Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Olimjon Salimov (1947-yil 30-avgust, Kosonsoy shahri, Namangan viloyati, OʻzSSR) – oʻzbekistonlik rejissyor, aktyor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbo

Olimjon Salimov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismi Olimjon va familiyasi Salimov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Olimjon Salimov
Tavalludi 1947-yil 30-avgust (1947-08-30) (79 yosh)
Kosonsoy shahri, Namangan viloyati, OʻzSSR
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi OʻzSSR → Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi Aktyor, rejissyor
Mukofotlari Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobiHamza nomidagi Oʻzbekiston SSR Davlat mukofoti

Olimjon Salimov (1947-yil 30-avgust, Kosonsoy shahri, Namangan viloyati, OʻzSSR) – oʻzbekistonlik rejissyor, aktyor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1990).

Hayoti

Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutining aktyorlik (1969), rejissyorlik (1993) fakultetlarini tugatgan. 1969—1984-yillar Qoʻqon shahar musiqali drama teatrida aktyor, keyinchalik rejissyor 1984—1993-yillar Fargʻona teatrida bosh rejissyor, 1993-yildan Yosh tomoshabinlar teatrida badiiy rahbar. Rejissyor sifatida „Bir xonada qoʻsh hangoma“ (A. Vampilov), „Sohil yoqalab chopayotgan olapar“ (Ch. Aytmatov), „Jafoga vafo“ (Alp Jamol), „Temir xotin“ (Sh. Boshbekov, „GranPri“ mukofoti, 1988, 1989), „Toshkentga sayohat“ (Hamza), „Ot yigʻlagan tomonda“ (T. Murod), „Ufq“ (S.Ahmad), „Boz masxaraboz“ (O.Salimov), „Sohibqiron“ (A. Oripov), „Turna patlari“ (Dzuindzi Kinosito), „Ikki moʻjiza“ (K. Gotssi), „Dala sayli“ („Piknik“, F. Arabbal), „Uchar tabib“ (Molyer) kabi spektakllarni sahnashshtirgan. Uning spektakllari xalqchilligi, milliyligi, anʼanalarni yangicha, zamonaviy qarashlarga mos ifoda vositalarida uygʻunlashtiriligi bilan ajralib turadi. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti lareati (1990).

Filmografiyasi

Yil Nomi Obraz Izoh
2023 Abdulla Oripov
Yuqori