| Olim | |
|---|---|
| (arabcha: عالم) | |
| Jins | erkak |
| Etimologik maʼnosi | bilimli, ilimli, dono; maʼlumotli |
| Kelib chiqishi | arabcha |
| Yozuv tizimi | Lotin alifbosiva arab yozuvi |
| Ota ismi | Olim oʻgʻli, Olimovich Olim qizi, Olimovna |
| Ayollar uchun shakli | Olima |
| Yasama shakllari | Olimjon, Olimboy, Olimxon, Olimbek |
| Chet tillardagi oʻxshashliklar | arabcha: عالم |
| Bogʻliq maqolalar: | „Olim"dan boshlanuvchilar „Olim"dan boshlab barcha maqolalar |
Olim (arabcha: عالم — bilimli, ilimli, dono; maʼlumotli) — kelib chiqishi arabcha boʻlgan erkaklar ismi. Koʻp xalqlarda, jumladan, oʻzbeklarda keng tarqalgan.
Taniqli shaxslar
Davlat va jamoat arboblari
- Olimxon — Qoʻqon xoni (1801–1810);
- Olimbek dodxoh — XIX asr qoʻqonlik yirik siyosatchi. Bir qancha vaqt xonlikning siyosiy faollaridan boʻlgan;
- Olimxontoʻra Shokirxontoʻrayev — Turkiston muxtoriyati Milliy Majlisi aʼzosi, jamoat arbobi;
- Olimjon Qodiriy — jadid;
- Olim Alixonov — Sovet ittifoqning siyosat, iqtisod va davlat arbobi;
- Olim Hakimov — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, mayor;
- Olim Orazbakov — siyosatchi, diplomat, jamoat arbobi;
- Olim Qurbonov — Sovet iqtisodiy, davlat va siyosiy arbobi, Sotsialistik Mehnat Qahramoni;
- Olimboy Qoʻchqorov — oʻzbek sovet davlat va partiya arbobi;
- Olimjon O‘sarov — jurnalist, huquqshunos. Filologiya fanlari nomzodi, dotsent, 3-toifali adliya maslahatchisi. Ikki chaqiriq Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati;
- Olimjon Toʻychiyev — oʻzbekistonlik texnolog va jamoat arbobi. Turin universiteti rektori.
Ilm-fan va sanʼat arboblari
- Olim Aminov — iqtisodchi olim, Oʻzbekiston fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1968), iqtisod fanlari direktori (1955), professor (1959), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1964);
- Olim Davlatov — adabiyotshunos, sharqshunos, navoiyshunos;
- Olim Odilov — oʻzbek musavviri;
- Olim Pardayev — oʻzbekistonlik iqtisodchi olim, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
- Olim Sharafiddinov — adabiyotshunos. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi ning muxbir aʼzosi;
- Olim Toʻraqulov — oʻzbekistonlik olim, pedagogika fanlari doktori, professor, Oʻzbekiston milliy universiteti Jizzax filiali direktori;
- Olim Usmon — tilshunos olim, lugʻatshunos. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1973);
- Olimjon Karimov — texnika fanlar doktori (1967), professor (1974), paxta terish mashinalarini yaratish boʻyicha yirik konstruktorlardan biri;
- Olimjon Sarimsoqov — oʻzbekistonlik olim, texnika fanlari doktori, professor;
- Olimjon Xoldorov — shoir va yozuvchi, dramaturg. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1992), professor (2002).
Sanʼatkorlar
- Olimjon Halimov — kompozitor, sozanda (gʻijjak). Oʻzbekiston (1957) va Qoraqalpogʻiston (1982) xalq artisti, Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1949);
- Olimjon Qosimjonov — naqqosh usta, Toshkent naqqoshligining yirik vakili;
- Olimjon Salimov — oʻzbekistonlik rejissyor, aktyor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1990).
Sportchilar
- Olim Ashirov — sovet va oʻzbek futbolchisi;
- Olim Karimov — oʻzbekistonlik futbolchi;
- Olim Navkarov — oʻzbekistonlik futbolchi;
- Olim Qurbonov (sportchi) — tojikistonlik suzuvchi;
- Olim Shokirov (futbolchi) — oʻzbekistonlik futbolchi;
- Olim Tillayev — oʻzbekistonlik futbolchi;
- Olim Xudoyqulov — oʻzbek sambochisi va dzyudochisi.
Boshqalar
- Olimjon Toʻxtaoxunov — jinoyatchi.
Familiyalar
- Olimov
- Olimova
Yana qarang
- Olima
Turkumlar::
- Kelib chiqishi arabcha boʻlgan ismlar
- Alifbo boʻyicha ismlar
- Ismlar haqidagi chala maqolalar
- Oʻzbekcha erkaklar ismlari
