Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Obishir madaniyati. Fargona vodiysi hududida mezolit davriga oid 40 dan ortiq gor va ochiq joy makonlar aniqlangan. Ularning kopchlik qismi Sirdaryo boʻylaridag

Obishir madaniyati

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Obishir madaniyati. Fargona vodiysi hududida mezolit davriga oid 40 dan ortiq gor va ochiq joy makonlar aniqlangan. Ularning kopchlik qismi Sirdaryo boʻylaridagi qadimgi koʻllar yoqasida joylashgan ochiq joy makonlar va kamchillik qismi esa bir va bir necha madaniy qatlamlarga ega boʻlgan (Obishir 1-5 va Toshkoʻmir) gor-makondan iborat yodgorliklarni tashkil etadi. Gor-makonlar Fargona vodiysidagi Soʻx daryosining yuqori qismida joylashgan. Ulardan Obishir I,V va Toshkoʻmir gor-makonlari yaxshi oʻrganilgan. Ularning madaniy qatlamlaridan tosh qurollari (mikrolit, qirgich, qadama, oroq-randa, nukleus va boshqalar), suyakdan yasalgan qurollar, chiganoq, tosh va suyaklardan yasalgan taqinchoqlar va turli yovvoyi hayvonlarga tegishli suyaklar topib oʻrganilgan. Toshkoʻmir makoni tosh qurollari Obishirnikiga ancha oʻxshash boʻlsada, chaqmoqtoshdan ancha qoʻpol qilib ishlangan qurollar ham uchraydi. Fargona vodiysi tekisliklarida esa mezolit-neolit davrlariga oid sal kam yuzga yaqin joy-makonlari oʻrganilgan. Ularning bir qismi markaziy tekisliklarda qadimgi koʻllar boʻylarida joylashgan ibtidoiy makonlardan Ashikoʻl 1 2, 3, 16, Yangiqadam 1, Toyloq 3,5,7 va boshqa yodgorliklar muhim ahamiyatga ega.

Makonlarning ustiki qismidan terib olingan ashyoviy manbalar majmuasi chaqmoqtosh, slanes va qayroqtoshlardan yasalgan mehnat qurollarini tashkil etadi. Tosh qurollari katta-kichik nukleuslar, qirgichlar, qadamalar va har xil uchrindilardan iborat.

Arxeolog olim Oʻ.I.Islomov butun Fargona vodiysining mezolit davriga oid barcha yodgorliklarini umumiy Obishir (IX-VIII) madaniyatiga kiritib, ularni ikki variantga yoki kompleks: Obishir (gor-makon) ilk va Fargona (tekislik) soʻnggi bosqichlardan iborat boʻlgan, deb hisoblaydi. Ularning har ikkalasi uchun ham plastinkasimon shaklda yasalgan tosh qurollar xos boʻlgan. Ilk bosqichida kishilar gorlarda yashab xojalikning ovchilik va termachilik turi bilan shugullangan boʻlsalar, keyingi bosqichda tekislikga kelib joylashib, termachilik va baliqcilik bilan kun kechira boshlashgan.

Shuni alohida taʼkidlash mumkinki, Fargona vodiysida mezolit davrida shakllangan ibtidoiy kishilar madaniy anʼanalari keyingi davrlarda ham uzliksiz davom etadi. Shunga koʻra umumiy Obishir madaniyatining davrini mil.avv. IX-VI ming yilliklar doirasida belgilab, uning birinchi bosqichi IX-VIII, ikkinchi bosqichi esa VII-VI ming yilliklar doirasida rivojlanganligi togrisidagi xulosaga kelish mumkin.

Yuqori