Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Temir tumani — Oqtoʻbe viloyatining gʻarbiy qismidagi maʼmuriy hudud. Yer maydoni 12,6 ming km2. Tuman 1972-yili tashkil topgan. Aholisi 36 551 (2013); kishi, o

Temir (tuman)

Temir tumani
qoz. Темір ауданы
tuman
Tarkibida Oqtoʻbe viloyati
Maʼmuriy markazi Shubarquduq
Asos solingan sanasi 1972-yil
Akim Qaniyev Baurjan Nuraliuli
Rasmiy tillar qozoq
Aholi (2013) 36,551
Zichligi 3 kishi./km²
Dinlar tarkibi Musulmonlar, Xristianlar
Maydoni 12,600 km²
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +7 71346
Pochta indeksi 030800-030811
Avtomobil raqami kodi D, 04
Xaritada
Temir tumani xaritada
49°8′38″N 56°28′56″E / 49.14389°N 56.48222°E / 49.14389; 56.48222

Temir tumaniOqtoʻbe viloyatining gʻarbiy qismidagi maʼmuriy hudud. Yer maydoni 12,6 ming km2. Tuman 1972-yili tashkil topgan. Aholisi 36 551 (2013); kishi, oʻrtacha zichligi 1 km2-ga 3 kishidan toʻgʻri keladi (2013). Tuman markazi — Shubarquduq qishlogʻi.

Geografiyasi

Temir tumani Mugʻaljar togʻining janubi-gʻarbida joylashgan. Eng baland choʻqqisi 355 m (Badamsha qishlogʻining atrofida). janubi-gʻarbiy qismi tekisliklar iborat. Foydali qazilmalaridan: neft, tosh koʻmir, qurulish materiallari bor. Ularning ayrimlari qazib olinadi.

Iqlimi

Iqlimi keskin kontinental, qishi ancha sovuq, yozi issiq va qurgʻoq. Yanvar oyining oʻrtacha yillik harorati –15 – 17 °С, iyul oyining yillik oʻrtacha harorati 22 – 24°С. Yogʻingarchilikning oʻrtacha yillik miqdori 200 – 250 mm.

Aholi punktlari

Oltiqorasuv, Shigʻirli (Borodinovka), Jombil (Leninskoe), Birlik (Rojdestvenskoe), Kenkiyak, Qoʻpa, Qumquduq, Neftyanik, Oqsoy (Perelyubovka), Taskopa, Temir, Shubarquduq, Shubarshi.

Ijtimoiy soha

Tumanda 32 ta maktab, 2 ta madaniyat uyi, 14 kutubxona aholiga xizmat qilmoqda. Tibbiyot sohasida 3 ta kasalxona, tuman kasalxonasi, sanepidstansiya, 17 feld.-akusherlik punkt aholi uchun xizmatda.

Sanoati

Sanoatida tuman hududi bir nechta yirik korxonalari bor. Ularning yiriklari: „Qaraqamis“, „Stroyuniversal“ MChJ, „Koʻlik“ AJ, „Aliya joʻldari“, „Shans-1“, „Manas“, „Ayqap“, „Sagor“, „Tasqudiq“, „Oqtoʻbemunaygaz“, Kenjiluenergiya", „Toʻlgʻanay“ MChJ-lari va boshqalari faoliyat yuritmoqda.

Yuqori