fentezi Gʻolib boʻlgan
2014 Tanlov: Aktrisa — Drama American Hustle Nomzodlikka qoʻyilgan
Tanlov: Aktrisa — Fantastika / Fentezi Hayot-mamot oʻyinlari 2, Gʻaroyib odamlar: Oʻtgan kelajak Gʻolib boʻlgan
Tanlov: Eng yaxshi boʻsa Hayot-mamot oʻyinlari 2 Nomzodlikka qoʻyilgan
2015 Tanlov: Aktrisa — Fantastika / Fentezi Hayot-mamot oʻyinlari 3 Gʻolib boʻlgan
Tanlov: Eng yaxshi boʻsa Nomzodlikka qoʻyilgan
2016 Tanlov: Aktrisa — Drama Joy Gʻolib boʻlgan
Tanlov: Aktrisa — Fantastika / Fentezi Hayot-mamot oʻyinlari 4 Gʻolib boʻlgan
Tanlov: Eng yaxshi ekran kimyosi Nomzodlikka qoʻyilgan
Tanlov: Eng yaxshi boʻsa Gʻolib boʻlgan
Toronto Film Critics Association Awards 2011 Eng yaxshi ayol rol Winter's Bone Gʻolib boʻlgan
2014 Eng yaxshi ikkinchi darajali ayol rol American Hustle Gʻolib boʻlgan
Vancouver Film Critics Circle 2011 Eng yaxshi ayol rol Winter's Bone Gʻolib boʻlgan
2013 Eng yaxshi ayol rol Silver Linings Playbook Nomzodlikka qoʻyilgan
2014 Eng yaxshi ikkinchi darajali ayol rol American Hustle Gʻolib boʻlgan
Venesiya film festivali 2008 Priz imeni Марчелло Мастроянни The Burning Plain Gʻolib boʻlgan
Washington DC Area Film Critics Association Awards 2010 Eng yaxshi ayol rol Winter's Bone Gʻolib boʻlgan
2012 Eng yaxshi ayol rol Silver Linings Playbook Nomzodlikka qoʻyilgan
2014 Eng yaxshi ikkinchi darajali ayol rol American Hustle Nomzodlikka qoʻyilgan
Eng yaxshi aktyorlar ansambli Nomzodlikka qoʻyilgan
Young Artist Awards 2009 Eng yaxshi yosh aktrisa (teleserialda) (komediya yoki drama) The Bill Engvall Show Nomzodlikka qoʻyilgan
Eng yaxshi yosh aktrisa (teleserialda) Gʻolib boʻlgan
2011 Eng yaxshi yosh aktrisa Winter's Bone Nomzodlikka qoʻyilgan
Yuqori