| Colwill Angliya U-17 terma jamoasi safida, 2019-yil | |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Levi Lamar Samuels Colwill | ||
| Tavallud sanasi | 2003-yil 26-fevral | ||
| Tavallud joyi | Southampton, England | ||
| Boʻyi | 6 fut 2 inches (1.87 m) | ||
| Ampluasi | markaziy himoyachi, chap qanot himoyachisi | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Chelsea | ||
| Raqami | 6 | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| –2021 | Chelsea | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2021– | Chelsea | 23 | (1) |
| 2021–2022 | → Huddersfield Town (ijara) | 29 | (2) |
| 2022–2023 | → Brighton & Hove Albion (ijara) | 17 | (0) |
| Milliy terma jamoa | |||
| 2018–2019 | Angliya U-16 | 7 | (0) |
| 2019 | Angliya U-17 | 5 | (0) |
| 2021 | Angliya U-19 | 3 | (1) |
| 2022– | Angliya U-21 | 11 | (0) |
| 2023– | Angliya | 1 | (0) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2-mart uchun) | |||
Levi Lamar Samuels Colwill (2003-yil 26-fevralda tugʻilgan) – angliyalik professional futbolchisi, Angliya Premyer-ligasining „Chelsea“ klubi va Angliya terma jamoasining himoyachisi.
Shaxsiy hayoti
Levi Lamar Samuels Colwill 2003-yil 26-fevralda Hampshire viloyatining Sautgempton shahrida tugʻilgan.
Colwillning amakilari Barry va Bayron Mason „Sholing“ jamoasi bilan 2014-yilgi FA Vase finalida gʻolib chiqishgan boʻlib, Colvill Wembley stadionida kechgan ushbu uchrashuvda maskot vazifasini bajargan. Yana bir amakisi Daniel Mason ham „Sholing“ jamoasida oʻynaydi va undan tashqari „Southampton“ klubida yordamchi ischilardan biri boʻlib ishlaydi.
Klublardagi karyerasi
Colwill dastlab Jamal Musiala bilan birgalikda Sunday Leaguedagi „City Central“ jamoasi safida oʻynagan, keyinchalik esa „Chelsea“ klubining toʻqqiz yoshgacha boʻlgan futbolchilar jamoasiga qoʻshilgan. U londonliklar bilan birinchi professional shartnomasini 2020-yil fevral oyida, 17 yoshga toʻlgan kuni imzolagan.
2021-yil 25-iyun kuni Colwill Championshipning „Huddersfield Town“ jamoasiga 2021-2022-yilgi mavsum uchun ijaraga berildi. Futbolchi 1-avgust kuni Liga kubogi doirasidagi „Sheffield Wednesday“ klubi bilan uchrashuvda yangi jamoasi tarkibida debyut qildi. Ligadagi ilk oʻyinini esa olti kundan soʻng „Derby County“ bilan safar bahsida oʻtkazdi. 21-avgust kuni u faoliyatidagi birinchi golini kiritdi. Mavsum davomida COVID-19 bilan bir qatorda bir qancha jarohatlardan ham aziyat chekdi. 2022-yil 29-may kuni Colwill 2022-yilgi Championshipning pley-off bahslarining Wembley stadionida kechgan finalda „Huddersfield“ jamoasining „Nottingem Forest“ bilan bahsida avtogol muallifi boʻldi. Bu oʻyindagi yagona golligicha saqlanib qoldi va yakunda jamoasi 1:0 hisobida magʻlub boʻldi.
2022-yilning 5-avgustida Colwill 2022-2023-yilgi mavsum yakuniga qadar boshqa bir Premyer-liga jamoasi „Brighton and Hove Albion“ bilan shartnoma imzoladi. Ikki kundan soʻng „Manchester United“ klubiga qarshi oʻyinda debyut qildi. Colwill oʻzining Premyer-ligadagi ilk oʻyinini esa 13-noyabr kuni „Aston Villa“ga qarshi oʻz uyida kechgan oʻyinda oʻtkazdi. U mavsum davomida jami 13 ta oʻyinda maydonga tushdi. Ushbu yilda klub tarixida ilk bora UEFA Yevropa ligasi turniriga ham yoʻllanma oldi. 2023-yil 1-iyun kuni „Chelsea“ „Brighton“ning Colwill uchun uchun 30 million funtlik taklifini rad etdi.
Chelsea
2023-yilning 2-avgustida Colwill „Chelsea“ klubi bilan qoʻshimcha bir yilga uzaytirish sharti bilan olti mavsumlik yangi shartnoma imzoladi. U 13-avgust kuni londonliklar safidagi rasmiy debyutini oʻtkazdi, 2023-2024-yilgi mavsumning ochilish oʻyinida „Liverpool“ga qarshi uchrashuvda toʻliq oʻyin davomida maydonda harakat qildi. 3-dekabr kuni Colwill „Chelsea“ safidagi ilk golini Premyer-liga doirasidagi sobiq jamoasi „Brighton and Hove Albion“ klubiga qarshi uchrashuvda kiritdi. Uch kundan so‘ng u "Manchester Yunayted" bilan bahsda jamoa sardori sifatida maydonga tushdi.
Terma jamoadagi karyerasi
Colwill Angliya U-17 terma jamoasi bilan 2019-yilgi Syrenka Cup turnirida g'alaba qozongan.
2021-yil 10-noyabrda Colwill 2022-yilgi UEFA U-19 Yevropa chempionati saralashi doirasidagi Andorraga qarshi uchrashuvda Angliya U-19 terma jamoasi safida debyut qildi va ushbu o'yinda u sardor sifatida jamoasini maydonga boshlab chiqdi. Olti kundan so'ng esa Shvetsiya bilan bahsda ilk golini ham kiritdi.
Statistikasi
Klub
- 2024-yil 2-mart holatiga koʻra
| Klub | Mavsum | Liga | Angliya kubogi | EFL Cup | Boshqa | Umumiy | ||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Divizion | O'yinlar | Gollar | O'yinlar | Gollar | O'yinlar | Gollar | O'yinlar | Gollar | O'yinlar | Gollar | ||
| Chelsea U-21 | 2019–20 | — | — | — | 2 | 0 | 2 | 0 | ||||
| 2020–21 | — | — | — | 3 | 0 | 3 | 0 | |||||
| Umumiy | — | — | — | 5 | 0 | 5 | 0 | |||||
| Chelsea | 2021–2022 | Premyer-liga | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | 0 | 0 | |
| 2022–2023 | Premyer-liga | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | 0 | 0 | ||
| 2023–2024 | Premyer-liga | 23 | 1 | 2 | 0 | 7 | 0 | — | 32 | 1 | ||
| Umumiy | 23 | 1 | 2 | 0 | 7 | 0 | 0 | 0 | 32 | 1 | ||
| Huddersfield Town (ijara) | 2021–2022 | Championship | 29 | 2 | 0 | 0 | 1 | 0 | 2 | 0 | 32 | 2 |
| Brighton & Hove Albion (ijara) | 2022–2023 | Premyer-liga | 17 | 0 | 2 | 0 | 3 | 0 | — | 22 | 0 | |
| Umumiy | 69 | 3 | 4 | 0 | 11 | 0 | 7 | 0 | 91 | 3 | ||
- 26-fevralda tugʻilganlar
- 2003-yilda tugʻilganlar
- Alifbo boʻyicha sportchilar
- Angliyalik erkak futbolchilari
- Erkak futbol himoyachilari
- Chelsea F.C. futbolchilari
- Brighton & Hove Albion F.C. futbolchilari
- Huddersfield Town A.F.C. futbolchilari
- Angliya Premyer-ligasi futbolchilari
- Angliya futbol ligasi futbolchilari
- UEFA Yevropa Konferensiya Ligasi chempion futbolchilari
