- Vikipediyada ismi Olim va familiyasi Aminov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Aminov Olim Moʻminovich (1906-yil, Qoʻqon – 1981-yil 22-oktabr, Toshkent) – iqtisodchi olim, Oʻzbekiston fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1968), iqtisod fanlari direktori (1955), professor (1959), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1964). 1930-yilda Samarqanddagi Oʻzbekiston pedagogika akademiyasini tugatgan. Qoʻqondagi davlat paxtachilik institutining tashkilotchisi va direktori (1931 – 1934), Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika institutida (1934 – 1939), 1939 – 1966 yillarda Toshkent toʻqimachilik, xalq xoʻjaligi institutlarida oʻqituvchi, kafedra mudiri, Oʻzbekiston fanlar akademiyasi Iqtisod instituti direktori (1945 – 1948), Toshkent Davlat Universiteti huzuridagi Ijtimoiy fanlar oʻqituvchilari malakasini oshirish institutining direktori (1966 – 1969), keyinchalik Toshkent xalq xoʻjaligi institutida kafedra mudiri boʻlgan. Asosiy ilmiy ishlari, Oʻrta Osiyo va Oʻzbekistonning xalq xoʻjaligi tarixi, ularning boshqa hududlar bilan savdo-iqtisodiy aloqalari masalalariga bagʻishlangan.
| Olim haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arboblari
- 1906-yilda tugʻilganlar
- Qoʻqonda tugʻilganlar
- 1981-yilda vafot etganlar
- 22-oktyabrda vafot etganlar
- Toshkentda vafot etganlar
- Iqtisodchilar
- Oʻzbekistonlik iqtisodchilar
- Olimlar haqidagi chala maqolalar