Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Sobir Hamzayevich Oʻnarov (25-fevral 1964-yil, Quvkalla qishlogʻi, Qo‘shrabot tumani, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR — 18-dekabr 2022-yil, Yunusobod tumani

Sobir Oʻnar

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Sobir Oʻnar
Asl ismi Oʻnarov Sobir Hamzayevich
Tavalludi 25-fevral 1964-yil
Quvkalla qishlogʻi, Qo‘shrabot tumani, Samarqand viloyati
Vafoti 18-dekabr 2022-yil(2022-12-18)
(58 yoshda)
Yunusobod tumani, Toshkent shahri
Ijod qilgan tillari oʻzbekcha
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSROʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Yoʻnalish yozuvchilik
Faoliyat yillari 1984—2022-yillar
Janr qissa & hikoyalar toʻplami
Debyut

ilk kitobi — „Orzuga toʻla qishloq“

ilk hikoyasi — „Kunsuluvning xatlari“
Mukofotlari

Sobir Hamzayevich Oʻnarov (25-fevral 1964-yil, Quvkalla qishlogʻi, Qo‘shrabot tumani, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR — 18-dekabr 2022-yil, Yunusobod tumani, Toshkent shahri, Toshkent viloyati, Oʻzbekiston) — Sobir Oʻnar taxallusi ostida ijod qilgan oʻzbekistonlik yozuvchi, muharrir, tarjimon, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi. Har yili Oʻzbekiston mustaqilligi kuniga bagʻishlab yosh ijodkorlarga beriluvchi „Davlat mukofoti“ (1993-yil) laureati, Doʻstlik ordeni (2022-yil, avgust) sohibi.

Hayoti

Sobir Oʻnar, toʻliq ismi sharifi — Oʻnarov Sobir Hamzayevich, 1964-yilning 25-fevral kuni Samarqand viloyati, Qo‘shrabot tumani, Quvkalla qishlogʻida tugʻilgan. 1981-yilda qishlogʻidagi oʻrta maktabni tamomlab, Toshkent davlat universiteti (hozir OʻzMU)ning jurnalistika fakultetiga oʻqishga kirgan. Universitetni 1986-yilda tamomlagan. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi. Yozuvchi 2022-yilning 18-dekabr kuni 58 yoshida vafot etdi.

Faoliyati

Universitetni bitirgandan keyin 1986—2015-yillarda „Yoshlik“ jurnalida muharrir, boʻlim boshligʻi, bosh muharrir oʻrinbosari va bosh muharrir kabi vazifalarda faoliyat yuritgan. 2015-yildan vafotiga qadar „Kuch adolatda“ gazetasida masʼul kotib va „Gʻafur Gʻulom“, (2016—2017) „Yoshlar“ (2017—2019) nashriyotida, shuningdek, 2020-yildan umrining oxiriga qadar Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining „Nasr“ boʻlimida faoliyat olib borgan.

Asarlari

Talabalik davrida Respublikaning turli gazeta-jurnallarida hikoyalari chop etila boshlagan. 1986-yilda „Yoshlik“ jurnalida turkum hikoyalari bosilgan. Ayni shu yildan mazkur jurnal tahririyatida ish faoliyatini boshlagan. 1989-yilda Sobir Oʻnarning ilk kitobi — „Orzuga toʻla qishloq“ hikoyalar toʻplami Choʻlpon nashriyotida chop etilgan. Sobir Oʻnal shu yili Yozuvchilar uyushmasi aʼzoligiga qabul qilingan.

1990-yilda „Ovloq adirlar bagʻrida“, 1991-yilda „Chashma“ kitoblari chop etilgan. Yozuvchi keyingi yillarda „Inqilob kechasi“, „Dunyo shundoq tururmi?“, „Bibisora“ kabi qissalar eʼlon qildi. 2006-yilda „Chambilbelning oydalasi“, 2011-yilda „Bibisora“ qissa va hikoyalar toʻplami, 2016-yilda esa „Farishta“, „Kunsuluvning sirli xalari“ (2021) hikoyalar, „Oldinda yongan mayoq“ (2020) maqola va esselar toʻplamlari kitob holida chop etilgan. Sobir Oʻnarga tegishli qissa va hikoyalarda asosan sof insoniy tuygʻular, turli qiyofali, har xil taqdirli insonlarning gʻaroyib ifodalari aks ettirilgan.

„Dunyo shundoq tururmi?“, „Bibisora“ qissalari tez orada adabiy jamoatchilik eʼtiborini qozongan. Qissalar haqida adiblar Odil Yoqubov, Abdulla Oripov, Halima Xudoyberdiyeva, adabiyotshunos olimlar M.Qoʻshjonov, B.Nazarov, T.Mirzayev, Q.Yoʻldoshev, Q.Qahramonov, U.Joʻraqulov, I.Yoqubov, T.Shermurodov, S.Toʻlaganova va boshqalar taqriz va maqolalar yozib berishgan.

Sobir Oʻnarning qissa va hikoyalari koreys, xitoy, qozoq, rus va ingliz tillariga tarjima qilingan.

Adib publitsist sifatida ham faoliyat koʻrsatgan jurnalistlar qatoridadir. Maqola va esselari qariyb oʻttiz yildan buyon markaziy gazeta va jurnallar sahifalarida yoritib kelinadi. Adib ayni paytda „Koʻngildagi buzilish“ (maqolalar toʻplami, hammualliflikda, 1999-yil), „Odamlar orasida“ (maqola, suhbat va hangomalar) toʻplamlari muallifi hamdir.

Tarjimalari

Sobir Oʻnarning turk, rus, Lotin Amerikasi adiblari ijodidan qilgan bir necha hikoya va qissalardan iborat tarjimalari mavjud. Qoraqalpoq adibi X.Tojimurodovning „Ov hangomalari“ (1990) hamda turk yozuvchisi Bakir Yulduzning „Karbalo fojiasi“ qissasini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.

Mukofotlari

Yozuvchi 1993-yili har yili mustaqillik kunida yosh ijodkorlarga topshiriladigan „Davlat mukofoti“ sohibi boʻlgan. 2022-yilning avgust oyida „Doʻstlik ordeni“ bilan taqdirlangan.

Yuqori