| Honzoda Sulton | |||||
|---|---|---|---|---|---|
| Tugʻilishi | tax. 1607 (?). Topkapı saroyi, Konstantinopol, Usmoniylar imperiyasi (hozirgi Istanbul, Turkiya) | ||||
| Vafoti | 1650-yil 21-sentyabr Konstantinopol, Usmoniylar imperiyasi | ||||
| Dafn etilgan joy | Ibrohim I maqbarasi, Ayasofya | ||||
| Turmush oʻrtogʻi |
| ||||
| Farzandlari | birinchi nikoh Fülane Xonimsulton ikkinchi nikoh Sultonzoda Abdulboqiybey | ||||
| |||||
| Sulola | Usmoniylar | ||||
| Otasi | Ahmad I | ||||
| Onasi | Kösem Sulton | ||||
| Dini | Islom, sunniylik | ||||
Honzoda Sulton (usmonli turkcha: خانزادہ سلطان; tax. 1607 – 1650-yil 21-sentyabr) – Usmoniy malika, Usmoniylar imperiyasi sultoni Ahmad I (h. 1603–1617) va Kösem Sultonning qizi, sulton Usmon II ning (h. 1618–1622) ota bir, ona boshqa opasi, sulton Murod IV (h. 1623–1640) va Ibrohim I ning (h. 1640–1648) tugʻishgan opasi, shuningdek, sulton Mehmed IV (h. 1648–1687), Sulaymon II (h. 1687–1691) va Ahmad II ning (h. 1691–1695) ammasi.
Hayoti
Honzoda Sulton taxminan 1607-yildaKonstantinopolda tugʻilgan. U sulton Ahmad I va uning xotini Kösem Sultonning qizi boʻlgan. Otasi 1617-yilda vafot etgach, Eski saroyga koʻchgan.
Honzoda Sulton 1623-yil mart oyida Eski saroyda Ladikli Bayram poshoga turmushga chiqdi. Posho oʻsha paytda yanicharlar ogʻasi edi. Ularning bir qizi boʻlgan. Bayram posho 1638-yilda vafot etgach, Honzoda 1639-yil oktyabr oyida Bayram posho saroyida vazir Naqqosh Mustafo poshoga turmushga chiqdi. Undan Sultonzoda Abdulboqiy bey ismli oʻgʻli tugʻildi. Shu davrda uning kundalik maoshi 430 asper boʻlgan.
1643-yilda ukasi sulton Ibrohim hukmronligining dastlabki davrida Honzoda opa-singillari Oysha Sulton va Fotma Sulton kabi oʻsha davr saroy malikalariga beriladigan eng yuqori kundalik maosh yaʼni 400 asperni olgani qayd etilgan. Keyinroq taxminan 1647-yilda nomaʼlum sabablarga koʻra sharmandalikka duchor boʻlib, opalari Oysha, Fotima va jiyani Kaya Sulton bilan birga sultonning joriyalariga boʻysundirilish kabi tahqirli holatga duchor etilgan. Sulton ularning yer-mulki va boyliklarini tortib olgan va oʻzining suyuklisi Humoshohga xizmat qildirgan. Ular Humoshoh ovqatlanayotganda xizmatchilardek tik turish, qoʻlini yuvishi uchun sovun, togʻora va suv qumgʻonini olib kelib ushlab turishargan. Sulton opa-singillarini suyukligi Humoshohga yetarlicha yaxshi xizmat qilmagan deb hisoblagani sababli ularni keyinchalik Edirne saroyiga surgun qilgan.
Vafoti
Honzoda Sulton 1650-yil 21-sentyabrda vafot etgan va Ayasofya masjididagi ukasi sulton Ibrohim maqbarasiga dafn etilgan.
Adabiyotlar
- Dumas, Juliette. Les perles de nacre du sultanat: Les princesses ottomanes (mi-XVe – mi-XVIIIe siècle), 2013.
- Peirce, leslie P.. The Imperial Harem: Women and Sovereignty in the Ottoman Empire. Oxford University Press, 1993. ISBN 978-0-195-08677-5.
- Sakaoğlu, Necdet. Bu mülkün kadın sultanları: Vâlide sultanlar, hâtunlar, hasekiler, kadınefendiler, sultanefendiler. Oğlak Yayıncılık, 2008. ISBN 978-9-753-29623-6.
- Qirollik bilgiqutisida nomaʼlum parametrlar qoʻllangan sahifalar
- 1650-yilda vafot etganlar
- Ahmad I ning qizlari
- 17-asr Usmoniylar imperiyasi malikalari