Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

LI (Lie) Sofus (1842.17.12, Norfyerdeyd — 1899.18.2, Kristianiya, hozirgi Oslo) — norveg matematigi. Peterburg Fanlar akademiyasi xorijiy muxbir aʼzosi (1896).

Sophus Lie

Vikipediya, erkin ensiklopediya

LI (Lie) Sofus (1842.17.12, Norfyerdeyd — 1899.18.2, Kristianiya, hozirgi Oslo) — norveg matematigi. Peterburg Fanlar akademiyasi xorijiy muxbir aʼzosi (1896). Oslodagi Xristianiya universitetini tugatgan (1865); shu universitetda (1872—86), soʻng Leypsig universitetida (1886—98) professor Li gruppalari deb ataladigan uzluksiz gruppalar nazariyasining asoschisi (qarang Gruppa). L.ning bu sohadagi ishlari differensial tenglamalar nazariyasida, algebra, geometriya, topologiya va boshqa sohalarda muhim oʻrin tutadi. N.I.Lobachevskiy nomidagi Xalqaro mukofotga sazovor boʻlgan (1897).

Yuqori