| Republic Records | |
|---|---|
| 2012-yil noyabridan beri foydalanilayotgan logotip | |
| Asosiy kompaniya | Universal Music Group (UMG) |
| Tashkil etilgan | 1995 |
| Asoschi(lar) | Monte Lipman Avery Lipman |
| Tarqatuvchilar |
|
| Janr | har xil |
| Davlat | |
| Joylashuv | Nyu-York, Nyu-York, AQSh |
| Rasmiy veb-sayt | republicrecords.com |
Republic Records – Amerika yozuv leybli boʻlib, Universal Music Group (UMG) kompaniyasiga qarashlidir. Nyu-York shahrida tashkil etilgan ushbu leybl Avery Lipman va Monte Lipman tomonidan 1995-yilda mustaqil leybl sifatida tashkil etilgan. 2000-yilda esa UMG tomonidan sotib olingan. Boshlanishida Republic Records Universal Motown Republic Group tarkibidagi leybl sifatida faoliyat yuritgan. 2006-yildagi qayta tashkil etishdan soʻng uning nomi Universal Republic Records deb oʻzgartirilgan. 2012-yilda esa leybl oʻzining asl nomiga qaytdi.
Tarixi
Tashkil etilishi va Universal Records: 1994–2005
Avery Lipmanning soʻzlariga koʻra, u va uning akasi Monte, Republic Records gʻoyasini Nyu-Yorkdagi kvartiralarida oʻylab topgan. Lipmanning aytishicha, ular avvalroq musiqa kompaniyalarida ishlagan va oʻsha paytda ishsiz boʻlishgan. Ular yozuvlar chiqarishni xobbi sifatida boshlashdi, birinchi chiqqan albom esa Bloodhound Gang guruhining Dingleberry Haze edi. Republic Records 1995-yilda MCAga qarashli Geffen Recordsning shoʻba kompaniyasi sifatida tashkil etilgan, biroq tez orada uning distributsiyasi yangi tashkil etilgan Universal Records’ga oʻtdi.
2000-yil yanvarida Universal Music Group aka-uka Lipmanlarning Republic Records kompaniyasini shoʻba kompaniyasi sifatida, toʻliq egalik huquqi bilan sotib olgani eʼlon qilindi. Monte Lipman Universal Recordsning prezidenti etib tayinlandi, Avery Lipman esa Republic kompaniyasining prezidenti boʻldi.
Universal Republic Records: 2006–2012
2006-yilda korporativ qayta tashkil etish natijasida ikkita leybldan iborat boʻlgan Universal Republic Records tashkil etildi. Monte Lipman qayta tashkil etilgan leyblning prezidenti va bosh ijrochi direktori boʻldi, Avery Lipman esa co-prezident va operatsion direktor lavozimida egalladi. 2011-yil yozida leybl tegishli kompaniyada, Universal Motown Republic Groupda boshqa oʻzgarishlar amalga oshirildi. Universal Motown Records yopildi, uning sanʼatkorlari qayta tashkil etilgan Motown Records yoki Universal Republic Recordsga oʻtkazildi. Universal Republic Records mustaqil leyblga aylandi, Universal Motown Republic Group esa yopildi. 2011-yil avgustida qayta tashkil etilgan Universal Republic Ariana Grande bilan shartnoma imzoladi.
Republic Recordsning qayta tiklanishi: 2012–hozirgi kun
Universal Republic Records 2012-yil oktabrida Republic Records nomiga qaytdi. Leybl nomining qaytishi oldidan kanadalik sanʼatkor The Weeknd XO leybli orqali shartnoma imzoladi. Sanʼatkorlar albomlaridan tashqari, leybl koʻplab filmlar va telekoʻrsatuvlar uchun: Fox (Star), NBC (The Voice) va Universal Pictures (Fifty Shades va Sing) kabilarning loyihalari uchun saundtreklarni chiqardi. 2015-yilda Republic Records Mediabase Top 40 chartida eng yuqori 10 oʻrindan oltitasini egallab, 2013-yilgi rekordni takrorladi. Shuningdek, 2015-yilda leybl amerikalik repper va qoʻshiqchi Post Malone bilan shartnoma imzoladi.
2017-yilning noyabrida kompaniya Variety tomonidan Yilning xitmeyker leybli deb tan olindi. Taylor Swift koʻp yillar davomida oʻz musiqasini Republic’ga qarashli Big Machine Records orqali chiqarib kelganidan soʻng, 2018-yilda Republic Records bilan shartnoma imzoladi. Oʻsha yilning dekabrida, Republic Records, Sony Pictures bilan hamkorlik qilib, Spider-Man: Into the Spider-Verse animatsion filmining saundtrek albomini chiqarishga muvaffaq boʻldi. Saundtrekning yetakchi singli Post Malone va Swae Leening „Sunflower“ qoʻshigʻi boʻlib, u Billboard Hot 100 da birinchi oʻrinni egalladi va Hot R&B/Hip-Hop Songs jadvalida 45 hafta davomida eng yaxshi oʻnlikda qolish boʻyicha rekord oʻrnatdi. 2019-yilning boshida esa Jonas Brothers guruhi qayta birlashib, Republic Records bilan shartnoma imzoladi.
Shuningdek, 2019-yilda Republic Records ham Billboard, ham Variety tomonidan „Yil leybli“ deb eʼlon qilindi. U soʻnggi 5 yilda 4 marta Billboard tomonidan va oxirgi 3 yil davomida esa Variety tomonidan ushbu maqomga erishdi. Republic, shuningdek, Billboard's Hot 100 tomonidan oltinchi marta „Yil leybli“ sifatida tanlandi. Republic’ning beshta albomi (Ariana Grandening Thank U, Next, Taylor Swiftning Lover, Post Malonening Beerbongs & Bentleys, Drakening Scorpion va Post Malonening Hollywood’s Bleeding) yil yakunidagi Billboard 200 chartida eng yaxshi oʻnlikka kirdi.
2020-yilda Republic Records Janubiy Koreyaning JYP Entertainment kompaniyasi bilan hamkorlikda ayollar guruhi Twicening AQShdagi birinchi leybli va distribyutoriga aylandi. Twice – JYP Entertainmentdan bu ittifoq doirasida faoliyat yuritadigan birinchi ijodkorlar boʻldi. Ularning shartnoma imzolashi AQShda K-pop bozori tobora oʻsayotganini koʻrsatadi. 2020-yil 8-aprelda (G)I-dle guruhining uchinchi mini-albomi I Trust chiqarilgach, Republic Records ushbu janubiy koreyalik qizlar guruhi bilan hamkorlikni boshlaganini eʼlon qilindi. Bu hamkorlik guruhning AQShdagi rasmiy debyutini anglatdi. 2020-yilgi iHeartRadio Music Awards marosimida esa Republic Records „Yil leybli“ unvonini qoʻlga kiritdi.
2021-yilgi iHeartRadio Music Awards marosimida ham Republic Records „Yil leybli“ mukofotiga sazovor boʻldi. Xuddi shu yili, Republic Records ilk bor Billboard nashrining yil yakuni reytinglari boʻyicha uchta toifada: „Top Labels“, „200 Labels“ va „Hot 100 Labels“da birinchi oʻrinni egalladi. Keyinchalik, dekabr oyida Billboardning Republic Records haqidagi maqolasida Lipman birodarlari ishtirok etishdi.
Republic Records DistroKid bilan hamkorlik qiluvchi birinchi leyblga aylandi va bu orqali u yangi sanʼatkorlarni izlash uchun kompaniya maʼlumotlaridan foydalanish imkoniyatiga ega boʻldi. Ushbu tashabbus 2021-yilda boshlangan boʻlib, DistroKidga leybl tomonidan shartnoma imzolangan har bir yangi sanʼatkor uchun mukofot toʻlanishi nazarda tutilgan. 2021-yil yanvar oyida Republic Records leybli Billboard 200 chartida eng yaxshi yettita albomdan beshtasiga ega boʻldi. Ulardan uchtasi: Morgan Wallenning Dangerous: The Double Album, Taylor Swiftning Evermore va Pop Smokening Shoot for the Stars, Aim for the Moon albomlari birinchi uch oʻrinni egalladi; The Weekndning After Hours albomi oltinchi, Ariana Grandening Positions albomi esa yettinchi oʻrindan joy oldi. Oʻsha oyda Republic Records Rolling Stone albomlar reytingida eng yuqori oʻntalikdan oltita albomga ega edi. Shuningdek, Rolling Stone qoʻshiqlar reytingida eng yuqori yigirmatalikdan toʻqqizta qoʻshiq ushbu leybldan boʻlgan. 2021-yil mart oyida, Taylor Swift Folklore albomi bilan „Yil albomi“ nominatsiyasi boʻyicha „Grammy“ mukofotini qoʻlga kiritib, Republic Records leyblidagi bu natijaga erishgan ilk sanʼatkor boʻldi. 2021-yil 24-noyabrda Jim Roppo va Wendy Goldstein Republic Recordsning hammuassasa prezidentlar etib tayinlandilar.
2021-yil avgustidan boshlab Universal Music Group xalqaro bozorlarda Republic Recordsning filiallarini ishga tushirishni va kengaytirishni boshladi. Ushbu leybl ilk bor xalqaro debyutini 2021-yil 16-avgust kuni Xitoyda, oʻzining mahalliy boʻlimi boʻlgan UMG China orqali amalga oshirdi. Shuningdek, leybl 2022-yil 22-iyulda Filippinda UMG Philippines orqali ish boshladi va mahalliy sanʼatkorlar Darren Espanto, Elha Nympha va Zack Tabudlo kabi boshqa ijodkorlar bilan shartnoma imzoladi.
2022-yilda Republic Records JYP Entertainment bilan mavjud hamkorligini kengaytirib, Itzy va Stray Kidsni ham oʻziga jalb qildi. Shuningdek, Republic Records NBCUniversal Entertainment Japan bilan hamkorlikni boshladi va fripSide hamda Nagi Yanagi kabi sanʼatkorlar bilan ishlay boshladi. Bu hamkorlik keyinchalik barcha sanʼatkorlar va ularning kataloglarini, shuningdek, jahon boʻylab tarqatish, A&R, marketing va biznes rivojlanishini oʻz ichiga olgan holda kengaytirildi.
2022-yilda ham iHeartRadio Music Awards tomonidan „Yil leybli“ mukofotini qoʻlga kiritdi. Ikkinchi yil ketma-ket Billboard 2022-yilning uchta yakuniy reytingida Republic Recordsni birinchi oʻringa joylashtirdi.
2023-yilda Republic Records 25 yil ichida Billboard 200 reytingida eng uzoq davom etgan rekordni oʻrnatdi. Bu natija, ular tomonidan chiqarilgan uchta katta albomning, yaʼni Morgan Wallenning One Thing at a Time, Taylor Swiftning Midnights va Stray Kidsning 5-STAR albomlarining yuqori oʻrinlarda joylashishi bilan bogʻliq. 2023-yil 6-dekabrda, Republic Records Billboard 200 chartida eng yuqori oltita oʻrindagi albomlar egasiga aylandi. Bu, 60 yil ichida birinchi marta chartda bir vaqtda eng yuqori beshta oʻrindagi albomni bir leybl tomonidan egalik qilinishi edi.
2024-yil fevralida Republic yangi, Universal Music Group (UMG) tomonidan tashkil etilgan Republic Corps nomli musiqiy leybllar birligi tarkibida qayta tuzildi. UMGning Amerikaning sharq va gʻarb hududlaridagi ishlarini qayta tashkil etish jarayonida, Republic Records, Island Records va Def Jam Recordings „Sharqiy qirgʻoq“ nomi ostida doirasida birlashtirildi; leybl asoschilaridan biri Monte Lipman Nyu-York shahridagi ishlarni boshqaradi.
Chiqarilgan ishlar

Republic Records 1994-yilda Bloodhound Gang guruhining Dingleberry Haze mini-albomi va ularning birinchi albomi – Use Your Fingersni chiqardi. Kevin Rudolfning „Let It Rock“ singli RIAA tomonidan uch marta platina bilan sertifikatlangan. Jay Seanning debyut singli „Down“ AQShda olti million nusxada sotilgan va dunyo boʻylab katta radioeshittirishlarga ega boʻlgan. Seanning keyingi singli „Do You Remember“ bir million nusxadan ortiq sotilgan.
Taylor Swift avval Nashville shahridagi Big Machine Records bilan shartnoma tuzib, oʻzining birinchi oltita studiya albomini ushbu leybl bilan chiqargan. Big Machine bilan shartnomasi 2018-yilda tugagach, u Republic bilan shartnoma tuzdi, va uning „ME!“ nomli leybldagi birinchi singli 2019-yil 26-aprelda chiqarildi. Jack Johnson bir qancha oltin va platina sertifikatlarini oldi. Damian Marleyning debyut albomi oltin sertifikatga ega boʻlib, butun dunyo boʻylab bir million nusxada sotilgan.
Soʻnggi yillarda Republic Recordsdan chiqqan boshqa mashhur albomlar quyidagi ijrochilarga tegishli: Ariana Grande (2013-yilgi Yours Truly, 2014-yilgi My Everything, 2016-yilgi Dangerous Woman, 2018-yilgi Sweetener, 2019-yilgi Thank U, Next, 2020-yilgi Positions, 2024-yilgi Eternal Sunshine); Jonas Brothers (2019-yilgi Happiness Begins va 2023-yilgi The Album); Taylor Swift (2019-yilgi Lover, 2020-yilgi Folklore va Evermore, 2021-yilgi Fearless (Taylor’s Version) va Red (Taylor’s Version), 2022-yilgi Midnights, 2023-yilgi Speak Now (Taylor’s Version) va 1989 (Taylor’s Version), 2024-yilgi The Tortured Poets Department); The Weeknd (2013-yilgi Kiss Land, 2015-yilgi Beauty Behind the Madness, 2016-yilgi Starboy, 2020-yilgi After Hours, 2022-yilgi Dawn FM, 2025-yilgi Hurry Up Tomorrow); Florence and the Machine (2015-yilgi How Big, How Blue, How Beautiful, 2018-yilgi High as Hope, 2022-yilgi Dance Fever); Lorde (2013-yilgi Pure Heroine, 2017-yilgi Melodrama, 2021-yilgi Solar Power); James Blake (2019-yilgi Assume Form va 2021-yilgi Friends That Break Your Heart); Pearl Jam (2020-yilgi Gigaton), Poppy (2022-yilgi Stagger); fripSide (2022-yilgi Infinite Resonance) va Kim Petras (2019-yilgi Clarity va Turn Off the Light, 2023-yilgi Feed the Beast).
Qoʻshiqchilar
2024-yil holatiga koʻra, Republic Recordsning hozirgi ijodiy tarkibiga quyidagi sanʼatkorlar kiradi: AJR, Anitta, Any Gabrielly, Ariana Grande, Bastille, Benee, Bo Burnham, Clairo, Coi Leray, Conan Gray, Drake, Em Beihold, FLO, Fujii Kaze, Ski Mask The Slump God, Florence and the Machine, fripSide, Glass Animals, Itzy, James Bay, James Blake, John Mellencamp, Julia Michaels, Kid Cudi, Kim Petras, Leith Ross, Lil Tecca, Lil Wayne, Metro Boomin, Miranda Lambert, Morgan Wallen, Nicki Minaj, Nmixx, Noah Kahan, Of Monsters and Men, Peach PRC, Pearl Jam, Peter Gabriel, Post Malone, Shania Twain, Stephen Sanchez, Stevie Wonder, Stray Kids, Swedish House Mafia, Taylor Swift, The Weeknd, Tomorrow X Together, Twice, SosMula, Vcha, Wargasm va Zayn Malik.
Bogʻliq (hamkor) leybllar
- 21 Entertainment
- American Recordings
- Anti (raqamli tarqatish)
- Uptown Records
- Aware Records
- Beauty Marks Entertainment
- Big Hit Music (TXT (guruh) relizlari uchun tarqatish)
- Boominati Worldwide
- Boywithuke LLC
- Brushfire Records
- Casablanca Records
- Cash Money Records
- Def Jam Recordings
- Electric Feel Records
- Galactic Records
- Federal Films
- The Heavy Group
- Heavy On It Records
- Hikari-Ultra
- Island Records
- Imperial Music
- Lava Records
- JYP Entertainment (Shimoliy Amerika relizlari uchun)
- Mercury Records
- Motown Records
- Monkeywrench Records
- One Non Hispanic
- Real World Records
- Republic Kids & Family
- Republic Nashville
- Rowdy Records
- Schoolboy Records
- SRC Records
- So What the Fuss Records
- Victor Victor Worldwide
- Taylor Swift (raqamli relizlar uchun oʻzining nomidagi shaxsiy leybli)
- Wicked Awesome Records
- XO
- Young Money Entertainment
- Jackson Pendergist
- Riteorwrong KVH Entertainment
- Republic Records