Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Yan Raynis (taxallusi; asl ismsharifi Yanis Pliyekshans) [1865-yil, 30-avgust(11.9), Varslavani qishlogʻi, hozirgi Yekabpile tumani — 1929-yil, 12-sentyabr, Rig

Yan Raynis

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Yan Raynis (taxallusi; asl ismsharifi Yanis Pliyekshans) [1865-yil, 30-avgust(11.9), Varslavani qishlogʻi, hozirgi Yekabpile tumani — 1929-yil, 12-sentyabr, Riga] — Latviya xalq shoiri (1940), daramaturg va jamoat arbobi. Peterburg universitetini tugatgan (1888). "Diyenas lapa" gaz. muharriri (1891—1895). Revolyusion faoliyati uchun qamalgan (1897). Pskovga, soʻngra Vyatka gubernyasidagi Slobodskoy sh.ga (1899) surgun qilingan. 1903-yil surgundan kaytgan. Shveysariyada emigratsiyada boʻlgan (1905—1920). "Moviy oqshom sadolari" (1903), "Boʻron nihollari" (1905), "Ajoyib kitob" (1909), "Boshi va oxiri" (1912), "Dagʻdagʻaning besh nusxa daftari" (1920— 1925) va b. sheʼriy toʻplamlar muallifi. "Ave sol" dostonida (1910) quyosh ozodlik simvoli sifatida tasvirlangan. "Guvullayver, shamol" pyesasi (1913) Latviya dramaturgiyasida muhim oʻrin tutadi. "Oʻt va tun" (1905), "Indulis va Ariya" (1911), "Iosif va uning akaukalari" (1919) pyesalari ham bor. Rus dostonlari asosida "Ilya Muromets" tragediyasini yozgan (1922). Asarlari oʻzining yangi uslubi, chukur falsafiy teranligi va yuksak gʻoyaviyligi bilan ajralib turadi, "Yangi zamon" sheʼriy toʻplami oʻzbek tiliga tarjima qilingan (1967).

Yuqori