| Zulfiya Nazar | |
|---|---|
![]() | |
| Tavalludi | 17-avgust, 1947-yil Rozenhaym, Olmoniya |
| Ijod qilgan tillari | Ingliz tili |
| Fuqaroligi | Germaniya va AQSh |
Sylvia (Zulfiya) Nasar (talaffuzi: Silviya Nazar; 17-avgust, 1947-yilda tugʻilgan) — oʻzbek millatiga mansub, nemis iqtisodchisi, koʻproq John Forbes Nashning tarjimai holi boʻlgan Ajoyib zehn asarining muallifi sifatida mashhur.
Hayoti
Nazarning otasi — oʻzbek Ruzi Nazar, onasi — nemis. U oilasi bilan 1951-yilda AQSHga, soʻng 1960-yilda Turkiyaning Anqara shahriga koʻchib oʻtadi. U 1970-yilda kollejni bitiradi, 1976-yilda Nyu York universitetini magistr sifatida tamomlaydi. Toʻrt yil davomida u Nobel mukofotining sovrindori Vasiliy Leontyev bilan hamkorlikda izlanishlar olib boradi. U hozir Kolumbiya universitetining jurnalistika boʻyicha professori. Uning turmush oʻrtogʻi — eʼtiborga loyiq iqtisodchi Darryl McLeod. Ularning uch nafar farzandi bor va hozir ular Territaun, Nyu Yorkda istiqomat qilishmoqda.
Asarlari
- Ajoyib zehn: Iqtisod boʻyicha Nobel mukofotining sohibi John Forbes Nashning tarjimai holi Simon & Schuster, 1994. ISBN 0-684-81906-6
- AQSh iqtisodchilari
- Amerikalik yozuvchilar
- Oʻzbekistonlik yozuvchilar
- Yashayotgan insonlar
- Shaxsiyatlar haqidagi chala maqolalar
